22–BOB
Mixiyo Axabni ogohlantiradi
1 Oradan uch yil oʻtdi. Shu vaqt oraligʻida Oram bilan Isroil oʻrtasida urush boʻlmadi. 2 Uchinchi yili Yahudo shohi Yohushafat Isroil shohi huzuriga keldi. 3 Isroil shohi aʼyonlariga dedi:
— Giladdagi Ramoʻt bizniki ekanini bilasizlarmi? Lekin biz bu shaharni uzoq vaqtdan buyon Oram shohidan tortib olmay, sukut saqlab kelyapmiz.
4 — Giladdagi Ramoʻt uchun jang qilmoqqa men bilan borasanmi? — deb soʻradi Axab Yohushafatdan.
— Meni goʻyo oʻzing deb bil, xalqimni oʻzingning xalqing deb, otlarimni oʻzingning otlaring deb bil, — dedi unga Yohushafat. 5 Yohushafat Isroil shohiga yana aytdi:
— Avval Egamizning xohish–irodasini bil–chi, U nima der ekan.
6 Isroil shohi toʻrt yuzga yaqin paygʻambarni toʻplab ulardan soʻradi:
— Giladdagi Ramoʻt uchun jang qilmoqqa boraymi yoki bormaymi?
— Boraversinlar, Rabbiy u shaharni shoh hazratlarining qoʻliga beradi.
7 — Bu yerda ulardan boshqa Egamizning birorta paygʻambari qolmadimi? Agar boʻlsa, undan ham soʻrab koʻraylik, — dedi Yohushafat.
8 — Yana bir kishi bor, — dedi Axab Yohushafatga, — Yimloning oʻgʻli Mixiyo. U orqali Egamizning xohish–irodasini bilsak boʻladi. Lekin men uni yomon koʻraman, chunki u men haqimda bashorat qilsa, xayrli gap aytmaydi, har doim xunuk gap aytadi.
— Ey shoh, bunday deb aytma, — dedi Yohushafat. 9 Isroil shohi mulozimini chaqirib:
— Tez borib, Yimloning oʻgʻli Mixiyoni olib kel, — deb buyurdi.
10 Isroil shohi Axab va Yahudo shohi Yohushafat shohlik liboslarini kiyib, har qaysisi oʻz taxtida Samariya darvozasi yonidagi bugʻdoy yanchiladigan maydonda oʻtirar, hamma paygʻambarlar esa ularning roʻparasida turib bashorat qilayotgan edi. 11 Xanano oʻgʻli Zidqiyo temir shoxlar yasab, dedi:
— Egamiz: “Oram lashkarini qirib bitirmaguningcha, ularni shu shoxlar bilan suzaverasan”, deb aytmoqda.
12 Boshqa paygʻambarlar ham shohga:
— Ramoʻtga boraversinlar, albatta gʻalaba qiladilar, Egamiz oʻsha shaharni shohimizning qoʻllariga beradi, — deb bashorat qildilar.
13 Mulozim Mixiyoni chaqirish uchun ketdi. U Mixiyoning oldiga borib, unga dedi:
— Qara, hozir hamma paygʻambarlar bir ogʻizdan shohga yaxshilikdan bashorat qilyaptilar. Sening bashorating ham ularnikiday boʻlsin. Sen ham yaxshilikdan karomat qil.
14 — Xudo haqi! Egamiz menga nimani ayon qilsa, shuni aytaman, — dedi Mixiyo.
15 Mixiyo shoh huzuriga keldi.
— Ey Mixiyo, men Giladdagi Ramoʻt shahrini qaytarib olish uchun jang qilmoqchiman. Ramoʻtga hujum qilaymi yoki yoʻqmi? — deb soʻradi shoh undan.
— Hujum qilaversinlar, albatta gʻolib keladilar, — dedi Mixiyo. — Egamiz oʻsha shaharni shoh hazratlarining qoʻliga beradi.
16 — Faqat haqiqatni aytishing uchun Egamiz nomini oʻrtaga qoʻyib, senga necha marta ont ichdirayin?! — deb shoh undan yana soʻradi.
