1–BOB
Duoyi salom
1 Iso Masihning qullari Pavlus va Timoʻtiydan Filippi shahridagi Iso Masihning barcha azizlariga hamda jamoat yetakchilari va xizmatchilariga salom! 2 Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih sizlarga inoyat va tinchlik ato qilsin.
Pavlusning Filippilik imonlilar uchun shukronasi va ibodati
3 Har safar sizlar haqingizda oʻylaganimda Xudoyimga shukurlar aytaman. 4 Hammangiz uchun ibodat qilganimda, har doim shodlik bilan ibodat qilaman, 5 chunki sizlar Xushxabarga ishonganingizdan boshlab, to hozirga qadar oʻsha Xushxabarni yoyishda men bilan birga ishtirok etib kelmoqdasizlar. 6 Xudo sizlarning hayotingizda boshlagan ezgu ishini Iso Masih keladigan kungacha bitirishiga aminman. 7 Sizlarni yaxshi koʻrganim uchun hammangiz haqingizda shunday fikr qilishim oʻrinlidir. Axir, qamoqdaligimda ham, Xushxabar haqiqat ekanligini himoya qilish va taʼkidlashimda ham Xudo bergan inoyatda sizlar menga sheriksizlar. 8 Mana, Xudo shohid: men sizlarni rosa sogʻinganman, chunki sizlarni Iso Masihnikiday boʻlgan mehr–muhabbat bilan yaxshi koʻraman.
9 Sizlarning muhabbatingiz yanada oshib, bilim va aql–idrok bilan boyisin, deb ibodat qilyapman, 10 chunki men sizlarning aʼlo narsalarni tanlashingizni, Masih keladigan kunda pok va aybsiz boʻlishingizni istayman. 11 Toki sizlarning hayotingiz Iso Masih kuchi orqali solihlik samarasiga toʻlib, Xudoga sharaf va maqtov keltirsin.
Xushxabar yoyilayotganidan Pavlus xursand
12 Ey birodarlar, shuni bilishingizni istaymanki, boshimga tushganlarning hammasi Xushxabarning yanada koʻproq yoyilishiga turtki boʻldi. 13 Masih tufayli qamalganim butun saroy qoʻriqchilariga va bu yerdagilarning hammasiga maʼlum boʻldi. 14 Mening qamoqdagi vaziyatim koʻp birodarlarning Rabbimiz Isoga boʻlgan ishonchini oshirdi, shuning uchun ular qoʻrqmasdan, katta jasorat bilan Masih haqidagi xabarni targʻib qilmoqdalar.
15 Toʻgʻri, Masih haqidagi Xushxabarni baʼzilar baxillik va hasadgoʻylik bilan, baʼzilar esa yaxshi niyat bilan targʻib qilyaptilar. 16 Yaxshi niyat bilan targʻib qilayotganlar meni yaxshi koʻrganlari uchun va men Xushxabarni himoya qilishga tayinlanganimni bilib shunday qilyaptilar. 17 Qolganlar esa Xushxabarni raqobat ruhi bilan targʻib qilyaptilar. Ular pok niyatda emas, balki mening qamoqda tortayotgan azoblarim koʻpaysin deb, shunday qilyaptilar . 18 Ammo nima farqi bor? Yomon niyatdami, yaxshi niyatdami, muhimi, Masih haqidagi Xushxabar targʻib qilinmoqda. Mana shu meni xursand qiladi.
Pavlus Masihni ulugʻlashni istaydi
Men xursand boʻlishda davom etaveraman, 19 chunki bilaman, sizlarning ibodatlaringiz orqali va Iso Masih Ruhining yordami bilan mana shularning hammasi mening ozod boʻlishimga olib keladi. 20 Ishonch bilan umid qilaman: isnodga qolmayman, aksincha, jasorat koʻrsataman. Ha, umidim shuki, hozir ham oldingiday, oʻlsam ham, yashasam ham mening tanam orqali Masih ulugʻlanadi. 21 Zotan, men uchun hayot Masihdir, oʻlim esa yutuqdir. 22 Axir, tirik qoladigan boʻlsam, samarali ishlar qilaveraman, shunday ekan, nimani tanlashni ham bilmayman. 23 Ikki yoʻlning qay birini tanlashni bilmay, boshim qotib qoldi. Mening istagim bu dunyodan ketib, Masih bilan birga boʻlishdir. Shunday boʻlsa juda yaxshi boʻlardi. 24 Ammo tirik qolishim sizlar uchun zarurroqdir. 25 Bunga ishonchim komil, shuning uchun tirik qolishimni bilaman. Sizlarning imoningiz mustahkamlanib, quvonchingiz oshib boraverishi uchun men sizlar bilan birga qolaman. 26 Shunday qilib, men yana sizlarning oldingizga kelganimda, men tufayli Iso Masihdan yanada koʻproq faxrlanasiz.
Hayotni Masihga bagʻishlab yashash
27 Nima boʻlishidan qatʼi nazar, Masih Xushxabariga loyiq tarzda hayot kechirishingiz kerak. Shunday yashanglarki, men sizlarni koʻrishga borganimda, Xushxabarning samarasi boʻlgan imon uchun yakdillik bilan kurashib, bir ruhda mustahkam turganingizni koʻray! Ammo sizlarni koʻrishga borolmasam, shunday xabar eshitay. 28 Sizlarga qarshilik koʻrsatayotganlardan hech hayiqmanglar. Sizlarning qatʼiyatingiz ularning halok boʻlishidan, sizlarning esa najot topishingizdan dalolat beradi. Bu Xudoning ishidir. 29 Zotan, Xudo sizlarga nafaqat Masihga ishonish, balki Uning uchun azob–uqubat tortish sharafini ato qilgan. 30 Axir, sizlar azob–uqubatlarimni koʻrdingiz, hozir ham aziyat chekayotganim haqida eshityapsiz. Endi mana shu kurashda sizlar mening sheriklarimsiz.