12–BOB
Koʻzi yorigan ayolning poklanishi
1 Egamiz Muso orqali 2 Isroil xalqiga quyidagi qoidalarni berdi: agar ayol homilador boʻlib, oʻgʻil tugʻsa, u ayol yetti kun harom hisoblanadi, hayz koʻrgan kunlaridagi kabi, harom boʻladi. 3 Sakkizinchi kuni esa oʻgʻil chaqaloq sunnat qilinsin. 4 Ayolning qondan poklanish muddati oʻttiz uch kun boʻlsin. Bu muddat tugamaguncha u birorta muqaddas narsaga tegmasligi va Muqaddas chodirga kirmasligi lozim.
5 Agar ayol qiz tugʻsa, u hayz koʻrgandagi kabi ikki hafta davomida harom hisoblanadi. U oltmish olti kundan keyingina qon ketishidan poklanadi.
6 Oʻgʻil yoki qiz koʻrgan ayolning poklanish muddati tugagach, u kuydiriladigan qurbonlik qilishga bir yoshli qoʻzini va gunoh qurbonligi qilishga musichani yoki kaptarni Uchrashuv chodiri kiraverishiga olib kelib, ruhoniyga bersin. 7 Ruhoniy Egamizning huzurida qurbonliklarni keltirsin, shu yoʻsin ayolni nopokliklaridan poklasin. Shundan soʻng ayol qon ketishidan poklanadi. Oʻgʻil yoki qiz koʻrgan ayol uchun qonun shudir. 8 Bordi–yu, qoʻzini qurbonlik qilishga ayolning qurbi yetmasa, u ikkita kaptar yoki ikkita musichani olib kelsin. Ruhoniy birini kuydiriladigan qurbonlik, ikkinchisini gunoh qurbonligi qilsin, shu yoʻsin ayolni nopokliklaridan poklasin. Shunda ayol pok boʻladi.