9–BOB
Horun qurbonliklar keltiradi
1 Sakkizinchi kuni Muso Horunni, uning oʻgʻillarini va Isroil oqsoqollarini chaqirtirib keldi. 2 U Horunga dedi: “Gunoh qurbonligi uchun bir nuqsonsiz buzoqni, kuydiriladigan qurbonlik uchun esa bir nuqsonsiz qoʻchqorni Egamizning huzuriga olib kel.
3 Soʻng Isroil xalqiga ayt, ular ham gunoh qurbonligi uchun bitta takani, kuydiriladigan qurbonlik uchun bir yoshli nuqsonsiz buzoqni va bir yoshli nuqsonsiz qoʻzini, 4 tinchlik qurbonligi uchun bitta buqani va bitta qoʻchqorni olib kelishsin. Ular bu jonivorlarni Egamizning huzurida qurbonlik qilishsin. Bular bilan birga zaytun moyi aralashtirilgan don nazrini ham keltirishsin. Zotan, Egamiz bugun ularga zohir boʻladi.”
5 Ular Muso amr qilgan hamma narsani Uchrashuv chodirining oldiga olib kelishdi. Butun jamoa Egamiz huzuriga kelib turdi. 6 Muso dedi: “Egamizning bergan bu amrini ado eting, shunda Egamizning ulugʻvorligi sizlarga zohir boʻladi.”
7 Soʻng Muso Horunga dedi: “Qurbongohning oldiga bor, oʻzingni va xalqni gunohdan poklash uchun gunoh qurbonligingni va kuydiriladigan qurbonligingni keltir. Soʻng xalqning qurbonliklarini ado etib, ularni gunohdan pokla. Egamizning amri shudir.”
8 Horun qurbongoh yoniga bordi, oʻz gunohlari uchun gunoh qurbonligi sifatida keltirgan buzoqni soʻydi. 9 Oʻgʻillari Horunga qurbonlikning qonidan olib tutdilar. U barmogʻini qonga botirib, qurbongohning shoxlariga surtib chiqdi, qonning qolganini esa qurbongohning yoniga toʻkdi. 10 Soʻng Egamiz Musoga bergan amrga binoan gunoh qurbonligining yogʻini, ikkala buyragini va jigarning aʼlo qismini qurbongoh ustida kuydirdi. 11 Goʻshti va terisini esa qarorgohdan tashqariga olib chiqib kuydirib tashladi. 12 Keyin Horun kuydiriladigan qurbonlikni soʻydi. Horunning oʻgʻillari unga qurbonlik qonidan tutdilar. Horun qonni qurbongohning toʻrtala yon tomoniga sepib chiqdi. 13 Soʻng oʻgʻillari kuydiriladigan qurbonlikning boʻlaklari va kallasini Horunga birin–ketin berdilar. Horun bularning hammasini qurbongoh ustida kuydirdi. 14 Soʻng qurbonlikning ichak–chovoqlarini va oyoqlarini yuvib, kuydirilgan qurbonlik ustida kuydirdi.
15 Keyin Horun xalqning qurbonliklarini keltirdi. Oʻzining gunohi uchun qurbonlik qilgani singari, xalqning gunohi uchun ham takani soʻyib, qurbonlik qildi. 16 Kuydiriladigan qurbonlikni ham olib kelib, qoidaga koʻra, ado etdi. 17 Soʻng don nazrini keltirib, nazrning bir hovuchini qurbongoh ustida kuydirdi. Bular ertalab kuydiriladigan kundalik nazrdan tashqari edi.
18 Horun xalqning tinchlik qurbonligi uchun keltirgan buqa va qoʻchqorni soʻydi. Uning oʻgʻillari tinchlik qurbonligining qonidan olib, Horunga tutdilar. Horun qonni qurbongohning toʻrtala yon tomoniga sepib chiqdi. 19 Soʻng Horunning oʻgʻillari buqa va qoʻchqorning yogʻini, yaʼni dumbasini, ichaklarini qoplab turgan yogʻlarini, buyraklari va jigarning aʼlo qismini 20 toʻshlar ustiga qoʻydilar. Horun yogʻni qurbongoh ustida kuydirdi. 21 Muso amr qilganday, Horun buqa va qoʻchqorning toʻshlarini va oʻng sonlarini Egamizga bagʻishlaganini koʻrsatish uchun yuqoriga koʻtardi.
22 Shundan keyin Horun qoʻllarini xalq tomon choʻzib ularni duo qildi. Horun gunoh qurbonligini, kuydiriladigan qurbonlikni va tinchlik qurbonligini ado etgach, qurbongohdan pastga tushdi. 23 Muso bilan Horun Uchrashuv chodiriga kirishdi, Chodirdan qaytib chiqqanlaridan keyin xalqni duo qilishdi. Shunda Egamizning ulugʻvorligi xalqqa zohir boʻldi. 24 Egamizning huzuridan olov chiqib, qurbongoh ustidagi kuydiriladigan qurbonlikni va yogʻlarni yamlab yubordi. Xalq buni koʻrgach, hayqirib yubordi–da, yerga muk tushdi.