10–BOB
Doniyorning farishta haqidagi vahiysi
1 Fors shohi Kurush hukmronligining uchinchi yilida , Beltashazar deb atalgan Doniyorga Xudodan bir xabar kelgan edi. Kelajakda albatta sodir boʻladigan kuchli toʻqnashuvga oid boʻlgan bu xabarning maʼnosi Doniyorga vahiy orqali ayon boʻldi. 2 Doniyor shunday deb yozdi:

“Oʻsha paytda men uch hafta azadorday yurdim. 3 Uch hafta davomida hech qanday tansiq taom yemadim, goʻsht bilan sharobni ogʻzimga olmadim, yuvinib–taranmadim. 4 Birinchi oyning yigirma toʻrtinchi kunida buyuk Dajla daryosining boʻyida turganimda, 5 men birovni koʻrdim. Uning egnida zigʻir tolasidan toʻqilgan libos, belida sof tilladan yasalgan kamar bor edi. 6 Uning tanasi qimmatbaho toshday yarqirab turar edi. Yuzi yashinday porlab, koʻzlari mashʼaladay yonib turar edi. Oyoq–qoʻllari yaltiroq misday tovlanib, ovozi butun bir olomon ovoziday yangrar edi.
7 Vahiyni faqat men koʻrdim. Yonimdagilar vahiyni koʻrmagan boʻlsalar ham, vahimaga tushdilar. Ular tumtaraqay boʻlib har yoqqa yashirinib oldilar. 8 Men bir oʻzim qoldim. Oʻsha ajoyib vahiyni koʻrayotganimda quvvatsizlanib, aft–angorim tanib boʻlmaydigan darajada oʻzgarib ketganini sezdim. Madorim qolmagan edi. 9 Men farishtaning ovozini eshitganimda hushimdan ketib, yuz tuban yerda choʻzilib qoldim. 10 Soʻng esa kimningdir bir qoʻli menga tegib, meni kaft va tizzalarimga turgʻizib qoʻydi.
11 Oʻsha farishta menga:
— Ey Doniyor, sen Xudoning suyukli bandasisan, — dedi. — Qani, tur! Senga aytadigan gaplarimga quloq sol, chunki men sening oldingga yuborilganman.
U shu gaplarini menga aytayotganda, men qaltirab oʻrnimdan turdim.
12 — Doniyor, qoʻrqma! — dedi u menga. — Sen hayot lazzatlaridan voz kechib, xabar xususida mulohaza yuritishni boshlagan kuningdayoq, iltijolaring ijobat boʻlgan edi. Iltijolaringga binoan, men oldingga keldim. 13 Ammo Fors shohligini himoya qiluvchi farishta yigirma bir kun davomida menga qarshilik koʻrsatdi. Men u bilan jang qilib hayallab qolganim uchun , bosh farishtalardan biri boʻlgan Mikoyil menga yordamga keldi. 14 Men senga kelajakda xalqing boshiga tushadigan narsalarni tushuntirish uchun keldim. Bu vahiy oʻsha kunlarga oiddir.
15 U shu soʻzlarni gapirayotganda, men lom–mim deya olmay, boshimni egib turar edim. 16 Soʻng odam qiyofasidagi boshqa birovi lablarimga qoʻl tekkizdi. Men ogʻzimni juftlab, oldimda turganga dedim:
— Hazratim, bu vahiy yurak–bagʻrimni ezib yubordi, madorim quridi. 17 Menday bir qul qanday qilib hazratim bilan gaplasha oladi? Holdan toyganman, bazoʻr nafas olyapman.
18 U yana bir bor menga qoʻlini tekkizib, menga kuch ato etdi. 19 Men birinchi koʻrgan boshqa birovi shunday dedi:
— Ey Xudoning suyukli bandasi, qoʻrqma! Tinchlan! Dadil boʻl!
U menga gapirayotganda, dadillanib dedim:
— Hazratim, siz menga dalda berdingiz, endi gapiravering.
20-21 — Sening oldingga nima uchun kelganimni bilasanmi oʻzi? — deb soʻradi u. — Men senga Haqiqat kitobida yozilgan narsalarni aytib bermoqchiman. Bundan soʻng men qaytib, Fors shohligini himoya qiluvchi farishtaga qarshi urushga chiqaman. Keyin Yunon shohligini himoya qiluvchi farishta bilan jang qilaman. Bu toʻqnashuvda Isroilni himoya qiluvchi Mikoyil farishtadan boshqa yordamchim yoʻq.