7–BOB
Xudo Dovudga soʻz beradi
1 Shoh Dovud oʻz saroyida yashar edi, Egamiz esa uni toʻrt tarafdagi gʻanimlaridan omon saqlardi.
2 Shoh bir kuni Natan paygʻambarga dedi:
— Qarang, men sadr yogʻochidan qurilgan uyda yashayapman, Xudoning Sandigʻi esa chodirda turibdi.
3 — Koʻnglingda nima boʻlsa, shuni qilaver, Egam sen bilan, — dedi Natan.
4 Oʻsha kuni kechasi Natanga Egamizning soʻzi ayon boʻldi:
5 “Qulim Dovudning oldiga borgin–da, unga shu gaplarni yetkaz: «Egam shunday aytmoqda: istiqomat qilishim uchun uyni Menga sen qurmaysan. 6 Isroil xalqini Misrdan olib chiqqanimdan to shu kungacha biror uyda yashagan emasman. U yerdan–bu yerga koʻchib yurdim, chodirda maskan qildim. 7 Men hech qachon Isroil xalqining rahnamolariga shikoyat qilmadim. Ularning zimmasiga xalqimga choʻponlik qilish vazifasini yuklagan boʻlsam–da, hech qachon ularning birortasiga: ‘Nima uchun Menga sadr daraxti yogʻochidan uy qurib bermadingizlar?’ deb aytmadim.»
8 Endi qulim Dovudga ayt: «Sarvari Olam shunday demoqda: Men seni yaylovlardagi qoʻy suruvi orasidan tanlab olib, xalqim Isroilga hukmdor qildim. 9 Qayerga borsang, sen bilan boʻldim, hujum qilganingda, hamma gʻanimlaringni yoʻq qildim. Endi sening nomingni olamdagi ulugʻ odamlarning nomi singari mashhur qilaman. 10-11 Xalqim Isroilga ilk hakamlarni tayinlaganimdan buyon vijdonsiz odamlar bu xalqimni ezib keldilar. Endi xalqim Isroil uchun bir yurt tayin etib, ularni oʻsha yerga oʻtqazaman. Ular oʻz yurtida istiqomat qilishadi, boshqa behalovat boʻlishmaydi. Seni hamma gʻanimlaringdan tinch–omon saqlayman. Men, Egang, sen uchun bir xonadon yarataman, deb aytmoqdaman. 12 Sen olamdan oʻtib, ota–bobolaring yoniga dafn qilinganingdan keyin ham, Men oʻgʻillaringdan birini, pushti kamaringdan bino boʻlgan farzandingni shoh qilib, uning shohligini mustahkamlayman. 13 Menga atab uyni u quradi. Men esa uning shohlik taxtini to abad mustahkam qilaman. 14 Men unga ota boʻlaman, u esa Menga oʻgʻil boʻladi. Agar gunoh qilsa, ota oʻgʻlini jazolaganday, Men ham uni jazolayman. 15 Seni shoh boʻlsin deb, Shoulni marhamatimdan mahrum qilgan edim. Lekin oʻgʻlingdan hech qachon marhamatimni darigʻ tutmayman. 16 Xonadoning va shohliging Mening oldimda abadiy turadi, taxting to abad mustahkam boʻladi.»”
17 Xudo ayon qilganlarning hammasini Natan Dovudga aytdi.
Dovudning shukrona ibodati
18 Shundan keyin shoh Dovud Egamizning huzurida oʻtirib , shunday ibodat qildi:
“Ey Egam Rabbiy! Men kim boʻlibman, xonadonim nima boʻlibdiki, Sen meni bu qadar ulugʻlading?! 19 Buning ustiga, ey Egam Rabbiy, Sen kelajak zamonda yuz beradigan voqealardan xabar berib, bu qulingning xonadoni uchun koʻp vaʼda berding. Sening bu vaʼdalaring jamiki insonlarga tegishli boʻlsin , ey Egam Rabbiy! 20 Men Senga ortiq nima deya olardim, Egam Rabbiy! Axir, bu qulingni bilasan–ku. 21 Bergan vaʼdangga, Oʻz xohishingga muvofiq, shunday ulugʻvor ish qilding va bu qulingga ayon etding.
22 Naqadar ulugʻvorsan, ey Egam Rabbiy! Senga oʻxshagan boshqa xudo haqida hech qachon eshitmaganmiz. Sening aslo oʻxshashing yoʻq, Sendan oʻzga Xudo yoʻq! 23 Xalqing Isroilga oʻxshashi yoʻq! Ey Xudoyim, boshqa qaysi xalqni Sen qullikdan xalos qilib, Oʻzingning xalqing qilding?! Sen Oʻz xalqingni Misrdan olib chiqib, butun olamga shuhratingni yoyding. Buyuk va ajoyib ishlaring orqali xalqing oldidan begona xalqlaru xudolarni quvding . 24 Xalqing Isroilni to abad Oʻzingning xalqing qilding. Ey Egam, Sen ularning Xudosi boʻlding.
25 Ey Parvardigor Egam! Bu qulingga va uning xonadoniga qarata aytgan soʻzingda to abad tur, bergan vaʼdangni bajar, 26 toki odamlar, Sarvari Olam — Isroil xalqining Xudosi ekan, deb nomingni to abad maqtab yursinlar. Ha, quling Dovudning xonadonini Oʻzing har doim mustahkam qilgin. 27 Ey Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam! Bu qulingga, sening xonadoningni barpo etaman, deb ayon etgansan! Shu sababdan bu quling Senga shunday deb ibodat qilishga jurʼat etdi.
28 Ey Egam Rabbiy! Sen Xudosan, soʻzlaring — haq. Sen bu qulingga ana shunday ezgu narsalarni vaʼda qilgansan. 29 Agar Oʻzing maʼqul koʻrsang, bu qulingning xonadoniga marhamat qilgin, toki Sening huzuringda to abad tursin. Sen soʻz bergansan, ey Egam Rabbiy! Sening marhamating tufayli bu qulingning xonadoni to abad marhamatga sazovor boʻlgʻay.”