4–BOB
Xudo Oʻz xalqiga vaʼda qilgan farogʻat
1 Xudoning farogʻat diyoriga kirish haqidagi vaʼdasi hanuz kuchda qolgan. Shuning uchun ehtiyot boʻlaylik, tagʻin vaʼda qilingan farogʻat diyoriga kirishga nomunosib boʻlib qolmaylik. 2 Axir, farogʻat diyori haqidagi Xushxabar Isroil xalqiga sahroda eʼlon qilinganday, bizga ham eʼlon qilindi. Ammo ular bu xabarni eshitsalar ham, uning qadriga yetmadilar. Ular bizga oʻxshab, bu xabarni eshitdilar, ammo unga ishonmadilar. 3 Biz ishonganimiz uchun farogʻat diyoriga kiramiz. Ishonmaganlar haqida esa Xudo shunday degandi:

“Shuning uchun gʻazablanib, ont ichdim:
«Ular farogʻat diyorimga kirmaydi.»”

Holbuki, Xudo farogʻat diyorini dunyoni yaratgandayoq tayyorlab qoʻygan. 4 Chunki yaratilishning yettinchi kuni haqida Muqaddas bitiklarda shunday deyilgan:

“Yettinchi kuni Xudo hamma ishlarini bitirib, dam oldi.”

Ammo baʼzi odamlar Xudoning farogʻat diyoriga kirmadilar. 5 Yuqoridagi parchada aytilganday:

“Ular farogʻat diyorimga kirmaydi.”

6 Bundan anglashiladiki, farogʻat haqidagi Xushxabarni birinchi boʻlib eshitganlar oʻz itoatsizligi uchun farogʻat diyoriga kirmagan edilar. Ammo baʼzi kishilarga u yerga kirish uchun imkoniyat bor. 7 Xudo oʻsha kishilarni koʻzda tutib, “bugun” deb atalgan yana bir kunni tayin qildi. Koʻp yillardan keyin bu kun haqida U Dovud orqali gapirdi. Xudoning bu gapini men oldin ham aytib oʻtganman :

“Qaniydi, bugun Mening ovozimga quloq solsangiz!
Tosh yurak boʻlmanglar!”

8 Agar Yoshua Isroil xalqini farogʻatga erishtirganda edi, oʻshandan keyin Xudo boshqa bir kun haqida gapirmagan boʻlardi. 9 Xullas, Xudoning xalqini Shabbat kuniga oʻxshagan farogʻat kutmoqda. 10 Xudoning farogʻat diyoriga kirganlar, Xudo kabi oʻz ishlaridan dam oladilar, chunki Xudo ham dunyoni yaratib boʻlgandan keyin dam olgan edi. 11 Shunday ekan, farogʻat diyoriga kirishga jon kuydiraylik. Aks holda, biz ham Isroil xalqiday itoatsizlik qilib, farogʻatdan bebahra qolamiz.
Xudo kalomining taʼsirchanligi
12 Xudoning kalomi jonli va taʼsirli, har qanday dudama qilichdan oʻtkirroqdir. U jon bilan ruhni, boʻgʻinlar bilan ilikni ajratgudek suqilib kiradi. Xudoning kalomi xayolu yurakning niyatlarini fosh etadi. 13 Butun borliq Xudoning koʻzi oldida yap–yalangʻoch va ochiqdir. Hech kim va hech narsa Undan pinhon emas. Biz Unga hisob beramiz!
Ulugʻ Oliy ruhoniyimiz Iso
14 Shunday ekan, oʻzimiz eʼtirof etgan eʼtiqodimizni mahkam tutaylik! Zotan, bizning ulugʻ Oliy ruhoniyimiz bor. Xudoning samodagi huzuriga kirib borgan bu Oliy ruhoniyimiz Xudoning Oʻgʻli Isodir. 15 U ojizliklarimizga hamdard boʻla oladi. Axir, U biz kabi har tomonlama sinalgan, lekin bizga oʻxshab gunoh qilmagan. 16 Kelinglar, inoyatli Xudoyimizning taxtiga jasorat bilan yaqinlashaylik. Shunda U bizga marhamat koʻrsatadi, Uning inoyati zarur vaqtda bizga yordam beradi.