7–BOB
Nikoh qonunidan misol
1 Ey birodarlar, axir, sizlar bilasizlar–ku, (men qonunni biladiganlarga aytyapman), qonun faqat tirik insonning ustidan hukmronlik qiladi. 2 Masalan, erli xotinning eri tirik ekan, qonun boʻyicha u eriga bogʻliq. Ammo eri oʻlsa, u nikohdan ozod boʻladi. 3 Shuning uchun hali eri tirik boʻlgan xotin boshqa erga tegsa, u zinokor deb hisoblanadi. Ammo eri oʻlsa, xotin oʻsha qonundan ozod boʻladi va boshqa erga tegsa ham, zino qilgan hisoblanmaydi.
4 Shunga oʻxshab, sizlar ham, ey birodarlarim, Masihning oʻlimi orqali qonun uchun oʻlgansizlar. Endi qonundan ozodsizlar, oʻzingizni Boshqasiga, yaʼni oʻlikdan tirilgan Masihga bagʻishlay olasizlar. Buning natijasida esa biz Xudoning yoʻlida samarali ishlar qila olamiz. 5 Zero, biz bashariy tabiatimiz amri bilan yashagan paytimizda, qonun bizning aʼzoyi badanimizda gunohkor ehtiroslarni qoʻzgʻatardi. Ularning samarasi esa oʻlimdir. 6 Endi esa bizni asir qilgan qonun uchun oʻldik va undan ozod boʻldik. Shunday qilib, biz eskichasiga, yaʼni yozilgan qonun yetakchiligida emas, balki yangichasiga , yaʼni Muqaddas Ruh yetakchiligida Xudoga xizmat qilamiz.
Qonun va gunoh
7 Xoʻsh, unda nima deymiz? Qonun gunohning manbaimi? Yoʻq, aslo! Ammo qonun boʻlmaganda edi, men gunoh nima ekanligini bilmagan boʻlar edim. Masalan, qonun “boshqalarning mulkiga koʻz olaytirma” deb buyurmaganda edi, men buning gunoh ekanligini bilmagan boʻlardim. 8 Ammo gunoh bu amrdan foydalanib, mening yuragimda har xil nafsu hasadni qoʻzgʻatdi. Qonun boʻlmagan joyda gunoh oʻlikdir.
9 Bir vaqtlar men qonunni bilmay yashardim. Ammo amr bor ekanligini bilganimdan keyin, gunoh tirildi, 10 men esa oʻldim. Amr hayot keltirishi kerak edi, ammo mening oʻlimimga sababchi boʻldi. 11 Chunki gunoh amrdan foydalanib, meni aldadi va amr orqali meni oʻldirdi. 12 Ammo qonun baribir muqaddasdir, uning har bir amri muqaddas, odil va yaxshidir.
13 Xoʻsh, yaxshi boʻlgan qonun menga oʻlim keltirdimi? Mutlaqo! Gunoh menga oʻlim keltirish uchun yaxshi narsadan foydalandi. Gunohning gunoh ekanligi ochiq koʻrinishi uchun shunday boʻldi. Shunday qilib, amr orqali gunohning naqadar yomon ekanligi oshkor boʻldi.
Gunohga qarshi kurash
14 Qonunni Xudo bergan. Men esa gunohga qul qilib sotilgan ojiz bandaman. 15 Axir, oʻzim qilayotgan ishlarni oʻzim tushunmayman, chunki qilishni xohlaganlarimni qilmayman, aksincha, nimani yomon koʻrsam, shuni qilaman. 16 Oʻzim xohlamagan ishlarni qilayotgan ekanman, bu bilan qonunning yaxshi ekanligini maʼqullayotgan boʻlaman. 17 Demak, bu ishlarni men oʻzim emas, balki yuragimdagi gunoh qilayotgan boʻladi.
18 Menda, yaʼni bashariy tabiatimda hech qanday yaxshi jihat yoʻqligini aniq bilaman. Yaxshilik qilish istagi dilimda bor boʻlsa–da, uni roʻyobga chiqarishga kuchim yetmaydi. 19 Oʻzim qilishni xohlagan yaxshilikni qilmayman–da, uning oʻrniga oʻzim qilishni xohlamagan yomonlikni qilaman. 20 Oʻzim xohlamagan ishni qilayotgan ekanman, demak, bu ishni men emas, balki yuragimdagi gunoh qilyapti.
21 Men bundan ushbu xulosani chiqaraman: yaxshilik qilmoqchi boʻlganimda, qalbimda hamisha yomonlik poylab turadi. 22 Butun qalbim bilan Xudoning qonunidan zavq olaman. 23 Ammo aʼzoyi badanimda boshqa bir qoida amal qilmoqda. Bu qoida ongimdagi qonunga qarshi kurash olib borib, aʼzoyi badanimda amal qiluvchi gunoh qoidasiga meni asir qilyapti. 24 Oh, men shoʻrlik odam! Oʻlim soyasi ostidagi bu ahvolimdan kim meni qutqarar ekan? 25 Xudoga shukur! Rabbimiz Iso Masih orqali U bizni qutqaradi!
Xullasi kalom, men ongim bilan Xudoning qonuniga qul boʻlsam–da, bashariy tabiatim gunoh qoidasiga quldir.