17 Mixiyo unga shunday javob berdi:
— Isroil xalqini koʻrib turibman, ular togʻlar ustida yoyilib yurgan choʻponsiz qoʻylarga oʻxshaydi. Egamiz menga dedi: “Ularning xoʻjayini yoʻq, har biri oʻz uyiga tinch–omon qaytib ketsin.”
18 — U men haqimda bashorat qilganda xayrli gap aytmaydi, balki xunuk xabar aytadi, deb senga aytmaganmidim?! — deb xafaligini izhor qildi Axab Yohushafatga.
19 — Unday boʻlsa, Egamizning soʻzlarini eshitsinlar, — dedi Mixiyo Axabga. — Men Egamizni Oʻzining taxtida oʻtirgan holatda koʻrdim. Jamiki samoviy mavjudotlar Uning oʻng va chap tomonidan joy olgan edi. 20 Egamiz ulardan soʻradi: “Axab Giladdagi Ramoʻt shahriga borib, oʻsha yerda halok boʻlsin deya, kim uni oʻziga ogʻdira oladi?” Biri unday dedi, boshqasi bunday dedi. 21 Bir payt ruhlardan bittasi Egamizning roʻparasida paydo boʻldi va: “Uni men koʻndiraman”, dedi. 22 “Qanday qilib koʻndirasan?” soʻradi Egamiz. “Men chiqib, hamma paygʻambarlarning ogʻzida yolgʻonchi ruhga aylanaman”, dedi u. “Sen uni koʻndir, bor, aytganingday qil, sen uddasidan chiqasan”, dedi Egamiz. 23 Mana koʻrdingizmi, Egamiz hamma paygʻambarlaringizning ogʻziga yolgʻonchi ruh solib qoʻygan. U boshingizga falokat keltirishga qaror qilgan.
24 Shu payt Xanano oʻgʻli Zidqiyo Mixiyoning oldiga kelib, uning yuziga bir shapaloq urdi:
— Nahotki Egamizning Ruhi meni tark etib, sen bilan gaplashgani ketgan boʻlsa?! Ayt–chi, u qaysi yoʻldan ketdi? — soʻradi Zidqiyo.
25 — Qarab tur, sichqonning ini ming tanga boʻlib, yashiringani ichkari xonaga yugurganingda koʻrasan, — dedi Mixiyo Zidqiyoga.
26 — Mixiyoni ushlanglar! — buyurdi Isroil shohi. — Uni shahar hokimi Omonning va shahzoda Yoʻshning huzuriga olib boringlar. 27 Ularga mening amrimni yetkazinglar. Ular Mixiyoni zindonga tashlashsin. Men sogʻ–salomat qaytib kelgunimcha, oz–moz non–suv berib tursin, xolos.
28 — Ey xaloyiq! Hammangiz eshitib qoʻying! Agar shoh hazratlari sogʻ–salomat qaytib kelsalar, Egamiz men orqali gapirmagan boʻladi, — dedi Mixiyo.
Axabning oʻlimi
29 Isroil shohi Axab bilan Yahudo shohi Yohushafat Giladdagi Ramoʻt shahriga ketishdi.
30 — Men qiyofamni oʻzgartirib, jangga kiraman, sen esa shohlik liboslaringni kiyib ol, — dedi Axab Yohushafatga.
Axab qiyofasini oʻzgartirib, jangga kirdi. 31 Oram shohi oʻttiz ikkita jang aravalari qoʻmondoniga: “Kattasi bilan ham, kichigi bilan ham jang qilib oʻtirmanglar, asosiy hujumni Isroil shohining oʻziga qaratinglar”, deb amr bergan edi. 32 Jang aravalari qoʻmondonlari Yohushafatni koʻrgach: “Isroil shohi ana shu!” deb oʻylab unga hujum boshladilar. Lekin Yohushafat jangga daʼvat qilib baqirganda, 33 aravalarning qoʻmondonlari bildilarki, u Isroil shohi emas ekan. Qoʻmondonlar orqaga qaytdilar. 34 Bir odam bexosdan yoyini tortib qoʻyib yuborgan edi, oʻq toʻppa–toʻgʻri Isroil shohiga kelib tegdi. Shohning ustidagi sovuti ulangan joydan oʻq kirib ketgan ekan. Shoh ogʻir jarohatlandi.
