16–BOB
Yahudo shohi Oxoz
1 Isroil shohi Pekax hukmronlik qilayotganiga oʻn yetti yil boʻlganda, Oxoz Yahudo shohi boʻldi. Oxoz Yoʻtomning oʻgʻli edi. 2 Oxoz yigirma yoshida shoh boʻlib, Quddusda oʻn olti yil hukmronlik qildi. U bobosi Dovuddan namuna olmadi, Egasi Xudo oldida toʻgʻri ishlar qilmay, 3 Isroil shohlarining yoʻlidan ketdi. Kanʼon yurtidan Egamiz quvgan qavmlarning jirkanch odatlariga taqlid qilib, hatto oʻz oʻgʻlini qurbonlik qilib, olovda kuydirdi . 4 Sajdagohlarda , tepaliklarda va har qanday yashil daraxt ostida qurbonliklar keltirib, tutatqi tutatardi.
5 Oram shohi Ratan bilan Isroil shohi Pekax Quddusni bosib olish uchun yurish qildilar. Shaharni qamal qilib tursalar–da, Oxozni yenga olmadilar. 6 Shunda Oram shohi Ratan Elet shahrini qoʻlga kiritib, u yerdagi Yahudo xalqini haydab chiqardi. Eletga joylashgan Oram xalqi hozir ham oʻsha yerda istiqomat qiladi.
7 Oxoz Ossuriya shohi Tigʻlatpilasarga: “Men sizga qaramman , qulingizman, keling, menga hujum qilayotgan Oram va Isroil shohlarining qoʻlidan meni qutqaring”, deb elchilar joʻnatdi. 8 Egamizning uyidagi va shoh saroyining xazinalaridagi oltinu kumushlarni Ossuriya shohiga hadya qilib yubordi.
9 Ossuriya shohi Oxozning iltimosiga rozi boʻldi. Damashqqa hujum qilib, bu shaharni bosib oldi. Shahar aholisini Xirga surib chiqardi va shoh Ratanni oʻldirdi.
10 Shoh Oxoz Ossuriya shohi Tigʻlatpilasar bilan uchrashish uchun Damashqqa borganda, u yerdagi qurbongohni koʻrdi. Qurbongohning rejasini hamma ikir–chikirlarigacha chizib, tayyorlab, ruhoniy Uriyoga yubordi. 11 Shoh Oxoz Damashqdan qaytgunga qadar, ruhoniy Uriyo, u yuborganlari boʻyicha, aynan oʻshanday qurbongoh qurdi.
12 Shoh Damashqdan qaytgach, yangi qurbongohni koʻrib, uning ustida qurbonliklar keltirish uchun bordi. 13 Kuydiriladigan qurbonligini va don nazrini ado etdi, yangi qurbongoh ustiga sharob nazrini quydi, tinchlik qurbonligining qonini qurbongohga sepdi. 14 Egamizga bagʻishlangan oldingi bronza qurbongoh yangi qurbongoh bilan Egamizning uyi orasida edi. Oxoz bronza qurbongohni bir chetga — oʻzi qurgan yangi qurbongohning shimol tomoniga koʻchirtirib tashladi. 15 Soʻngra shoh Oxoz ruhoniy Uriyoga shunday farmon berdi: “Ertalabki kuydiriladigan qurbonlik bilan kechqurungi don nazrini, shohning kuydiriladigan qurbonligini va uning don nazrini, bundan tashqari, yurt xalqining kuydiriladigan qurbonligini, don nazrini va sharob nazrini mana shu katta qurbongoh ustida ado et. Kuydiriladigan qurbonlik bilan boshqa qurbonliklarning qonini shu qurbongohga sep. Kelajakda nima boʻlishi menga ayon boʻlishi uchun esa bronza qurbongohni saqla.” 16 Ruhoniy Uriyo shoh Oxozning hamma farmonini bajardi.
17-18 Shoh Oxoz Ossuriya shohini mamnun qilish uchun quyidagi ishlarni qildi: Xudoning uyidagi aravalarning yon toʻsiqlarini koʻchirtirib tashladi, bularning ustidagi togʻoralarni ham oldirdi. Bronzadan yasalgan buqalarning ustidan hovuzni olib, toshdan qilingan toʻshama ustiga joylashtirdi. Egamizning uyi ichkarisida qurilgan va Shabbat kuni shoh foydalanadigan joyni, shoh tashqaridan kiradigan yoʻlakni oldirib tashladi.
19 Oxozning boshqa ishlari “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 20 Oxoz olamdan oʻtib, Dovud qalʼasida, ota–bobolari yoniga dafn etildi. Oʻrniga oʻgʻli Hizqiyo shoh boʻldi.