6–BOB
1 Egamiz Yoshuaga shunday dedi: “Mana, Yerixo shahrini shohiyu sipohlari bilan birga sening qoʻlingga berdim. 2 Shahar atrofini barcha jangchilar bilan bir marta aylan. Olti kun shunday qilasan. 3 Yettita ruhoniy Ahd sandigʻining oldida yursin. Ularning qoʻlida qoʻchqor shoxidan qilingan bittadan burgʻu boʻlsin. Yettinchi kuni shahar atrofini yetti marta aylaninglar, ruhoniylar burgʻuni chalib yurishsin. 4 Oʻsha kuni burgʻularning uzoq chalinganini eshitishi bilanoq, hamma bor ovozi bilan baqirsin. Shunda shaharning devorlari qulaydi, hamma shaharga hujum qilib, toʻgʻri kirib boraveradi.” 5 Yoshua ruhoniylarni chaqirib, ularga shunday dedi: “Ahd sandigʻini koʻtaringlar, yettitangiz esa bittadan burgʻu olib, Egamizning Ahd sandigʻi oldida yuring.” 6 Odamlarga esa: “Borib, shaharni aylaninglar, qurollangan jangchilarning hammasi Egamizning Sandigʻi oldida borsin”, — dedi.
7 Yoshua xalqqa buyurganday, Egamiz oldida yettita ruhoniy burgʻularni chalib borishar, Egamizning Ahd sandigʻi esa ularning orqasidan borardi. 8 Qurollangan kishilar burgʻu chalayotgan ruhoniylar oldidan borishdi, Sandiqning orqasidan esa qorovullar boʻlinmasi bordi. Burgʻular toʻxtamay chalinib turar edi. 9 Yoshua xalqqa shunday degan edi: “Men aytmagunimcha, sizlar baqirmang, ovozingizni chiqarmang. Men sizlarga, baqiringlar, deb aytgan kundagina baqirasizlar.” 10 Egamizning Sandigʻi shaharni bir marta aylanib keldi. Ular qarorgohga qaytib kelib, tunni oʻsha yerda oʻtkazishdi.
11 Yoshua ertasiga saharda turdi, ruhoniylar yana Egamizning Sandigʻini koʻtarishdi. 12 Yettita burgʻuni koʻtargan yetti ruhoniy Egamiz Sandigʻining oldida borishdi. Ular burgʻularni toʻxtamay chalishardi. Qurollangan kishilar esa ularning oldida borishardi. Egamizning Sandigʻi orqasida esa qorovullar boʻlinmasi borardi, burgʻular toʻxtamay chalinayotgan edi. 13 Ikkinchi kuni ham ular shahar atrofini bir marta aylanib, qarorgohga qaytib kelishdi. Ular olti kun shunday qildilar.
14 Yettinchi kuni erta tongda turib, oldingiday shaharning atrofini aylandilar, faqat oʻsha kuni yetti marta aylanishdi. 15 Yettinchi marta aylanayotganda, ruhoniylar burgʻuni chalar ekan, Yoshua odamlarga shunday dedi: “Baqiringlar, chunki Egamiz shaharni bizga bergan. 16 Shahar aholisiyu shahar ichidagi hamma narsa Egamizga bagʻishlanib, yoʻq qilinsin . Faqat fohisha Rahoba va uning xonadon ahli tirik qoladi, chunki u biz yuborgan aygʻoqchilarni yashirgan edi. 17 Sizlar esa Egamizga bagʻishlangan narsalarning hech biriga yaqinlashmang, tagʻin oʻsha narsalarni olib, oʻzingizni halok qilmang. Isroil xalqining qarorgohiga kulfat keltirmang, qarorgoh vayron boʻlmasin. 18 Chunki barcha oltin, kumush, hamma bronza va temirdan yasalgan idishlar Egamizga bagʻishlangandir. Ular Egamizning xazinasiga keltirilsin.” 19 Ruhoniylar burgʻularni chaldilar. Xalq burgʻu tovushini eshitishi bilanoq baland ovoz bilan baqirgan edi, butun shahar devorlari qulab tushdi. Isroil jangchilari turgan joylaridan toʻgʻri shaharga kirib, unga hujum qilishdi. Isroil jangchilari shaharni qoʻlga kiritishdi. 20 Ular shahardagi hammani, erkagu ayollarni, yoshu qarilarni, mol–qoʻy, eshaklarni — butun jonzotni qirib tashladilar.
21 Yoshua oʻsha yerni tekshirib kelgan ikki kishiga aytdi: “Fohishaning uyiga boringlar. Ichgan ontingizga amal qilib, u bilan uyidagilarining hammasini olib chiqing.” 22 Aygʻoqchilik qilgan kishilar borib, Rahobani, uning ota–onasini, aka–ukalarini, hamma qarindoshlarini shahardan olib chiqib, ularni Isroil qarorgohining yoniga, xavfsiz joyga keltirdilar . 23 Isroil jangchilari shaharni uning ichidagi bor narsasi bilan yondirib tashladilar. Faqat oltin, kumush, bronza va temirdan yasalgan idishlarni Egamizning uyi xazinasiga keltirdilar. 24 Fohisha Rahoba va uning hamma qarindoshlarini Yoshua saqlab qoldi, chunki Yoshua Yerixoni tekshirib kelish uchun yuborgan aygʻoqchilarni u yashirgan edi. Uning xonadoni oʻshandan beri Isroilda yashaydi .
25 Keyin Yoshua qasam ichib, quyidagilarni aytdi:

“Yerixo shahrini qayta qurmoqchi boʻlgan odam
Egamiz oldida laʼnati boʻlsin!
U oʻz toʻngʻich oʻgʻlining joni evaziga shahar poydevorin yotqizar,
Kenja oʻgʻlining joni evaziga darvozalar oʻrnatar!”

26 Egamiz Yoshua bilan birga edi. Yoshuaning shuhrati butun yurtga yoyildi.