12–BOB
Quddusning kelajakdagi gʻalabasi
1 Bashorat. Egamizning Isroil haqida aytgan gaplari. Zamin poydevorini qoʻygan, falaklarni yoygan, insonga jon ato qilgan Egamiz shunday demoqda: 2 “Qarab turinglar, Men Quddusni sharob qadahiday qilib qoʻyaman. U oʻzining atrofidagi xalqlarni gandiraklatadigan boʻladi . Quddusni qamalga olishganda, Yahudo yurtining qolgan boshqa joylariga ham hujum qilishadi. 3 Oʻsha kuni Men Quddusni boshqa xalqlar uchun ogʻir toshday qilib qoʻyaman. Uni koʻtarganlarning hammasi oʻzlariga zarar keltiradilar. Butun yer yuzidagi xalqlar unga qarshi chiqish uchun birlashadilar. 4 Oʻsha kuni, Men har bir otni dahshatga solaman, ularning chavandozlarini esa aqldan ozdiraman, — demoqda Egamiz. — Yahudo xalqiga esa Oʻzim gʻamxoʻrlik qilaman. Dushmanlarining otlarini koʻr qilib qoʻyaman. 5 Shunda Yahudo urugʻlari oʻzlariga:
— Quddus aholisining qudrat manbai bizning Xudoyimiz, Sarvari Olamdir, — deydilar.
6 Oʻsha kuni Men Yahudo urugʻlarini oʻtin orasidagi qizib turgan choʻgʻday, bugʻdoy bogʻlamlari orasidagi yonib turgan mashʼaladay qilaman. Ular oʻngu soʻldagi, atrofidagi xalqlarni yamlab yutadilar. Quddusdagi odamlar esa osoyishta hayot kechiradilar.
7 Men, Egangiz, avval Yahudo xalqiga gʻalaba beraman. Dovud avlodining va Quddus aholisining shuhrati Yahudoning shuhratidan oshib ketmasligi uchun shunday qilaman. 8 Oʻsha kuni Men Quddus aholisini himoya qilaman. Ularning orasidagi eng ojizi ham Dovudday kuchli boʻladi. Dovud avlodi esa Mening farishtamday, xuddi Oʻzimday Quddus ahlini boshlab boradi. 9 Mening rejam oʻsha kuni Quddusga qarshi chiqqan barcha xalqlarni halok qilishdir.
10 Men Dovud avlodiga, Quddus aholisiga mehr–shafqat va ibodat ruhini yogʻdiraman. Ular Menga — oʻzlari nayza sanchganga qarashadi. Yolgʻiz farzandga aza tutganday, aza tutishadi. Toʻngʻich farzand uchun motam tutganday, motam tutishadi. 11 Oʻsha kuni Quddusdagi dod–faryod, Magidoʻ vodiysidagi Hadad–Rimmonda tutilgan azaday, kuchli boʻladi. 12 Butun yurt aza tutadi. Har bir oila alohida aza tutadi: Dovud avlodining oilalari alohida, ularning xotinlari alohida, Natan avlodining oilalari alohida, ularning xotinlari alohida, 13 Levi avlodining oilalari alohida, ularning xotinlari alohida, Shimax avlodining oilasi va ularning xotinlari alohida aza tutadilar. 14 Qolgan oilalar ham oʻzlari alohida aza tutadilar. Ularning xotinlari ham alohida aza tutadilar.”