20–BOB
Yeremiyo ruhoniy Pashxur bilan bahslashadi
1 Immar oʻgʻli Pashxur ruhoniy boʻlib, Egamiz uyining bosh nazoratchisi edi. U Yeremiyoning bashorat qilib aytgan bu soʻzlarini eshitdi. 2 Shu sababdan Yeremiyoni kaltaklatib, Egamiz uyining hovlisidagi Yuqori Benyamin darvozasi tomonda kishanlab qoʻyishni buyurdi. 3 Ertasi kuni ertalab Pashxur Yeremiyoning kishanlarini yechganda, Yeremiyo unga shunday dedi: “Egamiz senga «Pashxur» emas, «Dahshat qamragan» deb ism qoʻygan. 4 Zero, Egamiz shunday deb aytmoqda: Men seni va hamma doʻstlaringni vahimaga solaman. Doʻstlaring dushmanlari qoʻlida halok boʻlayotganini oʻz koʻzing bilan koʻrasan. Men butun Yahudo xalqini Bobil shohining qoʻliga topshiraman. Bobil shohi xalqimni asir qilib, oʻzining yurtiga olib ketadi. Ularni qilichdan oʻtkazadi. 5 Men bu shaharning boyliklarini, bor narsasini, qimmatbaho buyumlarini, Yahudo shohlarining xazinalarini dushmanning qoʻliga beraman. Ular shaharni talon–taroj qilishadi. Barcha boyliklarini Bobilga olib ketishadi. 6 Sen ham, ey Pashxur, oʻz xonadoning bilan Bobilga surgun boʻlasan. Sen u yerda jon berib, dafn qilinasan. Yolgʻon bashoratlaringga quloq solgan doʻstlaring ham oʻsha koʻyga tushadi.”
Yeremiyo Egamizga shikoyat qiladi
7 Ey Egam, Sen meni koʻndirding,
Men ham koʻndim.
Mendan ustun kelding, meni yengding.
Men hammaga mazax boʻldim,
Hamma ustimdan kulmoqda.
8 Gapirganimda jar solishim kerak,
“Zoʻravonlik! Halokat!” deya baqirishim kerak.
Sening soʻzing tufayli hammaga kulgi boʻldim,
Kun boʻyi meni masxara qilishyapti.
9 Bordi–yu, men: “Boʻldi, Egam haqida soʻzlamayman,
Uning nomidan gapirmayman” desam,
Sening soʻzing, olov kabi, ichimni yondiradi,
Oʻt qoʻyganday suyaklarimni zirqiratadi.
Soʻzingni ichimda saqlab turishdan charchadim,
Ha, uni boshqa ushlab tura olmayman.
10 Eshityapman, koʻpchilik gʻiybat qilyapti.
Atrofimni dahshat qamragan!
“Fosh boʻlsin! Uni fosh qilaylik!” deb aytyaptilar.
Hatto mening yaqin doʻstlarim ham
Qoqinishimni poylab turibdilar,
“Yeremiyo tuzoqqa tushadi,
Shunda uni yengamiz,
Undan qasdimizni olamiz”, deyaptilar.
11 Ammo Sen, ey Egam, men bilan birgasan,
Sen bahodir jangchiga oʻxshaysan.
Meni quvgʻin qilganlar qoqilib tushadi,
Ular mendan ustun kelolmaydi.
Isnodga qoladi, muvaffaqiyatga erisholmaydi.
Ular to abad dogʻda qoladi,
Sharmandagarchiligi hech qachon unutilmaydi.
12 Ey Sarvari Olam, Sen solih kishini sinaysan,
Odamning dilini, oʻy–xayolini bilasan.
Dushmanlarimdan oʻch olganingni koʻrayin,
Axir, daʼvoimni Senga topshirdim!

13 Egamizga qoʻshiq kuylanglar!
Egamizga hamdu sanolar aytinglar!
Zero, U bechora bandaning jonini
Badkirdorlar qoʻlidan qutqardi.

14 Evoh, men tugʻilgan kun qurib ketsin!
Onam meni tuqqan kun xosiyatsiz boʻlsin!
15 Otamga xabar olib kelgan odam laʼnati boʻlsin,
“Oʻgʻil koʻrding!” deya uni xursand qilgan kishi qurib ketsin.
16 Egamiz shafqatsizlarcha vayron qilgan
Shaharlarday boʻlsin oʻsha odam.
U ertalabdanoq dodu faryodlar eshitsin,
Kunduz kuni urush naʼralarini eshitsin.
17 Axir, u meni onamning qornidayoq oʻldirmadi.
Shunda onamning qorni qabrim boʻlgan boʻlardi,
Onam to abad homilador boʻlib qolgan boʻlardi.
18 Nimaga ham tugʻildim ekan–a?!
Mashaqqatu qiyinchilik koʻrish uchunmi?!
Umrimni sharmandalikda xazon qilish uchunmi?!