48–BOB
Xudoning isyonkor xalqi
1 Eshiting buni! Ey Yoqub nasli!
Ey Isroil nomi bilan ataladiganlar,
Yahudo urugʻidan chiqqanlar!
Sizlar Egamizning nomi bilan qasam ichasizlar,
Isroil xalqining Xudosini tilga olasizlar,
Ammo haqiqat va solihlik bilan emas.
2 Ha, sizlar oʻzingizni muqaddas shahar nomi ila atadingiz,
Isroil xalqining Xudosiga tayandingiz,
Axir, Uning nomi Sarvari Olamdir.
3 Egamiz sizlarga shunday dedi:
“Boʻlib oʻtganlarni oldindan Men aytdim,
Ogʻzimdan chiqishi bilan bularni bildirdim,
Birdaniga harakat qildim va ular sodir boʻldi.
4 Axir, qaysarligingni Men bilaman–ku!
Boʻyning temirday, peshanang bronzaday qattiq!
5 «Bularni mening sanamim qildi,
Quyma, oʻyma butlarim amr qildi», deb
Aytmagin, deya Men oldindan aytdim,
Bajo boʻlmasdan oldin, boʻlib oʻtganlarni bildirdim.
6 Bularning hammasini eshitding,
Nahotki endi eʼtirof etmasang?!
Hozirdan boshlab yangilarini,
Oʻzing bilmagan yashirin narsalarni
Senga eshittirdim.
7 Bular hozir yaratildi, qadimda emas,
Bu toʻgʻrida sen ilgari eshitmagansan.
Yoʻq! Sen: «Men bularni bilaman–ku!»
— deb ayta olmaysan.
8 Ha, eshitmagansan, bilmaysan ham,
Hatto azaldan ham quloqlaring ochilmagandi.
Men bilaman–ku xiyonatkor ekanligingni,
Tugʻilganingdanoq sen isyonkor deb atalgansan.
9 Oʻzimning ismim haqi gʻazabimni bosyapman,
Sharafim haqi Oʻzimni tutyapman,
Boʻlmasa, seni yoʻq qilgan boʻlardim.
10 Mana, Men seni pokladim,
Ammo kumushday qilib emas.
Seni kulfat oʻchogʻida sinadim.
11 Oʻz haqim, ha, Oʻz haqim uchun shunday qilaman!
Axir, nimaga Men badnom boʻlishim kerak?!
Shuhratimni birovga berib qoʻymayman.
Isroil Bobil zulmidan xalos boʻladi
12 Menga quloq tut, ey Yoqub nasli!
Oʻzim chaqirgan Isroil xalqi, eshit!
Men Oʻshaman!
Boshi ham, oxiri ham Men Oʻzimman.
13 Ha, Mening qoʻlim zaminning poydevorini qoʻygan,
Samolarni yoygan Mening qoʻlimdir.
Men ularni chaqirganimda
Ular birgalikda turadi.
14 Hammangiz toʻplanib, eshiting!
Butlarning qaysisi bularni bildirdi?!
Kurushni Men, Egangiz, yaxshi koʻraman.
U Bobilda Mening niyatimni bajo keltiradi.
Mening qoʻlim Bobilliklarga qarshi boʻladi.
15 Men aytdim! Ha, Men Oʻzim aytdim!
Uni Men chaqirganman!
Uni Men olib keldim,
U gʻalabaga erishadi.
16 Menga yaqinlashing! Bunga quloq soling!
Azaldan hech narsani yashirmay aytdim,
Boshidanoq Men oʻsha yerdaman.”
Mana endi Egamiz Rabbiy meni
Hamda Oʻz Ruhini yubormoqda .
17 Qutqaruvchingiz, Isroil xalqining Muqaddas Xudosi —
Egamiz shunday aytmoqda:
“Men Egangiz Xudoman!
Yaxshi boʻling deb, sizlarga yoʻl–yoʻriq koʻrsataman,
Yuradigan yoʻllaringizdan yetaklayman.
18 Qaniydi amrlarimga quloq solganingizda!
Oʻshanda farovonligingiz daryoday boʻlardi,
Zafaringiz dengiz toʻlqinlariday boʻlardi.
19 Urugʻingiz qum kabi boʻlardi,
Naslingiz qum zarralariday son–sanoqsiz boʻlardi.
Ularning nomi oʻchib ketmagan boʻlardi,
Mening oldimdan yoʻqotilmagan boʻlardi.”
20 Endi Bobildan chiqib keting,
Bobilliklardan qoching.
Shodlik hayqiriqlari ila eʼlon qiling!
Dunyoning toʻrt chetiga bu xabarni yetkazing!
“Egamiz Oʻz qullari, Yoqub naslini qutqardi”, deb ayting!
21 Egamiz ularni sahrodan olib borganda,
Ular tashnalikdan qiynalmadilar.
Xudo ular uchun qoyadan suv chiqardi .
U qoyani yordi, suvlar pishqirib chiqdi.
22 “Yovuzlarga omonlik yoʻq”, deydi Egamiz.