13–BOB
Barnabo bilan Shoul safarga joʻnatiladi
1 Antioxiyadagi imonlilar jamoatida paygʻambarlar va muallimlar ham bor edi. Barnabo, Qoracha laqabli Shimoʻn, Kirineyalik Lukiyos, viloyat hukmdori Hirod bilan birga oʻsgan Manaxim va Shoul shular jumlasidan edi. 2 Ular Egamizga sajda qilib, roʻza tutar ekanlar, Muqaddas Ruh ularga shunday dedi: “Barnabo bilan Shoulni Menga bagʻishlanglar, toki ular Men tayinlagan ishni bajarsinlar.” 3 Ular roʻza tutib, ibodat qildilar, soʻng qoʻllarini Barnabo bilan Shoulga qoʻyib, ikkovini safarga joʻnatdilar.
Kiprda
4 Muqaddas Ruh buyrugʻiga koʻra, Barnabo bilan Shoul yoʻlga tushdilar . Ular Selevkiya shahriga borib, u yerdan kemada Kiprga suzib ketdilar. 5 Salamis shahriga kelganlaridan keyin, yahudiylarning sinagogalarida Xudoning kalomini vaʼz qildilar. Yuhanno ham ular bilan birga boʻlib, xizmatda yordam berar edi.
6 Ular butun orolni u boshidan bu boshigacha kezib chiqib, Pafos shahriga keldilar. U yerda Baryoshua degan sehrgarga duch keldilar. U odam yahudiylarning soxta paygʻambari edi. 7 Baryoshua orolning hokimi Sergiyus Pavlusning yaqinlaridan biri edi. Sergiyus Pavlus aqlli odam edi. U Barnabo bilan Shoulni huzuriga chaqirib, Xudoning kalomini eshitmoqchi boʻldi. 8 Ammo sehrgar Elimos Barnabo bilan Shoulga qarshi chiqdi. (Elimos Baryoshuaning yana bir ismi boʻlib, yunonchada “sehrgar” demakdir.) Elimos hokimni imondan toydirishga harakat qildi. 9 Shoul, yaʼni Pavlus , Muqaddas Ruhga toʻlib, sehrgarga tik boqib 10 dedi:
— Ey iblis oʻgʻli! Sen har qanday haqiqatning dushmanisan, yuraging ayyorlik va yaramasliklarga toʻla. Egamizning toʻgʻri yoʻlini buzib koʻrsatishni qachon bas qilasan?! 11 Endi eshit: Egamizning qoʻli senga qarshi koʻtarilgan, sen maʼlum bir vaqtgacha koʻr boʻlib qolasan, quyosh nurini koʻrmaysan.
Shu zahoti Elimosning koʻzi oldi xiralashib, qorongʻi boʻldi. Elimos u yoq–bu yoqni paypaslab, qoʻlidan yetaklab yuradigan birontasini izladi. 12 Hokim yuz bergan voqeani koʻrib, imonga keldi, chunki u Rabbimiz Iso haqidagi taʼlimotdan hayratga tushgan edi.
Pisidiyadagi Antioxiya shahrida
13 Pavlus bilan uning hamrohlari Pafos shahridan suzib, Pamfiliyadagi Perga shahriga keldilar. Yuhanno shu yerda ularni tark etib, Quddusga qaytdi. 14 Qolganlar esa Pergadan joʻnab, Pisidiyadagi Antioxiya shahriga keldilar. Shabbat kuni ular sinagogaga kirib oʻtirishdi. 15 Tavrot va Paygʻambarlar bitiklaridan qiroat tugagach, sinagoganing yoʻlboshchilari: “Birodarlar, agar bizga biror nasihatingiz boʻlsa, marhamat”, deb ularga xabar yubordilar. 16 Pavlus oʻrnidan turib, qoʻli bilan “jim” degan ishorani qildi, soʻng soʻz boshladi: “Ey Isroil xalqi! Xudodan qoʻrqadigan boshqa xalqlar, quloq solinglar! 17 Mana shu Isroil xalqining Xudosi bizning ota–bobolarimizni tanlab oldi. Ular Misrda musofir boʻlib yashagan vaqt davomida Xudo ulardan buyuk xalq yaratdi. Buyuk qudrati bilan ularni Misrdan olib chiqdi. 18 Qirq yil davomida Xudo ularning sahrodagi qilmishlariga chidadi . 19 U Kanʼon yurtida yetti elatni qirib tashlab, ularning yurtini Isroil xalqiga mulk qilib berdi. 20 Bularning hammasi taxminan 450 yil davom etdi.
Bundan keyin Xudo ularga Shomuil paygʻambar zamonigacha hakamlarni berdi. 21 Keyin Isroil xalqi shoh soʻragan edi, Xudo ularga Kish oʻgʻli Shoulni shoh qilib berdi. Shoul Benyamin qabilasidan boʻlib, qirq yil hukmronlik qildi. 22 Xudo Shoulni taxtdan tushirgandan keyin, Dovudni Isroil xalqining shohi qildi. Xudo u haqda shunday degan edi: «Essay oʻgʻli Dovudni Oʻzimning koʻnglimga mos deb topdim. Dovud Mening hamma xohishlarimni bajo qiladi.» 23 Xudo bergan vaʼdasiga muvofiq, Dovud naslidan Isoni Isroil xalqiga najotkor qilib yubordi. 24 Iso xizmatini boshlamasdan oldin, Yahyo butun Isroil xalqiga, gunohlaringizdan qaytinglar, suvga choʻminglar, deb vaʼz qildi. 25 Yahyo xizmatini yakunlayotib: «Sizlar meni kim deb bilasizlar? Men vaʼda qilingan Zot emasman. U mendan keyin keladi. Men Uning choriqlarini yechib qoʻyishga ham arzimayman», degan edi .
26 Ey birodarlarim, Ibrohim avlodlari! Ey Xudodan qoʻrqadigan boshqa xalqlar! Najot haqidagi bu xabar bizga berilgan. 27 Ammo Quddus aholisi va ularning hukmdorlari Isoning kimligini tanimadilar. Garchi ular har Shabbat kuni oʻqilayotgan paygʻambarlarning soʻzlarini eshitsalar–da, paygʻambarlar Iso haqida yozganini ular tushunmadilar. Isoni oʻlimga mahkum qilib, paygʻambarlarning bashoratlarini amalga oshirdilar. 28 Oʻlimga mahkum qilish uchun ular sabab topa olmagan boʻlsalar ham, Pilatdan Uni oʻldirishni talab qildilar. 29 U toʻgʻrida yozilgan har bir narsani amalga oshirganlaridan keyin, jasadini yogʻochdan tushirib, qabrga qoʻydilar. 30 Ammo Xudo Uni oʻlikdan tiriltirdi. 31 Bir necha kun U Jaliladan Quddusga Oʻzi bilan kelganlarga zohir boʻlib turdi. Hozir ular Isroil xalqiga guvohlik beryaptilar.
32-33 Barnabo bilan men esa bu Xushxabarni sizlarga eʼlon qilmoqdamiz: Xudo Isoni tiriltirdi! Shu orqali ota–bobolarimizga bergan vaʼdasini ularning farzandlari boʻlmish bizlar uchun bajardi. Bu haqda Zaburning ikkinchi sanosida shunday yozilgan:

