16–BOB
1 Egamiz Isroil shohi Bashoga Xonin oʻgʻli Yohu orqali shu soʻzlarni ayon qilgan edi:
2 — Seni Men tuproq ostidan chiqarib yuksaltirdim. Seni xalqim Isroilning hukmdori qildim. Sen esa Yeribomning yoʻlidan ketib, xalqim Isroilni gunohga botirding. Gunohlaringiz Meni gʻazablantirdi. 3 Mana koʻrasan, Nabat oʻgʻli Yeribom xonadoni singari, sening oilangni ham ildizidan quritaman. 4 Sening xonadoningdan boʻlgan odam shaharda oʻlsa koʻppaklarga yem boʻlar, qirda oʻlsa koʻkdagi qushlarga yem boʻlar.
5 Bashoning boshqa ishlari, faoliyati, qahramonliklari “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozib qoldirilgan. 6 Basho ham olamdan oʻtib, Tirzada ota–bobolari yoniga dafn qilindi. Uning oʻrniga oʻgʻli Elox shoh boʻldi. 7 Xonin oʻgʻli Yohu orqali Bashoga va uning xonadoniga Egamiz Oʻzining soʻzlarini ayon qilgan edi. Basho Egamiz oldida Yeribom xonadoni kabi qabihliklar qilgani va Yeribomning xonadonini qirib tashlagani uchun Egamiz undan gʻazablandi.
Isroil shohi Elox
8 Oso Yahudoga shohlik qilayotganiga yigirma olti yil boʻlganda, Elox Isroil shohi boʻldi. Elox Bashoning oʻgʻli edi. U Tirzada istiqomat qilib, ikki yil hukmronlik qildi. 9 Lekin jang aravalarining yarmiga qoʻmondon boʻlgan Zimri unga suiqasd uyushtirdi. Elox Tirzada turgan paytda Tirzadagi bosh vaziri Arzoning uyida ichib mast boʻlib qoldi. 10 Shunda Zimri ichkariga kirdi–yu, uni oʻldirdi. Soʻng Zimri shoh boʻlib oldi. Oso Yahudoda shohlik qilayotganiga yigirma yetti yil boʻlganda, shu voqea yuz berdi.
11 Zimri shoh boʻlib taxtga oʻtirgach, Basho xonadonini bitta qoʻymay qirib tashladi. Bashoning qarindosh–urugʻidan ham, yor–birodarlaridan ham bironta erkak zoti tirik qolmadi. 12 Egamizning Yohu paygʻambar orqali aytgan soʻzlariga koʻra, Zimri Basho xonadonini yoʻq qildi. 13 Basho bilan uning oʻgʻli Eloxning gunohlari koʻp boʻlib, ular Isroil xalqini gunohga botirgan, oʻzlarining butlari bilan Isroil xalqining Xudosi — Egamizni gʻazablantirgani uchun shu hodisalar yuz bergan edi. 14 Eloxning boshqa ishlari, butun faoliyati “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozib qoldirilgan.
Isroil shohi Zimri
15 Oso Yahudoga shohlik qilayotganiga yigirma yetti yil boʻlganda, Zimri ham Tirzada yetti kun Isroilga shoh boʻldi. Isroil lashkari shu paytda Gibiton shahrini qamal qilib turgan edi. Bu shahar Filistlarniki edi. 16 “Zimri shohga suiqasd uyushtiribdi, shohni oʻldiribdi” degan xabarni lashkar Gibitonni qamal qilib turgan yerda eshitdi. Xalq lashkarboshi Omrini qarorgohda oʻsha kuniyoq Isroil shohi qilib koʻtardi. 17 Omri Isroil lashkarini boshlab Gibitondan chiqib keldi va Tirzani qamal qildi. 18 Zimri esa shaharning qoʻldan ketganini koʻrdi–yu, shoh saroyining ichki qalʼasiga kirdi. Keyin orqasidan shoh saroyiga oʻt qoʻyib yuborib, oʻzi ham nobud boʻldi. 19 Zimri gunoh qilgani uchun shu hodisalar yuz bergan edi. U Yeribomning yoʻlidan yurib, Egamiz oldida qabihliklar qilgan va Isroil xalqini gunohga boshlagan edi. 20 Zimrining boshqa ishlari, xoinligi “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozib qoldirilgan.
Isroil shohi Omri
21 Endi Isroil xalqi ikkiga boʻlinib qoldi. Xalqning yarmi: “Ginat oʻgʻli Tivnaxni shoh qilamiz”, deb unga ergashdi, yarmi esa Omrining etagini tutdi. 22 Omrining etagini tutgan xalq Tivnaxga ergashgan xalq ustidan gʻolib keldi, Tivnax esa oʻldi. Omri shoh boʻlib qoldi. 23 Oso Yahudoga shohlik qilayotganiga oʻttiz bir yil boʻlganda, Omri Isroil shohi boʻldi. U hammasi boʻlib oʻn ikki yil hukmronlik qildi. Olti yili Tirzada oʻtdi. 24 U Shamer ismli odamdan toʻrt pud kumushga tepalikni sotib olib, u yerga shahar qurdirdi. Shaharni tepalikning oldingi egasi Shamerning ismi bilan Samariya deb atadi.
25 Omri ham Egamiz oldida qabihliklar qildi. U shu darajada qabihlik qildiki, avval oʻtgan shohlarning birortasi Omrichalik qabihlik qilmagan edi. 26 Omri ham Isroil xalqini gunohga botirgan Nabat oʻgʻli Yeribomning yoʻlidan ketdi. Omri xalqni butparastlikka boshlab, Isroil xalqining Xudosi — Egamizni gʻazablantirdi. 27 Omrining boshqa ishlari, koʻrsatgan qahramonliklari “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozib qoldirilgan. 28 Nihoyat, Omri olamdan oʻtib, Samariyada ota–bobolari yoniga dafn qilindi. Uning oʻrniga oʻgʻli Axab shoh boʻldi.
Isroil shohi Axab
29 Oso Yahudoga shohlik qilayotganiga oʻttiz sakkiz yil boʻlganda, Axab Isroil shohi boʻldi. Axab Omrining oʻgʻli edi. U Samariyada turib, yigirma ikki yil davomida Isroilni boshqardi. 30 Axab Egamiz oldida shunday qabihliklar qildiki, oldin oʻtgan shohlarning birortasi ham shunchalik qabihlik qilmagan edi. 31 Hatto Nabat oʻgʻli Yeribomning gunohlariga sherik boʻlgani kamlik qilganday, Sidonliklar shohi Etbaalning qizi Izabelga uylanib, Baalga sajda qilib, xizmat qila boshladi. 32 Samariyada Baalga atab qurgan uyda qurbongoh ham barpo qildi. 33 Axab, buning ustiga, Asheraga atab ustun yasadi. U oʻzidan avval oʻtgan hamma Isroil shohlaridan ziyoda gunoh qilib, Isroil xalqining Xudosi — Egamizni gʻazablantirdi.
34 Axab shohlik qilgan davrda Baytillik Xiyol Yerixo shahrini qaytadan qurdi. Egamizning Nun oʻgʻli Yoshua orqali qilgan bashorati bajo boʻldi. Xiyol toʻngʻich oʻgʻli Aburamning joni evaziga shaharning poydevorini yotqizdi. Kichik oʻgʻli Saxuvning joni evaziga esa shahar darvozasini oʻrnatdi.