6–BOB
Odamlarning soxta tavbasi
1 Bu xalq shunday deydi:
“Kelinglar, Egamizga qaytaylik!
U bizni tilka–pora qildi,
Shifoni ham Oʻzi beradi.
Bizni yarador qildi,
Yaralarimizni Oʻzi bogʻlaydi.
2 Uning huzurida yashay olishimiz uchun,
Ikki kunda bizni hayotga qaytaradi,
Uchinchi kuni oyogʻimizga turgʻizadi.
3 Kelinglar, Egamizni bilishga intilaylik.
Tong otishi muqarrar boʻlganday,
U albatta bizga zohir boʻladi,
Kuz va bahorda yomgʻir yogʻishi tabiiy boʻlganday,
U albatta oldimizga keladi.”
Isroilning soxta sadoqati va oladigan jazosi
4 Egamiz shunday deydi:
“Seni nima qilay, ey Efrayim?!
Seni nima qilay, ey Yahudo?!
Sening sevging tongdagi tumanday tez gʻoyib boʻlar,
Sahardagi shudring kabi bugʻlanib ketar.
5 Shuning uchun soʻzlarim bilan seni oʻlguday savaladim,
Paygʻambarlarim orqali seni chopib tashladim.
Chiqargan hukmim chaqmoq kabi seni uradi.
6 Zero, Men qurbonlikni emas,
Rahm–shafqatni istayman,
Kuydirilgan qurbonliklarni emas,
Meni tanib–bilishingni afzal koʻraman.
7 Xalqim Odam Atoday ahdni buzdi,
Evoh, Menga bevafolik qildi.
8 Gilad — yovuzlarning shahridir,
Koʻchalari qon dogʻlariga toʻladir.
9 Ruhoniylar qaroqchilarga oʻxshaydi,
Ular pistirmada yotib, qurbonini poylashadi.
Shakam shahri yoʻlida qotilliklar qilishadi,
Ha, ular mudhish jinoyatlarga qoʻl urdi.
10 Men Isroilda dahshatli hodisani koʻrdim:
Efrayim bevafolik qildi!
Isroil oʻzini bulgʻadi!
11 Ey Yahudo, sen uchun ham oʻrim payti belgilandi.
Men xalqimni yana farovonlikka erishtirmoqchi boʻlganimda,