33–BOB
Egamizning ikkinchi umidbaxsh vaʼdasi
1 Yeremiyo soqchilar hovlisida qamoqda oʻtirganda, Egamiz unga ikkinchi marta Oʻz soʻzini ayon qildi: 2 “Ey Yeremiyo, Men Egangman, olamni yaratgan, yerga shakl berib, uni oʻrnatgan Xudoyingman. 3 Menga iltijo qil, senga javob beraman. Sen hali bilmaydigan buyuk sirlarni senga aytaman. 4 Shunday ekan, Quddus ahliga ayt: «Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday demoqda: sizlar dushmanning qamal inshootlaridan va uning qilichidan saqlanmoqchi boʻlib, shahringiz devorlarini mustahkam qildingiz. Buning uchun uylaringizni, hatto Yahudo shohlarining saroylarini buzdingizlar. 5 Sizlar Bobilliklar bilan jang qilasizlar. Ular esa vayrona uylaringizni jasadlarga toʻldiradilar. Men qahr–gʻazabga toʻlib, xalqimni qiraman! Xalqimning qabihliklari tufayli bu shahardan yuz oʻgirdim. 6 Shunga qaramay, bu shaharga yana shifo beraman, uni sogʻaytiraman. Aholisini sogʻ–salomat qilib, cheksiz tinchlik va osoyishtalikdan bahramand etaman. 7 Men Yahudo va Isroil xalqlarini yana farovonlikka erishtiraman , avvalgiday qayta bunyod etaman. 8 Menga qarshi qilgan barcha gunohlaridan ularni poklayman, bosh koʻtarib qilgan gunohlarini kechiraman. 9 Yer yuzidagi hamma xalqlar oldida Quddus Menga shuhrat, quvonch va shon–sharaf keltiradi. Quddusga qilgan yaxshiligimni, uning ravnaqini koʻrgan barcha ellarni qoʻrquv va titroq bosadi.»”
10 Egamiz shunday demoqda: “Sizlar, bu huvullagan shaharda na odam, na hayvon bor, deb aytasizlar. Aytganingiz bejiz emas. Yahudo shaharlari bilan Quddus koʻchalari huvullab qolgan, u yerda na odam, na hayvon bor. Biroq u yerda siz yana bir bor 11 quvonchu shodlik sadolarini, kelin–kuyov ovozlarini eshitasiz. Odamlar Egasining uyiga yana shukrona nazrlarini keltiradilar, shunday deb yana kuylaydilar:

«Shukrona ayting Sarvari Olamga, U yaxshidir!
Uning sodiq sevgisi abadiydir!»

Men bu yurtni ilgarigi farovonligiga erishtiraman.” Egamizning kalomi shudir.
12 Sarvari Olam shunday demoqda: “Odam va hayvonsiz huvullab qolgan bu joyda, yurtning hamma shaharlarida yana yaylovlar boʻladi, choʻponlar u yerda qoʻylarini oʻtlatishadi. 13 Qirlardagi shaharlarda, gʻarbiy qir etaklaridagi, Nagav choʻlidagi va Benyamin hududidagi shaharlarda, Quddus atrofida, Yahudo shaharlarida choʻponlar yana qoʻylarini sanaydigan boʻladi.” Egamizning kalomi shudir.
14 Egamiz shunday demoqda: “Men Isroil va Yahudo xalqlariga bergan ezgu vaʼdamni bajaraman. Vaʼdamni bajaradigan kunlar yaqinlashib kelyapti. 15 Oʻsha kunlarda Men Dovud naslidan solih bir novdani yetishtiraman. Yurtda u adolatu toʻgʻrilik ila ish tutadi. 16 Oʻsha kunlarda Yahudo xalqi bexatar yashaydi, Quddus aholisi osoyishta hayot kechiradi. Quddus shahri «Egamiz najotkorimizdir» deb nom oladi.”
17 Egamiz shunday demoqda: “Dovudning nasli Isroil taxtida abadiy oʻtiradi. 18 Levi avlodidan boʻlgan ruhoniylar esa huzurimda qurbonliklar kuydirib, don nazrlarini keltiradilar, ular abadulabad Menga qurbonliklar qiladilar.”
19 Egamizning soʻzi Yeremiyoga ayon boʻldi. 20 Egamiz shunday dedi: “Bordi–yu, birontangiz tun va kun bilan tuzgan amrimni buzishga qodir boʻlsangiz, ularning tartibini oʻzgartira olsangiz, 21 shundagina Men ham Dovud va Menga xizmat qilayotgan Levi avlodi bilan tuzgan ahdimni buzaman, Dovud sulolasini taxtdan tushiraman. 22 Men qulim Dovud naslini va Menga xizmat qilayotgan Levi avlodini osmondagi yulduzlarday, dengizdagi qumday son–sanoqsiz qilaman.”
23 Yeremiyoga Egamizning ushbu soʻzi ayon boʻldi: 24 “Bu odamlarning gapini eshitdingmi? Ular, Egamiz Oʻzi tanlagan ikkita xalqni — Isroil va Yahudoni rad etdi, deb aytib yurishibdi. Bu odamlar xalqimdan shunchalik hazar qilishadiki, uni endi xalq deb tan olishdan or qilishyapti.” 25 Egamiz shunday demoqda: “Men kun va tunga bergan amrimni, osmonu falak uchun oʻrnatgan qonun–qoidalarimni hech qachon oʻzgartirmayman. 26 Shu singari, Yoqub avlodini va qulim Dovud sulolasini rad etmayman. Men doimo Dovud naslidan shoh tanlayman. Uni Ibrohim, Isʼhoq va Yoqub avlodining ustidan hukmron qilib qoʻyaman. Men xalqimni yana farovonlikka erishtiraman, ularga rahm–shafqat koʻrsataman.”