29–BOB
Yoqub Lobonning uyiga keladi
1 Yoqub yoʻlida davom etib, nihoyat, sharqdagi yurtga yetib keldi. 2 U dashtda bir quduqni uzoqdan turib koʻrdi. Quduq yonida uch toʻp poda yotardi. Chorva shu quduqdan sugʻorilar, quduqning ogʻzi kattakon tosh bilan yopib qoʻyilardi. 3 Choʻponlar hamma qoʻy–echkilarni u yerga haydab kelganlaridan keyin, quduqning ogʻzidagi toshni surishib, qoʻylarni sugʻorishardi–da, quduqning ogʻzini yana oʻsha tosh bilan berkitib qoʻyishardi.
4 Yoqub choʻponlarning oldiga borib, ulardan:
— Birodarlar, qayerliksizlar? — deb soʻradi.
— Xorondanmiz , — deb javob berishdi ular.
5 — Lobon degan odamni taniysizlarmi? — deb soʻradi Yoqub, — u Naxoʻrning nabirasi boʻladi.
— Ha, taniymiz, — deb javob berishdi choʻponlar.
6 — Lobon tinch–omonmi? — deb soʻradi Yoqub.
— Yaxshi, — deb javob berishdi choʻponlar. — Ana, uning qizi Rohila ham qoʻylarini haydab shu yoqqa kelyapti.
7 — Suruvni bir joyga toʻplabsizlar, lekin hozir payti emas–ku, oqshomgacha hali erta! — dedi Yoqub. — Qoʻylarni sugʻorib, oʻtlatgani qaytarib olib bormaysizlarmi?
8 Choʻponlar shunday javob berishdi:
— Hamma suruvni bu yerga toʻplab, toshni quduqning ogʻzidan surganimizdan keyingina qoʻylarni sugʻoramiz.
9 Yoqub choʻponlar bilan gaplashib turganda, Rohila otasining qoʻylarini haydab kelib qoldi. Rohila choʻponlik qilardi. 10 Yoqub togʻasi Lobonning qizi Rohilani va uning qoʻylarini koʻrdi. Quduq yoniga borib, quduq ogʻzidagi toshni surdi–da, togʻasining qoʻylarini sugʻordi. 11 Keyin Rohilani oʻpdi, xursandligidan koʻzlariga yosh keldi.
12 — Men otangning jiyaniman, ammang Rivqoning oʻgʻliman, — deb Yoqub oʻzini tanishtirdi.
Rohila yugurib borib, otasiga xabar berdi.
13 Lobon, singlimning oʻgʻli kelibdi, deb eshitdi–yu, oʻsha zahoti, Yoqubni kutib olishga shoshildi. Yoqub bilan quchoqlashib koʻrishdi. Lobon Yoqubni uyiga olib keldi. Yoqub boshidan kechirganlarini togʻasiga aytib berdi.
14 — Sen mening jigarimsan, oilamning bir aʼzosisan, — dedi Lobon.
Yoqub Lobonga Rohila va Leax uchun xizmat qiladi
Yoqub Lobonnikida bir oy turgandan keyin, 15 Lobon unga dedi:
— Sen mening qarindoshim boʻlsang ham, tekinga ishlamasliging kerak. Ayt–chi, xizmat haqingga nima istaysan?
16 Lobonning ikki qizi boʻlib, kattasining ismi — Leax, kichiginiki — Rohila edi. 17 Leaxning koʻzlari chiroyli , Rohila esa har jihatdan goʻzal — yuzi chiroyli, qaddi–qomati kelishgan edi. 18 Yoqub Rohilani sevardi, shuning uchun: “Men sizga kichik qizingiz Rohila uchun yetti yil xizmat qilib beraman”, dedi.
19 Shunda Lobon unga dedi:
— Mayli, roziman, qizimni begonaga berganimdan koʻra, senga berganim yaxshi–ku. Menikida qolaver.
20 Shunday qilib, Yoqub Rohilaga qalin uchun yetti yil xizmat qildi. Lekin Yoqubning Rohilaga boʻlgan sevgisi shunchalik kuchli ediki, yetti yil bir necha kunday tuyuldi.
21 Nihoyat, Yoqub Rohilaga uylanadigan payt ham keldi.
— Men shartni bajardim, — dedi Yoqub Lobonga. — Endi qizingizga uylanishimga ijozat bering.
22 Lobon butun yurt aholisini toʻplab, ziyofat berdi. 23-24 Lekin oʻsha kuni kechasi Lobon Rohilaning oʻrniga, toʻngʻich qizi Leaxni Yoqubga berdi. Leaxga xizmat qilsin deb, Lobon oʻzining Zilpo degan choʻrisini Leaxga berdi. Yoqub Leaxning yoniga kirdi. 25 Yoqub ertalab turib qarasa, yonida Leax yotibdi!
— Bu nima qilganingiz?! — dedi Yoqub gʻazablanib Lobonga. — Men sizga yetti yil Rohila uchun xizmat qildim–ku! Nimaga meni aldadingiz?
26 — Bizning yurtdagi odat boʻyicha, katta qizdan oldin kichigi turmushga berilmaydi, — deb javob berdi Lobon. 27 — Bir haftada bu qizimning toʻyi tantanasi tugaydi, kutib tur. Agar menga yana yetti yil xizmat qilib beradigan boʻlsang, xizmating evaziga kichkinasini ham senga beraman.
28 Yoqub rozi boʻldi. Bir haftadan keyin Yoqub bilan Leaxning toʻyi tantanasi tugadi. Lobon Rohilani ham Yoqubga berdi. 29 Lobon oʻzining Bilxax degan choʻrisini qizi Rohilaga bergan edi. 30 Shunday qilib, Yoqub Rohilaning yoniga kirdi. U Leaxdan koʻra, Rohilani koʻproq yaxshi koʻrardi. Yoqub Lobonga yana yetti yil xizmat qilib berdi.
Yoqubning farzandlari
31 Yoqub Leaxga koʻngilsiz ekanini Egamiz koʻrib turardi. Shuning uchun U Leaxni tugʻishga qodir qildi, Rohila esa befarzand oʻtaverdi. 32 Leax homilador boʻlib, oʻgʻil tugʻdi. U: “Egam mening baxtsizligimni koʻrdi, endi erim menga albatta koʻngil qoʻyadi”, deb oʻgʻlining ismini Ruben qoʻydi. 33 Leax homilador boʻlib, yana oʻgʻil tugʻdi. “Erim menga koʻngilsizligini Egam eshitib, yana bir oʻgʻil berdi”, deb oʻgʻlining ismini Shimoʻn qoʻydi. 34 Leax yana homilador boʻldi va yana oʻgʻil tugʻdi. U: “Erimga uchta oʻgʻil tugʻib berdim, endi u albatta menga bogʻlanib qoladi”, deb oʻgʻlining ismini Levi qoʻydi. 35 Leax yana homilador boʻlib, yana oʻgʻil tugʻdi. U: “Endi Egamga hamdu sano aytaman”, deb oʻgʻlining ismini Yahudo qoʻydi. Shundan keyin u tugʻishdan qoldi.