6–BOB
Mardoxayga hurmat koʻrsatiladi
1 Shu kecha shohning uyqusi qochdi. Shoh:
— “Kundalik xotiralar kitobi”ni olib kelinglar! — deb buyurdi. Kitobni unga oʻqib berishdi. 2 Xotira kitobidagi shoh Axashverashning darvozabonlari Bixtan va Tarash shohning joniga qasd qilishni rejalashtirganlari, buni Mardoxay bilib qolib shohga yetkazgani toʻgʻrisida yozilgan voqeaga yetib kelishdi.
3 Shunda shoh:
— Bu xizmati uchun Mardoxay nima bilan taqdirlangan? Unga hurmat koʻrsatilganmi? — deb soʻradi.
— U hech narsa bilan taqdirlanmagan, — deb javob berishdi shohning aʼyonlari.
4 — Hovlida kim bor? — soʻradi shoh. Shu paytda Xomon shoh saroyining tashqi hovlisiga kelgan va Mardoxay uchun tayyorlatib qoʻygan dorga uni ostirish toʻgʻrisida shoh bilan maslahatlashmoqchi boʻlib turgan edi. 5 Shohning aʼyonlari:
— Hovlida Xomon turibdi, — deb javob berishdi.
— Bu yoqqa kirsin! — deb buyurdi shoh.
6 Xomon kirgach, shoh undan soʻradi:
— Shoh taqdirlamoqchi boʻlgan odamga qanday hurmat koʻrsatsa boʻladi?
Xomon oʻz koʻnglida: “Shoh mendan boshqa kimga ham izzat–hurmat koʻrsatishni istardi”, deb oʻyladi 7 va shohga aytdi:
— Shohimiz hurmat koʻrsatib, taqdirlamoqchi boʻlgan odam uchun 8 oʻzlari kiygan shohona liboslarni, shohimiz mingan, usti shohona zeb–ziynatlar bilan bezatilgan otni olib kelishsin. 9 Shohning eng yaqin beklaridan biri qoʻliga liboslarni va otni berishsin. Shoh hurmat koʻrsatib, taqdirlamoqchi boʻlgan oʻsha odam kiyintirilgandan keyin, otga mindirilsin–da, shahar maydoniga olib chiqilsin. Uning oldida yurib: “Shoh taqdirlamoqchi boʻlgan odam mana shunday hurmatga sazovor boʻladi!” deb jar solinsin.
10 Shoh Xomonga buyurdi:
— Hoziroq, oʻzing aytganingday, liboslarni va otni olgin–da, saroy darvozasida turgan yahudiy Mardoxayga shunday qil. Aytganlaringdan birortasi ham qolib ketmasin.
11 Xomon liboslarni va otni olib, Mardoxayni kiyintirdi. Soʻng uni otga mindirib, shahar maydoniga olib chiqdi va uning oldida yurib: “Shoh taqdirlamoqchi boʻlgan odam mana shunday hurmatga sazovor boʻladi!” deb jar soldi.
12 Mardoxay saroy darvozasiga qaytib keldi. Xomon esa sharmanda boʻlganidan yuzini berkitib jadal uyiga yoʻl oldi.
13 Xomon xotini Zareshga va barcha doʻstlariga yuz bergan voqeani aytib berdi. Doʻstlari va xotini Zaresh shunday deyishdi:
— Mardoxay tufayli sen pastga ketding. Agar u yahudiylardan boʻlsa, unga bas kela olmaysan. Aksincha, barbod boʻlasan.
14 Ular gaplashib turganlarida, shohning mulozimlari kelib, Xomonni Ester tayyorlagan ziyofatga apil–tapil olib ketdilar.