— Otni orqaga bur, men jarohatlandim, lashkar orasidan meni olib chiqib ket! — dedi shoh izvoshchisiga.
35 Oʻsha kuni gʻoyatda shiddatli jang boʻldi. Shoh esa aravasi ustida suyanib Oram lashkarini kuzatib turdi. Oʻq tekkan joydan aravaning ichiga qon oqardi. Kechga tomon borib shoh qazo qildi. 36 Kunbotar paytida lashkar orasida: “Har kim oʻz shahriga, oʻz yurtiga ketaversin!” degan ovoza tarqaldi.
37 Shohning jasadini Samariyaga olib kelib, oʻsha yerda dafn qildilar. 38 Aravani esa Samariyadagi hovuzda yuvdilar. Fohishalar ham shu yerda yuvinishardi. Egamizning aytgani boʻldi: koʻppaklar uning qonini yaladi.
39 Axabning boshqa ishlari, butun faoliyati, fil suyagidan qurgan saroyi, hamma mustahkam qilgan shaharlari haqida “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 40 Axab olamdan oʻtdi. Uning oʻrniga oʻgʻli Oxoziyo shoh boʻldi.
Yahudo shohi Yohushafat
41 Isroil shohi Axab shohlik qilayotganiga toʻrt yil boʻlganda, Yohushafat Yahudoga shoh boʻlgan edi. Yohushafat Osoning oʻgʻli edi. 42 Oʻshanda Yohushafat oʻttiz besh yoshda edi. U Quddusda yigirma besh yil shohlik qildi. Onasi Oziba Shilxining qizi edi.
43 Yohushafat otasi Osoning yoʻlidan yurdi. Yoʻldan ozmay, Egamiz oldida toʻgʻri ishlar qildi. Lekin sajdagohlarni yoʻq qilib tashlamadi. Xalq hamon oʻsha joylarda qurbonlik qilib, tutatqi tutatardi. 44 Yohushafat Isroil shohi bilan sulh tuzdi. 45 Yohushafatning boshqa ishlari, koʻrsatgan qahramonliklari, qanday jang qilgani “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 46 Otasi Oso davridan qolgan–qutgan sajdagohlardagi fohishlarni Yohushafat yurtdan quvib chiqardi.
47 Bu paytda Edomda shoh yoʻq edi, shohning noibi yurtni boshqarardi.
Yohushafatning kemalari
48 Yohushafat: “Ofirdan oltin olib kelaman” deb, dengizda savdo kemalari yasadi, lekin Ezyoʻn–Geberga borganda, kemalar parchalanib, Ofirga yeta olmadi. 49 Oʻshanda Isroil shohi Oxoziyo Yohushafatga: “Mening odamlarim sening odamlaring bilan birga kemada ketsin”, degan, lekin u rozi boʻlmagan edi.
50 Yohushafat olamdan oʻtdi. U ham bobosi Dovud qalʼasida, ota–bobolari yoniga dafn qilindi. Uning oʻrniga oʻgʻli Yohuram shoh boʻldi.
Isroil shohi Oxoziyo
51 Yohushafat Yahudoda shohlik qilayotganiga oʻn yetti yil boʻlganda, Oxoziyo Isroilga shoh boʻldi. Oxoziyo Axabning oʻgʻli edi. U Samariyada istiqomat qilardi. U ikki yil Isroil shohi boʻldi. 52 Oxoziyo Egamiz oldida qabih ishlar qildi. Ota–onasining yoʻlidan, Isroilni gunohga botirgan Nabat oʻgʻli Yeribomning yoʻlidan ketdi. 53 Oxoziyo Baalga xizmat qilib, unga topindi. Isroil xalqining Xudosi — Egamiz uning qilmishlaridan qattiq gʻazablandi. Binobarin, otasi ham Egamizning qahrini keltirgan edi.