10–BOB
Farishta va kichkina oʻrama qogʻoz
1 Men samodan tushayotgan boshqa kuchli bir farishtani koʻrdim. U bulutga burkangan edi. Uning boshi uzra kamalak bor edi. Yuzi quyoshday porlar, oyoqlari olov ustunlariday lovullab turar edi. 2 Uning qoʻlida kichkinagina ochilgan oʻrama qogʻoz bor edi. U oʻng oyogʻini dengiz ustiga, chap oyogʻini yer yuziga qoʻyganicha, 3 sher oʻkirganday qattiq hayqirdi. U hayqirganda yetti momaqaldiroq ham tilga kirib, gulduros ovoz bilan gapira boshladi. 4 Yetti momaqaldiroq gapirganda, men ularning gaplarini yozmoqchi boʻldim. Lekin samodan bir ovoz shunday dedi:
— Yetti momaqaldiroqning gaplarini yozma, ularni sir saqla!
5 Dengiz va yer yuzida turgan, men koʻrgan farishta oʻng qoʻlini osmonga koʻtardi. 6-7 U to abad barhayot Xudo haqi ont ichdi. Yeru osmonni, dengiz va ularni toʻldirgan jamiki jonivorlarni yaratgan Xudo haqi ont ichib, shunday dedi:
— Xudo paygʻambar qullariga Oʻzining sir tutgan rejasini maʼlum qilgandi. Yettinchi farishta karnay chalganda, Xudo oʻsha rejasini amalga oshiradi. Endi kechiktirmaydi.
8 Samodan kelgan ovoz menga yana dedi:
— Bor, dengiz va yer ustida turgan farishtaning qoʻlidan ochiq oʻrama qogʻozni ol.
9 Men farishtaning yoniga borib:
— Oʻrama qogʻozni menga bering, — dedim. Farishta menga dedi:
— Mana, ol! Uni yegin! U ichingni achitib yuboradi, ogʻzingga esa asalday shirin taʼm beradi.
10 Men oʻrama qogʻozni farishtaning qoʻlidan olib yedim. U ogʻzimda asaldek shirin edi. Ammo uni yutganimdan keyin ichim achishib ketdi.
11 Soʻng menga shunday deb aytishdi:
— Sen yana koʻp elatlar haqida, xalqlar, millatlaru shohlar haqida bashorat qilishing kerak.