9–BOB
Isroil xalqi jazolanadi
1 Ey Isroil, bas qil shodligingni!
Boshqa xalqlarday nishonlading sen bayramingni!
Sen Xudoga bevafolik qilding.
Baalga fohishaday sajda etding,
Olgan hosilingni Baaldan toʻlov deb bilding.
2 Endi xirmonu sharob meshlaring senga yetarlicha ozuqa bermas,
Yangi sharobing chanqogʻingni bosmas.

3 Sen Egamizning yurtida qolmaysan,
Misrga qaytib ketasan .
Ha, Ossuriyada harom ovqat yeysan.
4 Egamizga sharob nazr qila olmaysan,
Keltirgan qurbonliklaring Unga maʼqul boʻlmaydi.
Bunday qurbonliklar azadorning noniga oʻxshaydi ,
Undan yeganlarning hammasi bulgʻanadi.
Zero, keltirgan qurbonliklaring qorin uchun, xolos,
Bunday qurbonliklar Egamizning uyiga kiritilmaydi,
Egamizga ular nazr qilinmaydi.
5 Ey Isroil, endi sen tayinlangan bayramlarni oʻtkaza olmaysan!
Egamizning muqaddas yigʻinlarini nishonlay olmaysan!
6 Sen ofatdan qochib qutulsang ham,
Misr senga changalini soladi,
Poytaxti Nuf senga qabr boʻladi.
Kumush xazinalaring yantoqqa nasib boʻladi,
Xaroba uylaringni tikanak oʻt bosadi.
7 Ey Isroil, bilib qoʻygin:
Hisob–kitob vaqti keldi!
Jazo olish payti yetdi!
Koʻplab gunohlaring sababli,
Cheksiz adovating tufayli,
Sen paygʻambarlarni ahmoq hisoblaysan,
Ruhdan ilhomlangan odamlarni telba deb bilasan.
8 Ey Efrayim ,
Xudoyim paygʻambarlarni senga posbon qildi.
Ammo sen ularni tuzoqqa tushirding,
Xudosining yurtida ularga adovat qilding.
9 Givoda razillik qilgan ajdodlaringga oʻxshab qolding,
Ularday yaramas ishlarga berilib ketding.
Ammo Xudo jinoyatingni esga oladi,
Gunohingga yarasha jazoingni beradi.
Isroilning gunohi va uning oqibati
10 Egamiz shunday deydi:
“Men Isroilni ilk bor topganimda,
Sahroda uzum solgan tokni topganday boʻldim.
Ha, ota–bobolarini birinchi koʻrganimda,
Anjirning chillaki mevalarini koʻrganday boʻldim.
Ammo ular Piyor togʻiga kelganda ,
Oʻzlarini sharmanda Baalga bagʻishladilar.
Koʻngil qoʻygan oʻsha butday jirkanch boʻlib qoldilar.
11 Efrayimning shuhrati qushday uchib ketadi.
Ularda na farzand tugʻiladi,
Na ayollari homilador boʻladi,
Na pushti kamaridan bola bino boʻladi!
12 Farzand oʻstirish nasib qilgan taqdirda ham,
Birontasini qoldirmay yoʻq qilaman.
Holiga voy, ularni tark etaman!
13 Men Efrayimni koʻrganimda,
U Tir shahriga oʻxshardi,
Goʻzal yerda joylashgandi.
Ammo endi Efrayim oʻz bolalarini
Qotil oldiga olib chiqadi.”

14 Ey Egam, bu xalqingga Sendan nima tilay?!
Ayollarini bepusht qilgin,
Emiza olmaydigan qilgin.

15 Egamiz shunday deydi:
“Ularning har bir qabihligi Gilgaldan boshlangan,
Oʻsha yerda nafratlana boshladim ulardan.
Qabih qilmishlari uchun
Ularni yurtimdan haydab chiqaraman.
Endi ularga mehr qoʻymayman.
Ularning hamma beklari Menga qarshi bosh koʻtargan.
16 Efrayim quladi,
Uning ildizlari quridi,
Meva berishga u ojiz boʻldi.
Farzand koʻrgan taqdirda ham,
Avaylagan zurriyotini oʻldiraman.”

17 Isroil xalqini Xudoyim rad etadi,
Ular Xudoga itoat qilmadi.
Xalqlar orasida darbadar boʻlishadi.