3–BOB
Ruhoniy Horunning oʻgʻillari
1 Egamiz Sinay togʻida Muso bilan soʻzlashganda, Muso va Horunning nasli quyidagilardan iborat edi: 2 Horunning toʻrtta oʻgʻli bor edi: Nadov, Abihu, Elazar va Itamar. Nadov toʻngʻich oʻgʻil edi. 3 Muso Horunning bu oʻgʻillariga moy surtib, ularni ruhoniylikka tayinlagan edi. 4 Lekin Nadov bilan Abihu Sinay sahrosida Egamiz amr etmagan olovni Uning huzuriga olib kelganlari uchun oʻsha yerda nobud boʻlgan edilar . Ikkovi ham befarzand edi. Shuning uchun faqat Elazar bilan Itamar otalari Horun hayotligida ruhoniy boʻlib xizmat qilgan edilar.
Levi qabilasi ruhoniylik xizmatiga tayinlanadi
5 Musoga Egamiz shunday amr berdi: 6 “Levi qabilasini ruhoniy Horun huzuriga boshlab kel. Ular Horunga yordam berishsin. 7 Levilar Uchrashuv chodirida Horunga va butun Isroil jamoasiga xizmat qilib, Chodirga oid boʻlgan barcha yumushlarni bajarishsin. 8 Ular Muqaddas chodirda Isroil xalqi uchun xizmat qilishar ekan, Chodirdagi hamma ashyolar uchun masʼul boʻlishsin. 9 Levilarni Horun va uning oʻgʻillari ixtiyoriga ber. Isroil xalqining bu qabilasi toʻliq ularning ixtiyorida boʻlishi shart. 10 Horun va uning oʻgʻillarini ruhoniylik xizmatiga tayinla. Ruhoniylik vazifasini bajargan har qanday boshqa odamning jazosi oʻlimdir.”
11 Musoga Egamiz yana dedi: 12 “Men levilarni Isroil xalqining onadan tugʻilgan barcha toʻngʻich oʻgʻillari oʻrnida qabul qilganman. Levilar Menikidir. 13 Zotan, hamma toʻngʻich oʻgʻillar Menga tegishli. Men Misrliklarning hamma toʻngʻich oʻgʻillarini nobud qilgan kunim Isroil xalqining barcha toʻngʻichlarini — odamidan tortib hayvoniga qadar Oʻzim uchun ajratib olganman . Ularning hammasi Meniki boʻlishi shart. Zotan, Men Egangizman.”
Levi qabilasi roʻyxatga olinadi
14 Musoga Egamiz Sinay sahrosida yana aytdi: 15 “Levi qabilasini urugʻi va xonadonlari boʻyicha sanab chiq. Bir oylik oʻgʻil bolalardan tortib, katta yoshdagi erkaklargacha sanab chiq.” 16 Egamizning amri boʻyicha Muso ularni sanab chiqdi.
17 Levining uchta oʻgʻli boʻlib, ismlari Gershon, Qohot va Marori edi.
18 Gershonning Lubnax va Shimax degan oʻgʻillari boʻlib, har qaysisidan bittadan urugʻ kelib chiqdi.
19 Qohotning Imrom, Izxor, Xevron va Uziyol degan oʻgʻillari boʻlib, ularning har biridan ham bittadan urugʻ kelib chiqdi.
20 Marorining Maxli va Mushi degan oʻgʻillari boʻlib, ularning har biridan ham bittadan urugʻ kelib chiqdi.
Levi urugʻlarining ota xonadoni boʻyicha roʻyxatga olinganlari ana shular edi.
21 Gershondan Lubnax va Shimax urugʻlari kelib chiqdi. 22 Gershon urugʻiga qarashli bir oylik oʻgʻil bolalardan tortib, katta yoshdagi erkaklargacha sanalganda, 7500 ta chiqdi. 23 Gershon urugʻi chodirlarini Muqaddas chodirning orqa tomonida, gʻarbda oʻrnashtirishlari kerak edi. 24 Gershon urugʻining oqsoqoli Loyol oʻgʻli Eliasaf edi. 25 Gershon urugʻi Chodirning quyidagi ashyolari uchun masʼul edi: Chodirning ichki qavati va qoplamalari, Chodirga kiraverishdagi parda, 26 Chodir bilan qurbongoh atrofini toʻsib turadigan pardalar, hovliga kiraverishdagi parda va uning arqonlari. Chodirning bu ashyolari bilan bogʻliq boʻlgan barcha xizmat Gershon urugʻi zimmasida edi.
