3–BOB
Sulaymon Egamizdan donolik soʻraydi
1 Sulaymon Misr shohi — firʼavnning qizlaridan biriga uylanib, firʼavn bilan aloqasini mustahkamladi, xotinini esa Quddusdagi Dovud qalʼasiga olib keldi. U oʻz saroyini, Egamizning uyini va Quddus atrofidagi devorni bitirgunga qadar, xotini oʻsha yerda yashadi. 2 Xalq hali ham turli joylardagi sajdagohlarda qurbonlik qilib yurardi, chunki oʻsha kunlargacha Egamizga atab bir uy qurilmagan edi.
3 Sulaymon Egamizni sevardi, shuning uchun otasi Dovudning koʻrsatmalari boʻyicha yurardi. Lekin u ham sajdagohlarda qurbonlik qilar va tutatqi tutatardi.
4 Shoh qurbonlik qilish uchun Givonga ketdi. Chunki eng asosiy sajdagoh oʻsha yerda edi. Sulaymon ilgari ham oʻsha qurbongohda minglab kuydiriladigan qurbonliklar keltirgan edi.
5 Sulaymon Givonda kechasi tush koʻrdi. Tushida Egamiz zohir boʻldi. Xudo unga:
— Tila tilagingni! — dedi.
6 Sulaymon aytdi:
— Ey Xudoyim! Otam Dovud Sening quling edi. Otam Senga sodiq boʻlib, solihlik bilan, toʻgʻri koʻngil bilan yurgani uchun unga ulugʻ sevgingni koʻrsatding. Otamga marhamat qilib, bugun uning taxtiga oʻtirmogʻi uchun unga bir oʻgʻil ato etding. 7 Ey Egam Xudo, endi bu qulingni otam Dovud oʻrniga shoh qilding. Men esa bir yosh boladayman, koʻp narsaga aqlim yetmaydi, nima qilishimni ham bilmayman. 8 Endi men, quling, Oʻzing tanlab olgan xalqni boshqarishim lozim. Koʻpligidan bu xalqni hisoblab chiqishning imkoni ham yoʻq. 9 Endi xalqingga shohlik qilishim uchun menga aql–idrok bergin, toki yaxshilik bilan yomonlikning farqiga borayin. Binobarin, Sening shu qadar behisob xalqingga kim hukmronlik qila oladi?!
10 Sulaymon soʻragan narsalar Rabbiyga maʼqul boʻldi. 11 Soʻng Xudo unga dedi:
— Sen oʻzing uchun uzoq umr soʻramading, oʻzing uchun boylik istamading, dushmanlaringning jonini soʻramading. Aksincha, toʻgʻri hukm etmoq uchun oʻzingga aql–idrok soʻrading. 12 Oʻzingning soʻraganingga koʻra, senga donishmandlik va aql–idrok ato qilaman. Sendan avval oʻzingga oʻxshagani dunyoga kelmagan edi, bundan soʻng ham senga oʻxshagani dunyoga kelmas. 13 Yana oʻzing soʻramagan narsalarni — boylik va shon–shuhratni ham beraman: umring boʻyi shohlar orasida senga teng keladigani boʻlmas. 14 Sen ham otang Dovud singari, Mening yoʻllarimdan yursang, farmonlarimga, amrlarimga rioya qilsang, umringni yanada uzaytiraman.
15 Sulaymon uygʻonib ketdi, hammasi tush edi. Shundan keyin u Quddusga keldi va Egamizning Ahd sandigʻi oldida turib, kuydiriladigan qurbonliklarni va tinchlik qurbonliklarini keltirdi, hamma aʼyonlariga ziyofat berdi.
Sulaymonning donishmandligidan bir lavha
16 Bir kuni ikkita fohisha xotin shohning huzuriga kelib, uning oldiga kirishdi. 17 Xotinlardan biri gap boshladi:
— Hazrati oliylari! Men mana bu ayol bilan bir uyda yashayman. U bilan uyda qolganimda, mening koʻzim yoridi. 18 Shundan keyin, uchinchi kuni bu ayol ham farzand koʻrdi. Xullas, biz birga edik. Uyda faqat ikkovimiz, boshqa odam yoʻq edi. 19 Manavi xotin kechasi bolasini bosib olgan ekan, bolasi oʻlib qolibdi. 20 Yarim kechasi turib, men uxlab yotganimda, oʻgʻlimni bagʻrimdan olib, oʻzining yoniga qoʻyibdi. Nobud boʻlgan bolasini esa mening yonimga yotqizib qoʻyibdi. 21 Bolamni emizish uchun saharda tursam, u jonsiz yotgan ekan. Faqat tong yorishgandagina mening oʻgʻlim emasligini bildim.
22 Ikkinchi xotin esa:
— Yoʻq, tirigi — mening oʻgʻlim, oʻlgan bola — seniki! — dedi.
Birinchisi esa:
— Yoʻq, oʻlgan bola — seniki, tirigi — meniki! — dedi.
Shunday qilib, ular shoh huzurida mojaro qilishdi. 23 Nihoyat, shoh dedi:
— Biringiz: “Tirigi — mening oʻgʻlim, nobud boʻlgani — seniki”, deyapsiz. Ikkinchingiz esa: “Yoʻq, nobud boʻlgani — seniki, tirigi — meniki”, deyapsiz.
24 Shundan keyin shoh:
— Menga bir qilich olib kelinglar! — deb buyurdi. Shohga qilich olib kelishdi. 25 — Tirik bolani ikkiga boʻlinglar. Yarmini biriga, yarmini esa ikkinchisiga beringlar! — deb buyurdi.
26 Shu zahoti bolasi tirik qolgan ayol shohga dedi:
— Hazrati oliylari! Tirik qolgan bolani manavi ayolga beravering! Uni oʻldirmasangiz boʻldi!
Bu ayolning farzandi uchun joni achirdi.
Narigisi esa:
— Menga ham boʻlmasin, senga ham, ikkiga boʻlaveringlar! — dedi.
27 Shu onda shoh:
— Toʻxtanglar, bolani oʻldirmanglar! — dedi. — Bolani rahmdil ayolga beringlar, onasi oʻshadir.
28 Shoh chiqargan bu hukmni butun Isroil xalqi eshitdi. Shundan keyin shohdan hayiqadigan boʻldilar, chunki eʼtibor bersalar, adolatli hukm qilish uchun Xudo unga donishmandlik ato qilgan ekan.