26–BOB
Isroil xalqi ikkinchi marta roʻyxatga olinadi
1 Oʻlatdan soʻng Egamiz Muso bilan ruhoniy Horun oʻgʻli Elazarga dedi: 2 “Jamiki Isroil xalqining urushga yaroqli boʻlgan yigirma va undan yuqori yoshdagi hamma erkaklarini xonadoni boʻyicha sanab chiqinglar.”
3 Bu paytda Isroil xalqi Moʻab tekisligida, Yerixo shahri roʻparasidagi Iordan daryosi boʻyida qarorgoh qurgan edi. Muso bilan ruhoniy Elazar xalqqa: 4 “Egamiz bizga amr qilganday yigirma yoshdan yuqori boʻlgan erkaklarini sanab chiqinglar”, deb aytishdi. Misr yurtidan chiqqan jamiki Isroil xalqining roʻyxati quyidagicha edi:
5 Ruben Isroilning toʻngʻichidir. Ruben oʻgʻillaridan kelib chiqqan urugʻlar mana shulardir: Xanoʻxdan Xanoʻx urugʻi, Palluvdan Palluv urugʻi, 6 Xazrondan Xazron urugʻi, Karmidan Karmi urugʻi kelib chiqqan. 7 Ruben urugʻlari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 43.730 kishi chiqdi.
8 Palluvning Eliyob degan oʻgʻli bor edi, 9 Eliyobning esa Namuvol, Datan va Aburam degan oʻgʻillari bor edi. Datan va Aburam Isroil yoʻlboshchilari edi. Koʻraxning izdoshlari Egamizga qarshi isyon koʻtarishganda , Datan va Aburam ham ularga qoʻshilishib, Muso bilan Horunga qarshi bosh koʻtargan edilar. 10 Yer yorilib, Koʻrax bilan birga ularni ham yutib yuborgandi. Oʻsha kuni alanga Koʻraxning 250 nafar izdoshini kuydirib yoʻq qilgandi. Mana shu voqea xalqqa ogohlantirish edi. 11 Lekin Koʻraxning oʻgʻillari oʻsha kuni omon qoldi.
12 Shimoʻn oʻgʻillaridan kelib chiqqan urugʻlar shulardir: Namuvoldan Namuvol urugʻi, Yomindan Yomin urugʻi, Yoxindan Yoxin urugʻi, 13 Zeraxdan Zerax urugʻi, Shovuldan Shovul urugʻi kelib chiqqan. 14 Shimoʻn urugʻlari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 22.200 kishi chiqdi.
15 Gad oʻgʻillaridan kelib chiqqan urugʻlar shulardir: Zafoʻndan Zafoʻn urugʻi, Xagidan Xagi urugʻi, Shunodan Shuno urugʻi, 16 Oznaxdan Oznax urugʻi, Yeridan Yeri urugʻi, 17 Aroʻddan Aroʻd urugʻi, Eralidan Erali urugʻi kelib chiqqan. 18 Gad urugʻlari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 40.500 kishi chiqdi.
19-20 Yahudo oʻgʻillaridan kelib chiqqan urugʻlar shulardir: Shelodan Shelo urugʻi, Parazdan Paraz urugʻi, Zeraxdan Zerax urugʻi kelib chiqqan. Yahudoning ikki oʻgʻli Gʻur va Oʻnan Kanʼon yurtida olamdan oʻtgan edilar . 21 Parazdan kelib chiqqan urugʻlar shulardir: Xazrondan Xazron urugʻi, Xomuldan Xomul urugʻi kelib chiqqan. 22 Yahudo urugʻlari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 76.500 kishi chiqdi.
23 Issaxor oʻgʻillaridan kelib chiqqan urugʻlar shulardir: Toʻlodan Toʻlo urugʻi, Puvaxdan Puvax urugʻi, 24 Yoshuvdan Yoshuv urugʻi, Shimrondan Shimron urugʻi kelib chiqqan. 25 Issaxor urugʻlari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 64.300 kishi chiqdi.
26 Zabulun oʻgʻillaridan kelib chiqqan urugʻlar shulardir: Sareddan Sared urugʻi, Eloʻndan Eloʻn urugʻi, Yaxliyoldan Yaxliyol urugʻi kelib chiqqan. 27 Zabulun urugʻlari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 60.500 kishi chiqdi.
28 Yusufning oʻgʻillari Manashe va Efrayimdan kelib chiqqan urugʻlar quyidagilardir:
29 Manashedan kelib chiqqan urugʻlar shulardir: Moxirdan Moxir urugʻi kelib chiqdi. Gilad urugʻi Moxirning oʻgʻli Giladdan kelib chiqqan. 30 Giladdan kelib chiqqan urugʻlar quyidagichadir: Yazardan Yazar urugʻi, Xalekdan Xalek urugʻi, 31 Osriyoldan Osriyol urugʻi, Shakamdan Shakam urugʻi, 32 Shamidodan Shamido urugʻi, Xaferdan Xafer urugʻi kelib chiqqan. 33 Xafer oʻgʻli Zalofxodning oʻgʻli yoʻq, qizlari bor edi, xolos. Zalofxod qizlarining ismlari Maxlo, Nuvah, Xoʻglax, Milxo va Tirza edi. 34 Manashe urugʻlari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 52.700 kishi chiqdi.
