7–BOB
1 Oʻgʻlim , soʻzlarimni asra,
amrlarimni dilingda saqla.
2 Amrlarimni saqlab yasha,
taʼlimotimni koʻz qorachigʻingdek asra.
3 Ularni barmogʻingga bogʻla,
yuraging qaʼriga yozib qoʻy.
4 Donolikni singlim,
aql–idrokni qardoshim deb atagin.
5 Ular seni zinokordan,
tilyogʻlama buzuq ayoldan asraydi.
Axloqi buzuq ayol
6 Uyimdagi deraza panjarasi ortidan qaradim,
7 sodda yoshlarning orasida,
bir aqlsiz yigitni koʻrib qoldim.
8 Yigit koʻchadan oʻtib,
zinokor ayolning uyi tomon ketayotgan edi.
9 Oqshom. Kech.
Tun qorongʻi edi.
10 Shunda fohishaga oʻxshab kiyingan,
makkor niyatli ayol uni kutib olgani chiqdi.
11 U shallaqi, oʻjar, hech qachon uyida turmaydi.
12 Bir qarasang koʻchada, bir qarasang maydonda,
yana bir qarasang har xil burchakda turgan boʻladi.
13 U yigitni quchoqlab, oʻpib,
benomuslarcha shunday dedi:
14 “Bugun qurbonlik keltirdim,
vaʼdalarimni bajardim .
15 Shuning uchun seni kutib olishga chiqdim,
seni qidirib topdim.
16 Toʻshagimni Misrdan keltirilgan rangli mato bilan bezadim.
17 Mirra , dolchin va aloedan boʻlgan xushboʻy atirlar sepdim.
18 Qani, yur, tongga qadar kuyov–kelinday rohat qilaylik,
huzur–halovat qilaylik.
19 Erim hozir uyda emas,
uzoq safarga ketgan.
20 Bir hamyon kumush tanga olib ketgan,
oy toʻlmaguncha qaytib kelmaydi.”

21 Koʻp shirin soʻzlar va muloyim gaplar bilan
u yigitni yoʻldan urdi.
22 Yigit oʻsha zahotiyoq, kushxonaga ketayotgan hoʻkizday,
tuzoqqa oyoq qoʻyayotgan kiyikday uning orqasidan ergashdi.
23 U tuzoqqa kirayotgan qushday,
nayza jigariga tegmaguncha hayotini yoʻqotishini bilmaydi.

24 Oʻgʻillarim, menga quloq solib,
soʻzlarimga eʼtibor beringlar.
25 Yuragingiz oʻsha ayolning yoʻliga burilmasin,
uning soʻqmoqlarida adashmang.
26 U koʻplarni halok qildi,
qurbonlari ham koʻp.
27 Uning uyi oʻliklar diyoriga yetaklovchi yoʻldir,
oʻlimga olib boradi.