3–BOB
Yahyo choʻmdiruvchining vaʼzi
1 Qaysar Tiberiy hukmronligining oʻn beshinchi yili edi. Yahudiya viloyatida Poʻntiy Pilat hokim edi . Jalila hududida Hirod , Itureya bilan Traxonitis hududlarida Hirodning ukasi Filip, Avilina hududida Lisaniyas hukmronlik qilar , 2 Xanan va Kayafas esa oliy ruhoniy edilar .
Oʻsha vaqtda choʻlda yashayotgan Zakariyoning oʻgʻli Yahyoga Xudoning soʻzi keldi. 3 U Iordan daryosi atrofidagi yerlarni kezib, odamlarga: “Gunohlaringizdan tavba qilib, suvga choʻminglar, shunda Xudo gunohlaringizni kechiradi”, deb vaʼz qilardi. 4 Shu tariqa Ishayo paygʻambar oʻz kitobida yozgan quyidagicha bashorati amalga oshdi:

“Choʻlda bir ovoz yangramoqda:
«Egamizga yoʻl hozirlang,
Unga toʻgʻri yoʻl oching!
5 Har bir jarlik toʻldiriladi,
Har bir togʻu tepalik pasayadi.
Qingʻir–qiyshiq yoʻllar rostlanadi,
Oʻnqir–choʻnqir soʻqmoqlar tekis boʻladi.
6 Butun jonzot Xudoning najotini koʻradi!»”

7 Katta bir olomon suvga choʻmdirilish uchun Yahyoning oldiga keldi. Yahyo ularga dedi:
— Hoy, ilonlar zoti! Boshingizga kelayotgan Xudo gʻazabidan qochib qutulasiz, deb sizlarga kim uqtirdi? 8 Bundan keyin tavbaga yarasha ish tutinglar! Oʻzingizcha: “Biz Ibrohim naslidanmiz”, deb aytishni xayolingizga ham keltirmanglar! Sizlarga shuni aytay: Xudo mana bu toshlardan Ibrohimga avlod tiklashga qodir. 9 Hozirdanoq daraxtlar ildizida bolta yotibdi. Yaxshi meva bermagan har bir daraxt kesilib, olovga tashlanadi.
10 Olomon Yahyodan soʻradi:
— Unday boʻlsa, biz nima qilishimiz kerak?
11 U javob berib, dedi:
— Kimning ikkita koʻylagi boʻlsa, birini koʻylagi boʻlmagan odamga bersin. Kimning oziq–ovqati boʻlsa, u ham ovqati yoʻqlar bilan boʻlishsin.
12 Soliqchilardan baʼzilari ham suvga choʻmdirilish uchun kelib, Yahyodan:
— Ustoz, biz nima qilishimiz kerak? — deb soʻrashdi. 13 Yahyo ularga shunday javob berdi:
— Belgilanganidan ortigʻini odamlardan talab qilmanglar.
14 Baʼzi bir askarlar ham undan:
— Biz–chi?! Biz nima qilishimiz kerak? — deb soʻradilar. Yahyo ularga dedi:
— Birovlarni nohaq ayblab, pul orttirmanglar, maoshingiz bilan qanoatlaninglar.
15 Xalq Masihning kelishini orziqib kutardi. Ular: “Yahyo Masih emasmikin?” degan fikrni koʻngildan oʻtkazishardi. 16 Yahyo ularning hammasiga shunday dedi:
— Men sizlarni suvga choʻmdiryapman. Lekin mendan ham qudratliroq boʻlgan bir Zot ortimdan kelmoqda. Men Uning choriq iplarini yechishga ham arzimayman. U sizlarni Muqaddas Ruhga va olovga choʻmdiradi. 17 Uning panshaxasi qoʻlida tayyor turibdi. U Oʻz xirmonini shopiradi: bugʻdoyni Oʻz omboriga toʻplab, somonni esa soʻnmas oʻtda yondirib yuboradi.
18 Yahyo yana koʻp boshqa nasihatlar berib, xalqqa Xushxabarni eʼlon qilardi. 19 Viloyat hukmdori Hirodning qilmishlarini esa fosh qildi. Chunki Hirod oʻz ukasining xotini Hirodiyaga uylangan va yana boshqa yomon ishlar ham qilgandi. 20 Shunisi yetmaganday, u Yahyoni ham zindonga qamatib qoʻydi.
Iso suvga choʻmdiriladi
21 Butun xalq suvga choʻmdirilayotganda, Iso ham suvga choʻmdirildi. U ibodat qilib turganda osmon ochilib ketdi 22 va Muqaddas Ruh kaptar shaklida Uning ustiga tushib keldi. Osmondan esa: “Sen Mening sevikli Oʻgʻlimsan , Sendan nihoyatda mamnunman ” degan ovoz keldi.
Isoning nasabnomasi
Isodan Zarubabelgacha
23 Iso xizmatini boshlaganda oʻttiz yoshlarda edi. Odamlar Uni Yusufning oʻgʻli deb hisoblardilar .

