11–BOB
1 Men Masihdan oʻrnak olganim kabi, sizlar ham mendan oʻrnak olinglar.
Bosh yopinchiqlari haqida
2 Doim meni eslab turganlaringiz va men sizlarga oʻrgatgan urf–odatlarga amal qilayotganlaringiz uchun sizlarni maqtasam arziydi. 3 Lekin bilinglarki, ayol erkakdan yaratilgan, har bir erkakning hayot manbai Masihdir, Masihning hayot manbai esa Xudodir. 4 Boshini yopib ibodat qilgan yoki shu holda boshqalarga Xudoning soʻzini yetkazgan har bir erkak Masihni sharmanda qilgan boʻladi–ku! 5 Ayol kishi boshiga hech narsa oʻramay ibodat qilsa yoki Xudoning soʻzini gapirsa, erkaklarga isnod keltiradi, axir, boshini yopmaslik sochini qirib tashlash bilan barobar–ku! 6 Agar ayol kishi boshiga biror narsa oʻrashni xohlamasa, mayli, sochini kesib tashlayversin. Agar kalta soch va qirilgan bosh ayol kishining sharmanda ekanligini koʻrsatsa, ayollar boshlariga roʻmol oʻrasinlar.
7 Erkak kishi boshini yopmasligi kerak, chunki u Xudoning suratida yaratilgan va Uning ulugʻvorligini aks ettiradi. Ayol kishi esa erkak kishining ulugʻvorligini aks ettiradi. 8 Axir, erkak ayoldan emas, balki ayol erkakdan yaratilgan. 9 Erkak ayol kishi uchun emas, balki ayol erkak uchun yaratilgan.
10 Sizlarga shuni aytmoqchiman: ayol kishi boshiga biror narsa oʻraydimi yoki yoʻqmi, bu haqda oʻzi qaror qilishga haqi bor. Axir, erkaklar qatori, ular ham farishtalarni hukm qiladilar–ku! 11 Holbuki, Rabbimiz Isoga tegishli boʻlganlar orasida ayol kishi erkakdan mustaqil emas, erkak kishi esa ayoldan mustaqil emas. 12 Ayol kishi erkakdan yaratilgani toʻgʻri, lekin oʻsha paytdan beri har bir erkak ayol kishidan tugʻilgan. Aslida esa butun borliqning manbai Xudodir. 13 Oʻzingiz oʻylab koʻring–chi, ayol kishi boshini yopmay Xudoga ibodat qilishi toʻgʻrimi? 14 Erkak kishining sochlari uzun boʻlsa, bu erkak uchun sharmandalik ekanligini tabiatning oʻzi oʻrgatadi–ku! 15 Xuddi shunga oʻxshab, ayol kishining sochi uzun boʻlsa, bu ayol kishi uchun sharaf emasmi?! Axir, uzun soch boshiga roʻmol oʻrash kerakligini koʻrsatadi. 16 Agar birortasi bu masaladagi yoʻl–yoʻriqlarim haqida bahslashmoqchi boʻlsa, bilsinki, Xudoning jamoatlarida biz aytib oʻtganlardan boshqa urf–odatlar yoʻq.
Rabbimiz Isoni xotirlash haqidagi yoʻl–yoʻriqlar
17 Quyidagi masalalarga kelganda esa sizlarni maqtay olmayman. Yigʻilishlaringiz foydadan koʻra, koʻproq zarar keltirayotgan ekan. 18 Avvalo, siz — imonlilar birga yigʻilganingizda har xil guruhlarga boʻlinar ekansiz, bunga qisman boʻlsa ham ishonaman. 19 Toʻgʻri, kelishmovchiliklarning oldini olib boʻlmaydi. Axir, kelishmovchilik boʻlgandagina orangizda kim toʻgʻri fikr qilayotgani bilinadi.
20 Sizlar birga yigʻilganingizda hech ham Rabbimiz Isoni xotirlayotganga oʻxshamaysiz. 21 Chunki hamma oʻzi olib kelgan ovqatini oʻzi tanovul qilayotgan ekan. Shunday qilib, baʼzilar och qolayotgan ekan, baʼzilar esa mast boʻlib qolayotgan ekan. 22 Nahotki yeyish va ichish uchun uylaringiz boʻlmasa?! Yoki Xudoning jamoatini pisand qilmay, yoʻqsillarni xijolatda qoldirmoqchimisizlar? Sizlarga yana nima aytayin? Sizlarni maqtaymi? Yoʻq, sizlarni bu xususda maqtamayman.
23 Men sizlarga bergan yoʻl–yoʻriqlarni Rabbimiz Isodan oʻrganganman. Rabbimiz Iso xoinlarcha tutib berilgan kechada qoʻliga non oldi–da, 24 shukrona duosini aytib, sindirdi va shunday dedi : “Bu non Mening tanamni bildiradi. Tanam sizlar uchun fido boʻladi. Birgalikda non sindirib yeganingizda Meni xotirlanglar.” 25 Ovqatlanib boʻlganlaridan keyin, Iso yana shukrona aytib, sharob quyilgan kosani oldi–da, shunday dedi: “Bu kosa Xudoning yangi ahdini bildiradi. Bu ahd sizlar uchun toʻkiladigan qonim evaziga kuchga kiradi. Birgalikda kosadan sharob ichganingizda Meni xotirlanglar.” 26 Har safar birgalikda shu tarzda non yeb, sharob ichar ekansiz, Rabbimiz kelguniga qadar Uning oʻlimini eʼlon qilayotgan boʻlasizlar.
27 Shunday qilib, kimda–kim Rabbimizning yoʻlida yurganlarga nomunosib ravishda bu nondan yesa yoki Rabbimizning kosasidan ichsa, Rabbimizning tanasi va qoniga qarshi gunoh qilgan boʻladi. 28 Shuning uchun har bir kishi oʻzini oʻzi tekshirib koʻrsin, shundan soʻnggina nondan yesin va sharobdan ichsin. 29 Rabbimizning tanasini pisand qilmasdan yeb–ichgan odam oʻzini oʻzi mahkum qilgan boʻladi. 30 Mana shu sababdan koʻplaringiz zaif va xastasizlar, hatto baʼzilar oʻlib ketgan. 31 Agar oʻzimizni oʻzimiz yaxshilab tekshirganimizda edi, mahkum boʻlmas edik. 32 Dunyo bilan birga mahkum boʻlmasligimiz uchun Rabbimiz Iso bizni hukm qilib, adabimizni beryapti. 33 Shuning uchun, birodarlarim, Rabbimizni xotirlash niyatida birgalikda yeb–ichish uchun yigʻilganingizda, bir–biringizni kutib turinglar. 34 Agar biror kishi och boʻlsa, oʻz uyida ovqat yeb kelsin. Shunda yigʻilishingizdagi xulq–atvoringiz sizlarni mahkum qilmaydi. Qolgan masalalar haqida oldingizga borganimdan keyin yoʻl–yoʻriq koʻrsataman.