1–BOB
1 Quyidagilar Obodiyoning bashoratidir.
Egamiz Edom xalqini jazolaydi
Egamiz barcha xalqlarga jarchi yubordi,
Bizga shunday xabar yetib keldi:
“Tayyorlaninglar! Qani, kelinglar,
Edomga qarshi urushga boraylik!”
Edom xalqi haqida Egamiz Rabbiy quyidagilarni aytmoqda:
2 “Ey Edom xalqi, xalqlarning orasida
Men eng arzimasi qilib qoʻyaman sizni,
Hamma sizlardan nafratlanadi.
3 Takabburligingiz sizlarni aldadi.
Qoyadagi qoʻrgʻondir poytaxtingiz,
Baland tepalikdadir uylaringiz,
Shuning uchun aytasiz oʻzingizcha:
«Kim bizlarni tushira olar yerga?!»
4 Burgutday baland parvoz qilsangiz ham,
Iningiz yulduzlar orasida boʻlsa ham,
Sizlarni u yerdan tortib tushiraman,
— deb aytmoqda Egamiz. —
5 Uyingizga oʻgʻri tushsa,
Kechasi bosqinchilar kelsa,
Faqat xohlagan narsasini oladi–ku!
Bogʻingizda uzum tergan odamlar
Bir–ikki bosh boʻlsa–da, uzum qoldiradi–ku!
Dushmanlaringiz esa sizni tamoman yoʻq qiladi!
6 Ey Esovning avlodi — Edom,
Yovlar hamma narsangizni talon–taroj qilishar,
Qadrli buyumlaringizni topib, tortib olishar.
7 Barcha ittifoqchilaringiz sizga qarshi chiqib,
Sizni oʻz yurtingizdan haydab yuborar.
Tinchlik vaʼda qilib aldaydi ular,
Ammo sizlarni magʻlub qilarlar.
Sizlarga tuzoq qoʻyar noningizni yeganlar.
Sizlar esa buni bilmay qolasizlar.”
8 Egamiz shunday aytmoqda:
“Ey Edom xalqi, hukm qilinadigan kunda,
Men donishmandlaringni halok qilarman,
Esov togʻidagi aql–idroklilarin yoʻq qilarman.
9 Ey Temon shahri , jangchilaring dahshatga tushar,
Esov togʻidagi har bir inson yoʻq qilinar.
Edom xalqining jazolanishi sabablari
10 Sizlar qondoshingiz Yoqub avlodiga zulm qilib,
Ularni oʻldirdingiz.
Shu bois to abad sharmanda boʻlib,
Butunlay halok boʻlasiz.
11 Ularning boyliklarin begonalar olib ketgan kun
Sizlar bir chetda qarab turdingiz.
Yot xalqlar Quddus shahriga kirib ,
Shahar uchun qurʼa tashlaganlarida,
Sizlar ham ular kabi yovuz ishlar qildingiz.
12 Qondoshlaringizga kelgan baxtsizlikni koʻrib,
Xushnud boʻlmasligingiz kerak edi.
Yahudo xalqi xarob boʻlgan kun
Sevinmasligingiz kerak edi.
Boshlariga tushgan kulfatni koʻrib,
Mazax qilmasligingiz kerak edi.
13 Mening xalqimga falokat kelgan kuni
Shahar darvozalaridan kirmasligingiz kerak edi.
Yahudo xalqining boshiga falokat tushgan kuni,
Xushnud boʻlganlarga qoʻshilmasligingiz kerak edi.
Ularning boshiga falokat tushgan kuni,
Buyumlarini oʻljaga olmasligingiz kerak edi.
14 Qochib ketayotganlarni kutib chorrahalarda,
Pistirmalar qoʻymasligingiz kerak edi.
Oʻsha kulfat kuni tirik qolganlarni
Dushman qoʻliga bermasligingiz kerak edi.
Egamiz barcha xalqlarni jazolaydi
15 Men, Egangiz, barcha xalqlarni hukm qiladigan kun yaqinlashib qoldi.
Ey Edom xalqi! Nima qilgan boʻlsangiz boshqalarga,
Oʻzingiz ham tusharsiz oʻsha koʻyga,
Qilmishlaringiz qaytar oʻz boshingizga.
16 Ey Yahudo xalqi , muqaddas togʻimda
Gʻazab sharobin ichib boʻldingiz.
Shu singari, barcha xalqlar ham
Bu sharobdan toʻxtamasdan icharlar.
Hech qachon yer yuziga kelmagan kabi,
Ichib–ichib, yoʻq boʻlib ketarlar.
Isroil gʻalaba qiladi
17 Lekin Sion togʻida najot toparlar
Isroil xalqining omon qolganlari.
Bu togʻ muqaddas boʻlar.
Yoqub nasli haydab chiqarar yovlarini,
Uning mulkini tortib olganlarni
Va yana egallar oʻz yerlarini.
18 Yoqub avlodi boʻlar olovday,
Yusufning avlodi bir alangaday.
Esovning avlodi esa
Boʻlib qolar quruq poyaday.
Mening xalqim Isroil
Esovning avlodini yondirar,
Yondirib, ularni yoʻq qilar.
Esov avlodidan tirik qolmas hech biri.”
Zotan, bu soʻzlarni Egamiz aytdi.
19 Isroil xalqining Nagav choʻlida yashaydiganlari Esov togʻini egallab oladilar , Yahudo qir etaklarida yashaydiganlari esa Filistlarning yerlariga egalik qiladilar. Isroil xalqi Efrayim yerlarini va Samariya shahrini qoʻlga kiritadi, Benyamin avlodi esa Giladga egalik qiladi. 20 Shimoliy Isroildan asirlikka olib ketilganlar qaytib keladi. Ular shimoldagi Zorafat shahrigacha boʻlgan Finikiya yerlarini oladilar. Quddusdan Safaradga asirlikka olib ketilganlar esa Nagav choʻlidagi shaharlarni qoʻlga kiritadilar. 21 Gʻoliblar Sion togʻiga chiqadilar. Oʻsha yerda turib, Esov togʻi ustidan hukmronlik qiladilar. Egamizning Oʻzi Shoh boʻladi.