27–BOB
Zalofxodning qizlari
1-2 Bir kuni Zalofxodning qizlari Uchrashuv chodiri kiraverishiga kelishdi. Zalofxod Xaferning oʻgʻli, Giladning nevarasi, Moxirning evarasi, Yusuf oʻgʻli Manashening chevarasi edi. Xullas, Zalofxod Manashe urugʻidan edi. Zalofxod qizlarining ismlari Maxlo, Nuvah, Xoʻglax, Milxo va Tirza edi. Ular Muso, ruhoniy Elazar, yoʻlboshchilar va butun jamoaning oldida turib shunday deyishdi:
3 — Otamiz sahroda vafot etdi. U Egamizga qarshi yigʻilgan Koʻraxning toʻdasiga sherik boʻlmagan, oʻz gunohi tufayli olamdan oʻtdi. Otamizning oʻgʻli yoʻq. 4 Oʻgʻli boʻlmagani uchun otamizning nomi urugʻi orasidan oʻchib ketishi kerakmi? Bizga ham amakilarimiz qatori yerni mulk qilib beringlar.
5 Muso ularning talabini Egamizga aytdi. 6 Egamiz shunday javob qaytardi:
7 — Zalofxodning qizlari haq gapni aytishyapti. Ularga albatta amakilari qatori yerni mulk qilib beringlar. Otasining ulushi qizlariga berilsin. 8 Isroil xalqiga ham shunday deb uqtir. Agar biror kishi vafot etsa–yu, oʻgʻli boʻlmasa, uning mulki qiziga qolsin. 9 Agar qizi ham boʻlmasa, u odamning mulki aka–ukalariga qolsin. 10 Bordi–yu, marhumning aka–ukalari ham boʻlmasa, uning mulki amakilariga qolsin. 11 Agar marhumning amakilari ham boʻlmasa, uning mulki urugʻidagi eng yaqin qarindoshiga qolsin. Oʻsha qarindoshi merosxoʻr boʻlsin. Sen orqali, Men, Egangiz, bergan bu amr Isroil xalqi uchun qonun boʻlib qaror topsin.
Yoshua Musoning vorisi qilib tanlanadi
12 Egamiz yana Musoga dedi:
— Aborim tizmasidagi anavi toqqa chiqib, Men Isroil xalqiga beradigan yurtga qara. 13 Oʻsha yurtni koʻrganingdan keyin, akang Horun singari olamdan oʻtasan . 14 Chunki jamoa Zin choʻlida Mendan noliganda, sizlar ikkovingiz Mening amrimga qarshi isyon qilgan edingizlar. Mariva suvlari boʻyida jamoaning koʻzi oldida Mening muqaddasligimni namoyon qilmadingizlar . (Oʻsha Mariva suvlari Zin choʻlidagi Kadesh yaqinidadir.)
15 Muso Egamizga dedi:
16 — Ey Egam, odamzod ruhlarining Xudosi, jamoa ustidan bir odamni tayinla. 17 U xalqni janglarga boshlab borsin, toki Sening jamoang choʻponsiz qoʻyday boʻlib qolmasin.
18 Shunda Egamiz Musoga:
— Nun oʻgʻli Yoshuani yoningga ol, — dedi. — Unda Mening Ruhim bor . Yoshuaga qoʻlingni qoʻy . 19 Keyin uni ruhoniy Elazarning va butun jamoaning oldida turgʻizib, xalq yoʻlboshchisi etib tayinla. 20 Butun Isroil jamoasi unga itoat qilishi uchun Yoshuaga oʻz salohiyatingdan ber. 21 Yoshua hamma ishni Elazar bilan bamaslahat qilsin. Elazar Urim orqali Yoshua uchun Mening irodamni bilib bersin . Yoshua va butun Isroil jamoasi hamma vaziyatda shunga qarab ish tutsin.
22 Egamiz amr etganday, Muso Yoshuani ruhoniy Elazar va butun jamoaning oldida tik turgʻizib qoʻydi. 23 Soʻng Egamizning Musoga bergan amriga muvofiq, qoʻlini Yoshuaga qoʻyib, Isroil xalqining yoʻlboshchisi qilib tayinladi.