10–BOB
Isroil xalqining tarixidan ibratlar
1 Birodarlar, ota–bobolarimizning tarixini yodingizga solmoqchiman. Ularning hammasi bulut ostida choʻlni kezib, Qizil dengizdan oʻtdilar . 2 Ular bulut ostida kezib, Qizil dengizdan oʻtganda, goʻyo suvga choʻmdirilganday boʻlib, Musoning izdoshlari boʻldilar. 3 Moʻjiza orqali ularning hammasiga bir xil ovqat berildi . 4 Moʻjiza orqali hammasiga ichish uchun suv berildi. Moʻjiza orqali ular qoyadan suv olib ichdilar . Oʻsha qoya Masihning timsoli edi. Yurgan yoʻllarida Masih ular bilan birga edi. 5 Garchi shunday boʻlsa ham, ularning deyarli hammasi Xudoni norozi qildi, shuning uchun itoatsizlarni Xudo sahroda halok qildi.
6 Itoatsizlarning boshiga tushgan koʻrgiliklar bizga ibrat boʻldi, toki biz ham ularga oʻxshab yovuzlik payida boʻlmaylik. 7 Ularning baʼzilariga oʻxshab, butparast boʻlmaylik. Ular haqida shunday yozilgan–ku: “Xalq oʻtirib yeb–ichgandan keyin koʻngilxushlik qildi.” 8 Ularning baʼzilariga oʻxshab jinsiy axloqsizlikka berilmaylik. Ular axloqsizlik qilganlari uchun bir kunda yigirma uch mingtasi nobud boʻldi . 9 Masihni sinamaylik, chunki ulardan baʼzilari shunday qilib, ilonlarning zahridan halok boʻldilar . 10 Hech nolimaylik. Ulardan baʼzilari mingʻirlab nolidilar, shuning uchun Azroil ularni urib, nobud qildi .
11 Ular boshidan kechirgan bu hodisalar bizlarga ibrat boʻldi. Zamon oxirlashib qolgan paytda yashayotganlarga, yaʼni bizlarga saboq boʻlishi uchun bu hodisalar Muqaddas bitiklarda yozib qoldirilgan. 12 Shuning uchun mahkam turibman, deb oʻylagan odam ehtiyot boʻlsin, tagʻin qoqilib yiqilmasin. 13 Sizlar tushgan vasvasaga boshqalar ham duchor boʻlgan. Ammo Xudo sodiqdir, U kuchingizdan ortiq vasvasaga tushishingizga yoʻl qoʻymaydi. Vasvasaga bardosh bera olishingiz uchun kerakli paytda vasvasadan qutulish yoʻlini ham beradi.
Jinlar bilan aloqada boʻlmaslik haqida
14 Ey azizlarim, butparastlikdan oʻzingizni olib qoching! 15 Men sizlarni aqli raso odamlar deb bilib gapiryapman. Aytayotganlarimga oʻzingiz baho beringlar. 16 Biz dasturxon atrofida jam boʻlib oʻtirganimizda , Xudoga shukur aytib qutlugʻ kosadan ichganimizda Masihning toʻkilgan qoniga sherik boʻlamiz, nonni boʻlishib yeganimizda esa Uning qurbon qilingan tanasiga sherik boʻlamiz–ku! 17 Bitta nonni boʻlib yeganimizday, biz hammamiz, koʻpchilik boʻlsak–da, bir tanani hosil qilamiz.
18 Isroil xalqiga qaranglar! Qurbongohdagi qurbonliklardan tanovul qilish ular uchun Xudoga sajda qilish degani–ku! 19 Men bu bilan nima demoqchiman oʻzi? Butga bagʻishlangan qurbonlikning ham biror ahamiyati bormi? Butning oʻzi ham biror ahamiyatga egami? 20 Yoʻq! Butparastlar qurbonlik keltirganlarida, aslida qurbonlikni xudo deb atalgan butlarga emas, balki jinlarga bagʻishlagan boʻladilar. Jinlarga sherik boʻlishingizni men xohlamayman. 21 Sizlar ham Rabbimiz Isoning kosasidan, ham jinlarning kosasidan icha olmaysizlar. Ham Rabbimiz dasturxonidan, ham jinlarning dasturxonidan bahramand boʻla olmaysizlar. 22 Nahotki Rabbimiz Isoning rashkini qoʻzgʻatmoqchi boʻlsangiz? Nahotki sizlar Undan ham qudratliroq boʻlsangiz?!
Boshqalarning manfaatini koʻzlash
23 Baʼzilaringiz: “Inson xohlaganini qilishga haqli”, deb aytyapsiz. Toʻgʻri, lekin hamma narsa ham foydali emas. Inson xohlaganini qilishga haqi bor, lekin hamma narsa ham manfaat keltirmaydi. 24 Hamma birinchi oʻrinda oʻzining emas, boshqalarning manfaatini koʻzda tutsin. 25 Bozordagi goʻsht qayerdan kelgani haqida soʻrab–surishtirmay, pok vijdon bilan yeyaveringlar. 26 Axir, Muqaddas bitiklarda shunday yozilgan–ku:
“Egamiznikidir zamin, undagi butun borliq.”
27 Agar Masihni bilmagan birorta odam sizlarni uyiga chaqirsa va siz u yerga boradigan boʻlsangiz, oldingizga qoʻyilgan hamma narsani qayerdan kelganini soʻrab–surishtirmay, pok vijdon bilan yeyaveringlar. 28-29 Lekin bir birodar sizga: “Bu qurbonlik goʻshti”, deb aytsa, unda oʻsha aytgan odam haqi va uni vasvasaga solmaslik uchun oʻsha goʻshtni yemanglar . Goʻsht yeyish siz uchun gunoh boʻlmasa ham, oʻsha odam uchun gunoh, u goʻshtni yesa, vijdoni qiynaladi. Ammo men bu goʻshtni yemasam ham erkinligim cheklanib qolmaydi. 30 Agar men Xudoga shukrona aytib ovqatni tanovul qilsam, oʻsha ovqatni yeganim uchun malomatga qolmayman.
31 Shunday qilib, yeysizlarmi, ichasizlarmi, nimaiki qilsangiz ham, hammasini Xudoni ulugʻlash uchun qilinglar. 32 Yahudiylaru gʻayriyahudiylarni, Xudoni biladiganu bilmaydiganlarni oʻylab ish tuting. 33 Men ham oʻz manfaatimni emas, boshqalarning manfaatini koʻzlayapman, ular najot topsin deb, turli yoʻllar bilan hammaning koʻnglini topishga harakat qilyapman.