13–BOB
Soʻnggi pand–nasihatlar va salomlar
1 Men endi sizlarning oldingizga uchinchi marta boraman . Oʻzingiz bilasiz, har bir ish ikkita yoki uchta guvohning soʻzlari asosida koʻrib chiqiladi . 2 Men sizlarning oldingizga ikkinchi marta borganimda gunoh qilganlarni ham, qolganlarni ham ogohlantirgan edim. Endi sizlarning oldingizda boʻlmasam ham, yana ogohlantirib aytyapman, keyingi safar gunoh qilganlarning hech birini ayamayman. 3 Masih men orqali gapirayotganini isbotlashimni xohlayapsizmi? Mening xatti–harakatim buning dalili emasmi?! Masih sizlar bilan boʻlgan munosabatida zaif emas, aksincha, U orangizda Oʻz qudratini namoyish qilyapti. 4 U insoniy tanasining zaifligi tufayli xochga mixlanib oʻldirilgan edi, ammo endi Xudoning qudrati tufayli tirikdir. Biz ham Masihning insoniy zaifligiga sherik boʻlsak–da, oʻzingiz koʻrasiz, Xudoning qudrati tufayli Masihning hayotiga ham sherik boʻlamiz.
5 Oʻzingizni oʻzingiz tekshirib koʻringlar. Qani, imonda turibsizlarmi? Oʻzingizni sinab koʻringlar. Iso Masih orangizda ekanligini bilmaysizmi? Buni bilmasangiz, sinovdan oʻtmagan boʻlasiz. 6 Biz sinovdan oʻtganligimizni bilasiz degan umiddaman. 7 Sizlar hech qanday yomon ishlar qilmasligingizni Xudodan iltijo qilamiz. Bu bizning sinovdan oʻtganligimizni isbotlash uchun emas. Mabodo, biz sinovdan oʻtmagan boʻlib tuyuladigan boʻlsak ham, sizlar toʻgʻri ish qilavering. 8 Zotan, biz haqiqatga qarshi tura olmaymiz, balki haqiqat yoʻlida ish tutamiz. 9 Bizlar zaif, sizlar esa kuchli boʻlganingizdan xursandmiz. Axir, sizlar komil boʻlishingiz uchun Xudoga iltijo qilamiz. 10 Shuning uchun sizlarning yoningizda boʻlmasam ham shularni yozyapman. Toki oldingizga borganimda Egamiz menga bergan hokimiyat bilan sizlarga qattiq muomala qilmayin. Axir, menga bu hokimiyat sizlarni barbod qilish uchun emas, balki imoningizni mustahkamlash uchun berilgan.
11 Shunday qilib, birodarlarim, endi sizlar bilan xayrlashaman. Kamolotga intilaveringlar, bir–biringizga dalda beringlar, hamfikr boʻlinglar, oʻzaro ahil–inoq boʻlib yashanglar. Shunda mehr–muhabbat va tinchlik manbai boʻlgan Xudo sizlar bilan boʻladi. 12 Bir–biringiz bilan oʻpishib koʻrishinglar. Xudoning bu yerdagi hamma azizlari sizlarga salom aytyapti.
13 Rabbimiz Iso Masihning inoyati, Xudoning mehr–muhabbati va Muqaddas Ruhning hamrohligi hammangizga yor boʻlsin!