17–BOB
Iso Oʻz shogirdlari uchun ibodat qiladi
1 Shu gaplardan keyin Iso koʻzlarini osmonga tikib, dedi: “Ey Ota! Vaqt–soati keldi. Oʻgʻling Seni ulugʻlashi uchun Oʻgʻlingni ulugʻlagin. 2 Sen Unga butun insoniyat ustidan hokimiyat berding. Toki Unga berilgan har bir insonga U abadiy hayot ato qilsin. 3 Abadiy hayot esa Seni — yagona haq Xudoni hamda Sen yuborgan Iso Masihni tanib–bilishdan iboratdir.
4 Sen Menga topshirgan ishni tugatib, yer yuzida Seni ulugʻladim. 5 Dunyo yaratilishidan avval Men Sening huzuringda ulugʻvor edim. Endi, ey Ota, oʻsha ulugʻvorlikni Oʻz huzuringda Menga yana ato qilgin.
6 Sen dunyodan Menga bergan odamlarga Seni tanitdim. Ular Seniki edilar va Sen ularni Menga berding. Ular Sening soʻzingga amal qildilar. 7 Sen Menga bergan hamma narsa Sendan ekanligini ular endi bilib oldilar. 8 Chunki Sen Menga aytgan soʻzlaringni Men ularga aytdim. Ular soʻzlaringni qabul qilib, Men Sendan kelganimni aniq tushundilar. Meni Sen yuborganingga ishondilar.
9 Men ular uchun iltijo qilaman. Dunyo uchun emas, balki Sen Menga bergan odamlar uchun iltijo qilaman. Axir, ular Senikidir. 10 Zotan, Meniki boʻlgan hamma — Seniki, Seniki esa Menikidir. Mening ulugʻvorligim ular orqali ayon boʻlmoqda.
11 Men bu dunyoda ortiq qolmayman, Sening oldingga qaytib ketyapman. Ular esa bu dunyoda qoladilar. Ey Muqaddas Ota! Menga bergan Oʻz noming qudrati ila ularni omon saqla . Toki ular ham Bizday bir boʻlsinlar. 12 Men ular bilan birga boʻlganimda, Menga bergan noming qudrati ila ularni omon saqladim. Ularni asradim , birontasi yoʻqolmadi. Faqat Muqaddas bitiklarda aytilganlar bajo boʻlishi uchun halokatga mahkum boʻlgan odam nobud boʻldi.
13 Endi esa Sening oldingga ketyapman. Mening shodligim ularning qalbini toʻldirsin deb, bularni hali dunyoda boʻlganimda aytyapman. 14 Men ularga Sening soʻzlaringni aytdim. Bu dunyoga tegishli boʻlganlar ulardan nafratlanadi. Chunki Men bu dunyodan boʻlmaganim kabi, ular ham bu dunyodan emaslar. 15 Endi ularni dunyodan olishingni emas, balki yovuz shaytondan saqlashingni soʻrayapman. 16 Men bu dunyodan boʻlmaganim kabi, ular ham bu dunyodan emaslar. 17 Sening kaloming haqiqatdir. Haqiqat orqali ularni Oʻzing uchun ajratib olgin. 18 Sen Meni dunyoga yuborganingday, Men ham ularni dunyoga yubordim. 19 Ularni deb Oʻzimni Senga bagʻishladim, toki ular ham haqiqat orqali oʻzlarini Senga bagʻishlasinlar.
20 Men nafaqat ular uchun iltijo qilyapman, balki ularning soʻzi orqali Menga imon keltiradiganlar uchun ham iltijo qilyapman: 21 hammalari bir boʻlishsin. Ey Ota, Sen Menda va Men Senda boʻlganimday, ular ham Bizda boʻlishsin. Shu tariqa Meni Sen yuborganingga dunyo ishonsin. 22 Sen Menga ato qilgan ulugʻvorlikni ularga berdim, toki Biz bir boʻlganimizdek, ular ham bir boʻlishsin. 23 Men ulardaman, Sen esa Mendasan. Shunday ekan, ular mukammal birlikda boʻlsinlar. Toki, Meni Sen yuborganingni dunyo bilsin. Meni qanday sevsang, Menikilarni ham shunday sevganingni dunyo koʻrsin.
24 Ey Ota! Sen Menga bergan odamlar Men bilan bir joyda boʻlishini xohlayman. Sen Menga ato qilgan ulugʻvorlikni ular ham koʻrsin, chunki olamni yaratmasingdan oldin Sen Meni yaxshi koʻrar eding. 25 Ey odil Ota! Dunyo Seni bilmasa ham, Men Seni bilaman. Bu odamlar ham Meni Sen yuborganingni bilib oldilar. 26 Ularga Sening kimligingni ayon qildim va ayon qilishni davom ettiraveraman. Toki, Menga boʻlgan sevging ularning yuraklarida jo boʻlsin, Men ham ularda boʻlayin.”