27 Qohotdan Imrom, Izxor, Xevron va Uziyol urugʻlari kelib chiqdi. 28 Ularga qarashli bir oylik oʻgʻil bolalardan tortib, katta yoshdagi erkaklargacha sanalganda, 8600 ta chiqdi. Qohot urugʻi Muqaddas chodir uchun masʼul edi. 29 Qohot urugʻi Muqaddas chodirning janub tomonida chodir qurishi kerak edi. 30 Qohot urugʻi oqsoqoli Uziyol oʻgʻli Elizofon edi. 31 Ular Chodirdagi quyidagi ashyolar uchun masʼul edilar: Sandiq, xontaxta, chiroqpoya, qurbongohlar, xizmat paytida ishlatiladigan Muqaddas chodir buyumlari va ichki pardasi. Chodirdagi bu ashyolar bilan bogʻliq boʻlgan barcha xizmat Qohot urugʻi zimmasida edi. 32 Levi oqsoqollari ustidan ruhoniy Horun oʻgʻli Elazar boshchilik qilardi. Muqaddas chodir uchun masʼul boʻlganlar Elazarning nazorati ostida edilar.
33 Maroridan Maxli va Mushi urugʻlari kelib chiqdi. 34 Marori urugʻining bir oylik oʻgʻil bolalaridan tortib, katta yoshdagi erkaklarigacha sanalganda, 6200 ta chiqdi. 35 Marori urugʻi oqsoqoli Abuhayil oʻgʻli Zuriyol edi. Ular Muqaddas chodirning shimol tomoniga chodirlarini oʻrnatishlari kerak edi. 36-37 Ular Chodirdagi quyidagi ashyolar uchun masʼul edilar: Chodirning romlari, tambalari, ustunlar va ustun tagliklari, ularga oid barcha buyumlar, hovlining atrofidagi ustunlar va ustun tagliklari, qoziq va arqonlari, ularga tegishli hamma buyumlar. Chodirdagi bu ashyolar bilan bogʻliq boʻlgan barcha xizmat Marori urugʻi zimmasida edi.
38 Muso, Horun va uning oʻgʻillari oʻz chodirlarini sharq tomonda — Muqaddas chodirning oldida oʻrnatishlari kerak edi. Ular Isroil xalqining vakillari sifatida Muqaddas chodirdagi xizmat uchun masʼul edilar. Ulardan boshqa birontasi Chodirga yaqin kelsa, oʻsha odamning jazosi oʻlim edi.
39 Muso va Horun, Egamizning amriga koʻra, Levi qabilasining bir oylik oʻgʻil bolalaridan tortib, katta yoshdagi erkaklarigacha hammani urugʻlari boʻyicha sanab chiqqanlarida, ularning umumiy soni 22.000 ta chiqdi.
Levi qabilasi toʻngʻich oʻgʻillarning oʻrnini bosadi
40 Egamiz shundan keyin Musoga yana aytdi: “Isroil xalqining bir oylik va undan yuqori yoshdagi hamma toʻngʻich oʻgʻillarini sanab chiq. Ularning ismlarini roʻyxat qilib yoz. 41 Isroil xalqining hamma toʻngʻich oʻgʻillari oʻrniga Men Levi qabilasini qabul qilaman. Isroil xalqining chorvasida birinchi tugʻilgan hayvonlari oʻrniga esa levilarning chorvasini olaman. Men Egangizman.”
42 Muso Egamizning amrini bajardi. Isroil xalqining hamma toʻngʻich oʻgʻillarini sanab chiqdi. 43 Bir oylik va undan yuqori yoshdagi hamma toʻngʻich oʻgʻil birma–bir sanalganda, 22.273 ta chiqdi.
44 Musoga Egamiz aytdi: 45 “Isroil xalqining hamma toʻngʻich oʻgʻillari oʻrniga levilarni Menga bagʻishla, Isroil xalqining chorvasi oʻrniga esa levilarning chorvasini Menga bagʻishla. Levilar Meniki boʻladi. Men Egangizman. 46 Isroilning toʻngʻich oʻgʻillari levilardan 273 ta ortiq. Isroil xalqi ana shu ortiqchasi evaziga tovon toʻlashi kerak. 47 Har bir ortiqcha odam evaziga besh boʻlakdan kumush ol. Har bir kumush boʻlakning ogʻirligi ikki yarim misqol boʻlsin . 48 Oʻsha kumushni Horun va uning oʻgʻillariga ber.”
49-50 Muso ortiq chiqqan Isroil toʻngʻich oʻgʻillaridan 1365 ta kumush boʻlakni yigʻib oldi . 51 Muso Egamizning amriga koʻra, yigʻib olgan tovon pulini Horun va uning oʻgʻillariga berdi.