1–BOB
Axashverashning ziyofati
1 Bu voqea Axashverash davrida boʻlib oʻtgan edi. Axashverash Hindistondan Habashistongacha bir yuz yigirma yetti viloyat ustidan hukmronlik qilardi.
2 Shoh Axashverash Shushandagi qalʼada shohlik taxtiga oʻtirgandan keyin, 3 hukmronligining uchinchi yilida barcha vazirlari va saroy aʼyonlari, Fors va Midiya shohliklarining bosh lashkarboshilari va zodagonlari, qoʻli ostidagi viloyatlarning hokimlari uchun ziyofat berdi. 4 Axashverash ancha vaqt — bir yuz sakson kun davomida oʻz shohligining beqiyos boyligini, dabdabali va hashamatli ulugʻvorligini koʻrsatdi. 5 Bu ziyofatdan keyin Axashverash Shushan qalʼasining kattayu kichigiga shoh saroyining bogʻ hovlisida yetti kun ziyofat berdi. 6 Bogʻning marmar ustunlari tepasidagi kumush halqalarga oliy navli va safsar rangli zigʻir iplardan toʻqilgan, arqonlarga bogʻlangan oq va koʻk rangli zigʻir pardalar osilgandi. Argʻuvon va oq marmar, sadaf va qoramtir toshlar qoplangan joyga oltin va kumush oʻrindiqlar oʻrnatilgan edi. 7 Ichimliklar turli–tuman oltin qadahlarda tortildi. Shohona sharob ham, shohning boyligi kabi, juda serob boʻldi. 8 Chunki shoh oʻz xonadoni boshqaruvchilariga: “Har kimga istaganicha berilsin”, deb farmon etdi. Shuning uchun ichimliklar, shohning farmoniga koʻra, mehmonlarning xohishiga qarab berildi. 9 Malika Vashti ham shoh Axashverash saroyida ayollar uchun ziyofat berayotgan edi.
Malika Vashti tojdan mahrum qilinadi
10 Yettinchi kuni shoh sharob ichib vaqti chogʻ boʻlib, oʻzining Maxumon, Bizta, Xarbona, Bixta, Avagʻta, Zatar, Karkas ismli yettita mulozimiga shunday farmon berdi: 11 “Malika Vashtiga shohona toj kiydirib, huzurimga olib kelinglar, xalqqa va aʼyonlarga uning goʻzalligini koʻrsatay.” Haqiqatan ham malika gʻoyat goʻzal edi. 12 Lekin malika Vashti kelmadi, shohning mulozimlar orqali bergan farmonini bajarishdan u bosh tortdi. Shoh bundan qattiq gʻazablandi, malikadan gʻoyatda jahli chiqdi. 13 Shoh oʻz ishlarini qonun–qoidani biladiganlar oldida qilardi. 14 Oʻsha paytda shohning yaqinlari Fors va Midiya shohligining yettita begi — Karshana, Shator, Admata, Tarshish, Miros, Marsano, Mamuxon edi. Ularning joyi shohning huzurida boʻlib, shohlikda eng yuqori mavqeni egallagan edilar. Shoh qonun–qoidalarni yaxshi biladigan oʻsha donishmandlardan soʻradi:
15 — Shoh Axashverash malika Vashtiga mulozimlar orqali farmon bergan edi, u itoat etmadi. Bu qilmishi uchun qonunga binoan uni nima qilish kerak?
16 Shunda Mamuxon shoh va aʼyonlar huzurida shunday javob berdi:
— Malika Vashti yolgʻiz shohimiz oldidagina emas, balki shoh Axashverash hukmronligi ostidagi hamma viloyatlarning beklari va xalqi oldida aybdordir. 17 Chunki malikaning qiligʻini hamma ayollar eshitishgach, ular: “Shoh Axashverash, malika Vashtini huzurimga olib kelinglar, deb farmon bergan ekan, malika bormabdi”, deb gapirib yuradilar va erlarini mensimay qoʻyadilar. 18 Malikaning qiligʻi toʻgʻrisida eshitgan Fors va Midiya shohligi begoyimlari shohimizning hamma aʼyonlariga ayni oʻsha gapni aytadilar. Oʻrtada kiborlik, dilsiyohlik paydo boʻladi. 19 Agar shohimiz maʼqul koʻrsalar, oʻzlari butun shohlik hududi boʻyicha qaror chiqarsinlar. Fors hamda Midiya shohligi qonunlariga: “Vashti shoh Axashverash huzuriga kirmasin, uning shohlikdagi martabasi boshqa yaxshirogʻiga berilsin” degan qoʻshimcha kiritilsin va bu farmon oʻzgartirilmasin. 20 Shohlik qanchalik katta boʻlmasin, shohimizning bu farmoni shohlik boʻylab tarqalganda, barcha ayollar — boyu kambagʻali erlarini hurmat qiladigan boʻladilar.
21 Bu gap shohga va aʼyonlarga maʼqul boʻldi. Shoh Mamuxon aytganiday qildi. 22 U qoʻli ostidagi hamma viloyatlarga maktub joʻnatdi. Maktub har bir viloyatning oʻz yozuvida va har bir xalqning oʻz tilida bitilgan boʻlib, unda: “Har bir erkak oʻz oilasida xoʻjayin boʻlsin va uning gapi gap boʻlsin”, deb yozilgan edi.