6–BOB
Naximiyoga qarshi fitna
1 Sanballat, Toʻviyo, Arabistonlik Gashim va boshqa dushmanlarimiz devorni qurib boʻlganimni, devorda bironta ham oʻpirilgan joy qolmaganini eshitishdi. Lekin darvozalarning qanotlarini hali oʻrnashtirib boʻlmagan edim. 2 Shunda Sanballat va Gashim menga: “Kel, Onoʻ tekisligidagi qishloqlardan birida uchrashaylik”, deb xabar joʻnatishdi. Lekin ular menga shikast yetkazishga qasd qilayotgan edilar. 3 Shuning uchun ularga xabarchilar orqali shunday javob berdim: “Men muhim ish bilan bandman, bora olmayman. Sizlarning oldingizga ketsam, ish toʻxtab qoladi!” 4 Ular menga toʻrt marta shunday xabar joʻnatishdi, men bir xil javob beraverdim. 5 Beshinchi marta Sanballatning odami qoʻlida ochiq maktub bilan keldi. 6 Maktub shunday yozilgan edi:

“Boshqa xalqlar orasida shunday mish–mishlar yuribdi, Gashim ham oʻsha gapni aytyapti: sen va yahudiylar isyon qilmoqchi boʻlib, devorni qurayotgan ekansizlar. Xabarlarga qaraganda, sen yahudiylarning shohi boʻlishni moʻljallayotgan ekansan. 7 Sen Quddusda paygʻambarlar tayinlabsan. Paygʻambarlar: «Yahudoning shohi bor», deb sen toʻgʻringda bashorat qilishayotgan ekan. Bu gap–soʻzlar albatta shohning qulogʻiga yetib boradi. Taklifim shuki, kelgin, bu haqda maslahatlashib olaylik.”

8 Men unga shunday javob joʻnatdim: “Aytganlaringning hammasi yolgʻon. Hammasini oʻzing toʻqib chiqargansan.” 9 Ular bizni qoʻrqitmoqchi boʻlgan, “Shunday qilsak, ularning qoʻllari ishdan soviydi, ishlari oxiriga yetmay, qolib ketadi”, deb oʻylagan edilar. Shuning uchun men: “Ey Xudo, menga kuch ber!” deb yolvordim.
10 Bir kuni men Maxitavalning nabirasi, Daloyoning oʻgʻli Shamayonikiga bordim. U uyiga berkinib olgan ekan. Shamayo menga shunday dedi :

Kel, Xudoning uyida uchrashaylik,
Muqaddas xonasiga kirib olaylik ,
Eshiklarini berkitib qoʻyaylik.
Axir, dushmanlaring seni oʻldirgani kelyaptilar,
Shu kecha joningga qasd qilmoqchi boʻlyaptilar.

11 — Lekin men shunday javob berdim:
— Mening martabamdagi odam bunday vaziyatda qocharmidi?! Muqaddas xonada yashirinib olsam, jonimni haqiqatan ham qutqara olaman, deb oʻylayapsizmi?! Muqaddas xonaga hecham kirmayman!
12 Shamayoning soʻzlari Xudodan emasligini men aniq bildim. Toʻviyo va Sanballat Shamayoni yollaganlari uchun, u menga shu xabarni bergan edi. 13 Ularning bundan maqsadi meni qoʻrqitish, aytganlarini qildirib, meni gunohga botirish edi. Shunda obroʻyim toʻkilib, ularga mazax boʻlib qolardim.

14 Ey Xudoyim! Toʻviyo bilan Sanballatning qilmishlarini yodingda tut. Meni qoʻrqitmoqchi boʻlgan paygʻambar ayol Novadiyoning va boshqa paygʻambarlarning qilmishlarini unutma, ularning jazosini ber.
Devorni taʼmirlash ishlari tugaydi
15 Shunday qilib, devor Elul oyining yigirma beshinchi kuni — ellik ikki kunda bitkazildi. 16 Atrofdagi xalqlardan boʻlgan dushmanlarimiz buni eshitib, qoʻrqdilar, xijolatda qoldilar. Chunki bu ish Xudoyimizning madadi bilan qilinganini ular bildilar.
17 Ellik ikki kun davomida Yahudo yoʻlboshchilari va Toʻviyo bir–birlari bilan maktub yozishib turdi. 18 Chunki Yahudo yurtidagi koʻp odam Toʻviyoga sodiq edi, bunga ikki sabab bor edi: Toʻviyoning qaynatasi Orax oʻgʻli Shaxaniyo edi, Toʻviyoning oʻgʻli Yohuxanon esa Barxiyo oʻgʻli Mashullomning qiziga uylangan edi. 19 Oʻsha odamlar mening oldimda Toʻviyoning savob ishlaridan gapirishar, oʻz navbatida mening gaplarimni unga yetkazishar edi. Toʻviyo esa meni qoʻrqitish niyatida maktub joʻnatardi.