35 Efrayim oʻgʻillaridan kelib chiqqan urugʻlar shulardir: Shutalaxdan Shutalax urugʻi, Boxirdan Boxir urugʻi, Taxandan Taxan urugʻi kelib chiqqan. 36 Shutalax oʻgʻli Irondan Iron urugʻi kelib chiqqan. 37 Efrayim urugʻlari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 32.500 kishi chiqdi.
Yusuf nasli ana shulardan iboratdir.
38 Benyamin oʻgʻillaridan kelib chiqqan urugʻlar shulardir: Belaxdan Belax urugʻi, Oshboldan Oshbol urugʻi, Oxiramdan Oxiram urugʻi, 39 Shafufamdan Shafufam urugʻi, Xufamdan Xufam urugʻi kelib chiqqan. 40 Belaxning oʻgʻillari Ard va Noʻmondan kelib chiqqan urugʻlar shulardir: Arddan Ard urugʻi, Noʻmondan Noʻmon urugʻi kelib chiqqan. 41 Benyamin urugʻlari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 45.600 kishi chiqdi.
42 Dan oʻgʻli Xushimdan Xushim urugʻi kelib chiqqan. Dan urugʻlari shulardan iboratdir: 43 butun Dan nasli Shuxom urugʻidan tashkil topgan edi. Ular sanalganda, 64.400 kishi chiqdi.
44 Osher oʻgʻillaridan kelib chiqqan urugʻlar shulardir: Yimnaxdan Yimnax urugʻi, Yishvidan Yishvi urugʻi, Bariyodan Bariyo urugʻi kelib chiqqan. 45 Bariyo oʻgʻillaridan kelib chiqqan urugʻlar shulardir: Xaberdan Xaber urugʻi, Malxiyoldan Malxiyol urugʻi kelib chiqqan. 46 Osherning Serax degan qizi ham bor edi. 47 Osher urugʻlari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 53.400 kishi chiqdi.
48 Naftali oʻgʻillaridan kelib chiqqan urugʻlar shulardir: Yaxziyoldan Yaxziyol urugʻi, Goʻnodan Goʻno urugʻi, 49 Izardan Izar urugʻi, Shillemdan Shillem urugʻi kelib chiqqan. 50 Naftali urugʻlari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 45.400 kishi chiqdi.
51 Shunday qilib, Isroil xalqining hamma erkaklari sanalganda, 601.730 kishi chiqdi.
52 Egamiz Musoga dedi: 53 “Yerni odamlarning soniga qarab qabilalarga mulk qilib boʻlib ber. 54 Katta qabilaga kattaroq ulush ber, kichik qabilaga kichikroq ulush ber. Har bir qabilaga roʻyxatga olingan odamlarning miqdoriga qarab ulush berilsin. 55 Yerni qabilalarga roʻyxatdagi odamlarning soniga qarab boʻlib berayotganingizda, qurʼa tashlanglar . 56 Har bir qabilaning ulushi qabilaning katta–kichikligiga qarab qurʼa boʻyicha taqsimlansin.”
57 Levi qabilasining roʻyxati esa, urugʻlari boʻyicha, quyidagichadir:
Gershondan Gershon urugʻi, Qohotdan Qohot urugʻi, Maroridan Marori urugʻi kelib chiqqan. 58 Bu urugʻlardan: Lubnax urugʻi, Xevron urugʻi, Maxli urugʻi, Mushi urugʻi, Koʻrax urugʻi kelib chiqqan.
Qohot Imromning otasi edi. 59 Imromning xotini esa Yoʻxavad degan ayol edi. Yoʻxavad Levining qizi boʻlib, u Misrda tugʻilgan edi. Yoʻxavad Imromga ikki oʻgʻil — Horun va Musoni hamda bir qiz — Maryamni tugʻib berdi. 60 Horunning Nadov, Abihu, Elazar, Itamar degan oʻgʻillari bor edi. 61 Nadov va Abihu Egamiz amr etmagan olovni Uning huzuriga olib kelganlari uchun nobud boʻlgan edilar .
62 Shunday qilib, Levi qabilasining bir oylik oʻgʻil bolalaridan tortib, katta yoshdagi erkaklarigacha sanalganda, 23.000 kishi chiqdi. Levilarga Isroil xalqi orasida ulush berilmagani uchun, ular Isroil xalqi qatorida roʻyxatga olinmagan edi.
63 Muso bilan ruhoniy Elazar Moʻab tekisligida, Yerixo shahri roʻparasidagi Iordan daryosi boʻyida roʻyxatga olgan Isroil xalqi ana shulardan iborat edi. 64 Muso bilan ruhoniy Horun Sinay sahrosida roʻyxatga olgan odamlarning birortasi bu roʻyxatga kirmadi, 65 chunki Egamiz Isroil xalqining oʻsha avlodiga: “Sizlar sahroda oʻlib ketasizlar”, deb aytgandi . Ulardan faqat Natan oʻgʻli Xolib va Nun oʻgʻli Yoshua tirik qolgan edi.