Yusuf esa — Elaxning oʻgʻli ,
24 Elax — Mattotning oʻgʻli,
Mattot — Levining oʻgʻli,
Levi — Malkiyning oʻgʻli,
Malkiy — Yannayning oʻgʻli,
Yannay — Yusufning oʻgʻli,
25 Yusuf — Mattatiyoning oʻgʻli,
Mattatiyo — Amosning oʻgʻli,
Amos — Noxumning oʻgʻli,
Noxum — Heslining oʻgʻli,
Hesli — Nagayning oʻgʻli,
26 Nagay — Maxatning oʻgʻli,
Maxat — Mattatiyoning oʻgʻli,
Mattatiyo — Shimaxning oʻgʻli,
Shimax — Yoʻsexning oʻgʻli,
Yoʻsex — Yoʻdoning oʻgʻli,
27 Yoʻdo — Yoʻxanonning oʻgʻli,
Yoʻxanon — Rezoning oʻgʻli,
Rezo — Zarubabelning oʻgʻli,
Zarubabel Shaltiyolning oʻgʻli edi.
Shaltiyoldan Natangacha
Shaltiyol — Neriyning oʻgʻli,
28 Neriy — Malkiyning oʻgʻli,
Malkiy — Yiddoning oʻgʻli,
Yiddo — Qosamning oʻgʻli,
Qosam — Elmodamning oʻgʻli,
Elmodam — Gʻurning oʻgʻli,
29 Gʻur — Yoshuaning oʻgʻli,
Yoshua — Eliazarning oʻgʻli,
Eliazar — Yoʻrimning oʻgʻli,
Yoʻrim — Mattotning oʻgʻli,
Mattot — Levining oʻgʻli,
30 Levi — Shimoʻnning oʻgʻli,
Shimoʻn — Yahudoning oʻgʻli,
Yahudo — Yusufning oʻgʻli,
Yusuf — Yunamning oʻgʻli,
Yunam — Eliyaqimning oʻgʻli,
31 Eliyaqim — Maliyoning oʻgʻli,
Maliyo — Mannoning oʻgʻli,
Manno — Mattatoning oʻgʻli,
Mattato — Natanning oʻgʻli,
Natan Dovudning oʻgʻli edi.
Dovuddan Isʼhoqqacha
32 Dovud — Essayning oʻgʻli,
Essay — Obidning oʻgʻli,
Obid — Boʻazning oʻgʻli,
Boʻaz — Salmoʻnning oʻgʻli,
Salmoʻn — Naxshoʻnning oʻgʻli,
33 Naxshoʻn — Ominadavning oʻgʻli,
Ominadav — Adminning oʻgʻli,
Admin — Arniyning oʻgʻli,
Arniy — Xazronning oʻgʻli ,
Xazron — Parazning oʻgʻli,
Paraz — Yahudoning oʻgʻli,
34 Yahudo — Yoqubning oʻgʻli,
Yoqub — Isʼhoqning oʻgʻli,
Isʼhoq Ibrohimning oʻgʻli edi.
Ibrohimdan Odam Atogacha
Ibrohim — Terahning oʻgʻli,
Terah — Naxoʻrning oʻgʻli,
35 Naxoʻr — Sarugʻning oʻgʻli,
Sarugʻ — Ravuning oʻgʻli,
Ravu — Palaxning oʻgʻli,
Palax — Ibirning oʻgʻli,
Ibir — Shilaxning oʻgʻli,
36 Shilax — Xenanning oʻgʻli,
Xenan — Arpaxshodning oʻgʻli,
Arpaxshod — Somning oʻgʻli,
Som — Nuhning oʻgʻli,
Nuh — Lamakning oʻgʻli,
37 Lamak — Matushalohning oʻgʻli,
Matushaloh — Xanoʻxning oʻgʻli,
Xanoʻx — Yoredning oʻgʻli,
Yored — Maxaliyolning oʻgʻli,
Maxaliyol — Xenanning oʻgʻli,
38 Xenan — Enoʻshning oʻgʻli,
Enoʻsh — Shisning oʻgʻli,
Shis — Odam Atoning oʻgʻli,
Odam Ato Xudoning oʻgʻli edi.