2–BOB
1 Egamiz shunday deydi: “Aka–ukalaringizni — Yomi, yaʼni «Mening xalqim», opa–singillaringizni — Ruhamo , yaʼni «Rahmdan bahramand» deb chaqiringlar.
Isroil xalqi bevafo Goʻmera timsolida
2 Ey farzandlarim,
Onangiz bilan daʼvolashing ,
Aybini yuziga soling.
U endi xotin emas Menga,
Men ham er emasdirman unga.
Ayting, yuzidagi upa–eligini artib tashlasin,
Egnidagi uyatsiz kiyimini yechib tashlasin.
Boʻldi, fohishaligini bas qilsin.
3 Aks holda, uning kiyimini Oʻzim yechib tashlayman,
Onasining qornidan tushganday qip–yalangʻoch qilaman.
Yerini bepusht sahroga aylantiraman,
Uning yurtini qaqragan choʻl qilaman.
Tashnalikdan uni oʻldiraman.
4 Bolalariga ham rahm qilmayman,
Oʻynashlaridan orttirgan haromi ular.
5 Ha, ularning onasi fohishalik qilgan,
Ularni tuqqan ayol sharmu hayoni yoʻqotgan.
U dedi: «Oʻynashlarim oldiga ketdim.
Nonu suvimni, junu zigʻir matolarimni,
Zaytun moyiyu sharobimni,
Menga oʻshalar bergan.»
6 Shuning uchun yoʻlini tikanaklar bilan toʻsaman,
Oʻtolmaydigan qilib devor quraman.
7 U oʻynashlarining ketidan quvib yetolmaydi,
Ularni izlab, topolmaydi.
Keyin esa aytadi:
«Birinchi erimning oldiga qaytib boray,
Axir, oʻshandagi holim hozirgidan tuzukroq edi.»
8 Bugʻdoyni, sharobu zaytun moyini,
Unga Men berganimni u bilmaydi.
Baalga nazr qilgan kumushu oltinni
Unga Men sovgʻa qilganimni anglamaydi.
9 Shuning uchun hosil paytida bugʻdoyimni tortib olaman,
Yigʻim–terim mavsumida sharobimni olib qoʻyaman.
Badanini yopib turgan junu zigʻir matolarimni qaytarib olaman.
10 Mana endi uni yalangʻoch qilaman,
Oʻynashlarining oldiga chiqarib qoʻyaman,
Qoʻlimdan uni hech kim xalos qila olmaydi.
11 Men uning bazmlariga chek qoʻyaman.
Bayramlariyu yangi oy shodiyonalariga,
Shabbatlari va barcha tayinlangan bayramlariga barham beraman .
12 «Oʻynashlarimning bergan toʻlovi» , deb oʻylagan
Uzumzoru anjir bogʻlarini buzib tashlayman,
Hammasini toʻqayzor qilaman.
Yovvoyi hayvonlar bogʻlarini yoʻq qiladi.
13 U bayramlarda Baalga atab tutatqilar tutatgani uchun,
Uzugu taqinchoqlar bilan bezanib,
Oʻynashlarining ketidan yurgani uchun,
Meni esa tamom esidan chiqarib yuborgani uchun,
Men uni jazolayman!”
Egamizning kalomi shudir.

14 Egamiz shunday deydi:
“Koʻp oʻtmay Men uning koʻnglini ovlayman,
Uni sahroga olib borib, shirin soʻzlar aytaman.
15 Oʻsha yerda uzumzorlarini qaytarib beraman,
Oxor soyligini umid eshigi qilaman.
Oʻsha yerda u Menga ergashadi,
Yoshligida , Misrdan chiqqan chogʻida ergashganday ortimdan yuradi.”
Egamizning Oʻz xalqiga boʻlgan sevgisi
16 Egamiz shunday demoqda: “Ey Isroil xalqi, oʻsha kuni sen Meni «Erim» deb chaqirasan, hech qachon «Xoʻjayinim» demaysan . 17 Baalning nomini qayta tilingga olmaydigan qilaman. 18 Oʻsha kuni yovvoyi hayvonlar, osmondagi qushlar va yerda sudraluvchi maxluqlar bilan ahd tuzaman, ular senga zarar yetkazmaydi. Yurtdagi barcha kamonu qilichlarni, hamma jang qurollarini yoʻq qilaman. Sen tinch, bexatar yashaysan. 19 Men seni Oʻzimga abadiy nikohlab olaman. Senga nisbatan adolatli va odil boʻlaman. Seni doim sevaman, mehr–shafqat koʻrsataman. 20 Senga vafo qilaman, sen Meni Egang deb bilasan.”

21 Egamiz demoqda:
“Oʻsha kuni Men xalqimning iltijolariga javob beraman,
Men osmonga amr qilaman,
Osmon yerga yomgʻir yogʻdiradi.
22 Yer bugʻdoy, uzum, zaytun yetishtiradi,
Ular esa hayot bagʻishlaydi Yizrilga
«Xudo ekkan» deb atalgan Mening xalqimga.
23 Ha, Men Yizrilni Oʻzim uchun bu yurtga oʻtqazaman.
Loʻruhamoga, yaʼni «Rahmdan bebahra» deganga rahm qilaman,
Loʻyomini, yaʼni «Xalqim emas» deganni «Oʻz xalqim» deb atayman .
U esa «Xudoyim» deb chaqirar Meni.”