10–BOB
1 Xaxaliyo oʻgʻli, hokim Naximiyo qarorni tasdiqlab, muhrladi. Zidqiyo ham qarorga muhrini bosdi. Bulardan tashqari, qarorni muhrlaganlarning ismlari quyidagichadir:

2 Sarayo, Ozariyo, Yeremiyo,
3 Pashxur, Emoriyo, Malkiyo,
4 Xattush, Shabaniyo, Mallux,
5 Xarim, Miromoʻt, Obodiyo,
6 Doniyor, Ginatoy, Borux,
7 Mashullom, Abiyo, Miyomin,
8 Maziyo, Bilgi, Shamayo.
Ular ruhoniylar edilar.

9 Levilar:
Ozaniyo oʻgʻli Yeshuva,
Xanadod urugʻidan Binnuy,
Kadmil,
10 ularning sheriklari:
Shabaniyo, Xoʻdiyo,
Kilit, Paliyo, Xanon,
11 Mixa, Rexob, Xashaviyo,
12 Zakkur, Sharaviyo, Shabaniyo,
13 Xoʻdiyo, Banix, Baninu.

14 Xalq yoʻlboshchilari:
Paroʻsh, Paxatmoʻab,
Elam, Zattu, Banix,
15 Boʻnax, Ozgad, Boʻvay,
16 Odoniyo, Bigʻvay, Adin,
17 Oter, Yoxizqiyo, Azzur,
18 Xoʻdiyo, Xashum, Bezay,
19 Xorif, Onotoʻt, Nabay,
20 Maxpiyosh, Mashullom, Xazir,
21 Mashazavil, Zodoʻx, Yodduva,
22 Pilatiyo, Xanon, Onoyoh,
23 Xoʻsheya, Xanoniyo, Xashshub,
24 Xalloxesh, Pilxo, Shoʻvex,
25 Raxum, Xashavno, Masiyo,
26 Oxiyo, Xanon, Onon,
27 Mallux, Xarim, Banax.
Qaror mazmuni
28 Biz, jamiki Isroil xalqi — ruhoniylar, levilar, Maʼbad darvozabonlari, qoʻshiqchilar, Maʼbad xizmatchilari va Xudoning qonuniga muvofiq oʻzlarini mahalliy xalqlardan ayirgan hamma yahudiylar xotinlari va esini tanigan oʻgʻil–qizlari bilan birga, 29 yoʻlboshchilarimiz qatorida ont ichamiz. Agar ontimizni buzsak, laʼnati boʻlaylik. Xudo Oʻz quli Muso orqali bergan qonunga biz amal qilib yashaymiz. Egamiz Rabbiyning amrlariga, qonun–qoidalariga va farmonlariga rioya qilamiz.
30 Biz mahalliy xalqlar bilan quda–andachilik qilmaymiz.
31 Agar mahalliy odamlar Shabbat kuni yoki boshqa biror muqaddas kunda sotish uchun don yoki har xil mol olib kelishsa, ulardan hech narsa sotib olmaymiz.
Biz har yettinchi yili yerga ishlov bermaslikka va bergan hamma qarzlarimizdan voz kechib yuborishga vaʼda qilamiz.
32 Bundan tashqari, shuni vaʼda qilamizki, Xudoyimizning uyidagi sajda marosimlari ehtiyojlari uchun har yili bir misqol kumushni topshiramiz. 33 Bu pullar quyidagi narsalar uchun sarf qilinadi: muqaddas nonlar uchun, kundalik don nazrlari uchun, kundalik kuydiriladigan qurbonliklar uchun, Shabbat kunida, yangi oy shodiyonasida, har yili oʻtkaziladigan bayramlarda keltiriladigan qurbonliklar, nazrlar va boshqa ehsonlar uchun, Isroil xalqini poklaganda qilinadigan gunoh qurbonliklari uchun, Xudoyimizning uyida qilinadigan boshqa sarf–xarajatlar uchun.
34 Biz qurʼa tashlab , ruhoniylar, levilar va xalqning har bir xonadoni qay vaqtda Xudoning uyi uchun oʻtin olib kelishlari kerakligini aniqlab oldik. Soʻng shunday vaʼda berdik: biz har yili belgilangan paytda oʻtin olib kelamiz. Shu yoʻl bilan Tavrotda, Egamiz Xudoning qurbongohida doimo olov yonib tursin, deb yozilgan amrni bajaramiz.
35 Biz har yili yerimizning birinchi hosilini va hamma mevali daraxtlarimizning birinchi hosilini Egamizning uyiga olib kelamiz, deb vaʼda qilamiz. 36 Shuningdek, Tavrotda yozilganiga muvofiq, toʻngʻich oʻgʻillarimizni, mol–qoʻylarimizning birinchi tugʻilganlarini Xudoyimizga bagʻishlaymiz, deb vaʼda qilamiz. Biz ularni Xudoyimizning uyida oʻz vazifasini oʻtayotgan ruhoniylarga olib kelamiz. 37 Ruhoniylarga atalgan mahsulotlarni Xudoyimizning uyidagi omborxonalarga olib kelamiz. Unimizning va boshqa don mahsulotlarimizning aʼlosini, mevalarimizning aʼlosini, yangi sharob va zaytun moyimizning aʼlosini omborxonalarga olib kelamiz.
Biz yerimizning hosilidan levilarga ushr berishga vaʼda qilamiz. Dehqonchilik bilan mashgʻul boʻlgan hamma shaharlarimizdan levilar ushr yigʻadilar. 38 Levilar ushrni olayotganlarida, Horun naslidan boʻlgan ruhoniy ularning yonida boʻladi. Levilar ushrning oʻndan birini Xudoyimizning uyiga olib kelib, omborxonalarga joylashtiradilar.
39 Xullas, Isroil xalqi va levilar ehson qilgan don, sharob va zaytun moylarini Maʼbaddagi omborlarga olib kelishadi. Bu omborxonalar oʻz vazifasini oʻtayotgan ruhoniylar, darvozabonlar va qoʻshiqchilarning xonalari yonida joylashgan boʻlib, u yerda Maʼbad buyumlari ham saqlanadi.
Biz Xudoyimizning uyini qarovsiz qoldirmaymiz, deb vaʼda beramiz.”