«Sen Mening Oʻgʻlimsan,
Bugun Men Senga Ota boʻldim.»

34 Axir, Xudo, Uni oʻlikdan tiriltiraman, Uni qabrda chiritmayman, deb vaʼda bergan edi. U shunday degan edi:

«Dovudga vaʼda qilgan tabarruk barakalarni sizlarga beraman.»

35 Boshqa bir sanoda bu yanada toʻliqroq tushuntirilgan:

«Taqvodoringni qabrda chiritmaysan.»

36 Darvoqe, Dovud oʻz vaqtida Xudoning maqsadi uchun xizmat qilgan edi. Dovud vafot etgach, ota–bobolari yoniga dafn qilindi. Uning tanasi qabrda chiridi. 37 Ammo Xudo tiriltirgan Isoning tanasi chirimadi. 38 Shuning uchun, ey birodarlarim, eshitinglar! Gunohlarimiz Iso orqali kechirilishini biz sizlarga eʼlon qilmoqdamiz. 39 Isoga ishongan har bir kishi hamma gunohlaridan U orqali oqlanadi. Musoning qonuni orqali esa oqlanib boʻlmaydi. 40 Ehtiyot boʻlinglar, toki paygʻambarlar aytgan quyidagi soʻzlar boshingizga tushmasin:

41 «Qaranglar, ey mazaxchilar!
Hayratda qolib oʻlinglar!
Sizning davringizda Men shunday bir ish qilamanki,
Eshitsangiz quloqlaringizga ishonmaysizlar.»

42 Pavlus bilan Barnabo sinagogadan chiqar ekanlar, xalq ularga: “Kelgusi Shabbat kuni ham shu narsalar toʻgʻrisida gapirib bersangizlar”, deb iltimos qildilar. 43 Sinagogadagi yigʻindan keyin xalq tarqaldi. Pavlus bilan Barnaboga koʻplab yahudiylar va yahudiy diniga kirgan taqvodorlar ergashdilar. Pavlus bilan Barnabo ularga, Xudoning marhamati ostida yashashni davom ettiringlar, deb dalda berdilar.
44 Keyingi Shabbat kuni ham deyarli butun shahar Rabbimiz Iso haqidagi xabarni eshitish uchun yigʻildi. 45 Yahudiylar shunchalik koʻp odamni koʻrib, qattiq hasad qila boshladilar. Pavlusning aytganlariga qarshi chiqib, uni haqoratladilar. 46 Shunda Pavlus bilan Barnabo ikkovi jasorat bilan shunday dedilar:
— Xudoning kalomini birinchi navbatda sizlarga bildirishimiz kerak edi. Ammo sizlar Xudoning kalomini rad qildingizlar va oʻzlaringizni abadiy hayotga noloyiq deb bildingizlar. Shuning uchun biz gʻayriyahudiylarning oldiga ketyapmiz. 47 Egamiz bizga shunday amr bergan edi:

“Yerning chetigacha najotni olib boringlar deb,
Men sizlarni gʻayriyahudiylarga nur qilaman.”

48 Gʻayriyahudiylar bu gapni eshitib, xursand boʻldilar. Ular Rabbimiz Iso haqidagi xabarni izzat–hurmat bilan qabul qildilar. Abadiy hayot uchun tanlanganlarning hammasi imonga keldi. 49 Shunday qilib, Rabbimiz Iso haqidagi xabar yurt boʻylab yoyilib boraverdi. 50 Ammo yahudiylar shaharning yuqori martabali, Xudodan qoʻrqadigan ayollarini va eʼtiborli erkaklarini qayrab, Pavlus bilan Barnaboni taʼqib qilib, ularni yurtdan quvib chiqarishga undadilar. 51 Havoriylar esa ogohlantirish tariqasida oyoqlarining changini qoqib , Ikoniya shahriga ketdilar. 52 Antioxiyadagi shogirdlar sevinch va Muqaddas Ruhga toʻlib boraverdilar.