6–BOB
Xoʻjayinlar va qullar
1 Qullik boʻyinturugʻi ostida boʻlganlar oʻz xoʻjayinlarini kamoli ehtiromga loyiq hisoblasinlar. Toki, hech kim Xudoning nomini va taʼlimotini haqoratlamasin. 2 Xoʻjayinlari imonli boʻlgan qullar, “bir–birimizga birodarmiz”, deb xoʻjayinlariga hurmatsizlik qilmasinlar. Aksincha, yanada koʻproq tirishib, ularga xizmat etsinlar. Chunki aziz birodarlari boʻlmish xoʻjayinlari oʻz qullarining farovonligini koʻzlab, nonini but qilyaptilar.
Ana shu barcha koʻrsatmalarim haqida taʼlim berib, nasihat qil.
Soxta ustozlarning asl qiyofasi
3 Agar kim begona taʼlimotni yoysa va Rabbimiz Iso Masihning haqiqiy kalomiga qarshi chiqib, xudojoʻylikka chorlovchi taʼlimotimizni rad etsa, 4 u bosar–tusarini bilmay qolgan nodondir. Bunday odam biror masala borasida talashish va ikir–chikir gaplar haqida bahslashish kasaliga yoʻliqqan, uning gʻalamisona gaplari hasad, janjal, tuhmat, tuban gumonlar 5 va toʻpolonlarga sabab boʻladi. Fikri buzuq bunday odamlar haqiqatdan mahrumdirlar. Ular soxta xudojoʻyligini foyda manbai deb biladilar . 6 Toʻgʻri, xudojoʻylikdan foyda katta, qachonki biz bori bilan qanoatlansak. 7 Axir, biz bu dunyoga hech narsa olib kelmadik va undan hech narsa olib keta olmaymiz. 8 Qornimiz toʻq, ustimiz but boʻlsa, shular bilan qanoat qilaylik. 9 Boylikka oʻch boʻlganlar esa vasvasa tuzogʻiga tushadilar, ular koʻp bemaʼni va zararli havaslarga berilib, halokat girdobiga gʻarq boʻladilar. 10 Pulparastlik har qanday yomonlikning negizidir. Mana, baʼzilar boylik ketidan quvib, imondan qaytib ketdilar va oʻzlarini koʻpgina azoblarga duchor qildilar.
Timoʻtiyga soʻnggi buyruqlar
11 Ey Xudoning quli Timoʻtiy, sen esa oʻzingni bu illatlardan olib qoch. Solihlik, xudojoʻylik, imon, sevgi, sabr–toqat va muloyimlikning payida boʻl. 12 Abadiy hayotga erishish maqsadida, imon uchun boʻladigan ulugʻ kurashda jang qil. Axir, Xudo seni abadiy hayotga daʼvat etgan. Sen bu hayotga ega boʻlish uchun koʻp guvohlar oldida Iso Masihga boʻlgan imoningni mardlarcha tan olgansan. 13 Poʻntiy Pilat qoshida haqiqatni mardlarcha tan olgan Iso Masih huzurida va butun borliqqa hayot bagʻishlagan Xudo huzurida senga buyuraman: 14 zimmangdagi xizmatingni halollik bilan bajar. Rabbimiz Iso Masih keladigan kungacha oʻzingni gap tegmaydigan qilib tut. 15 Yagona muborak Hokim boʻlgan Xudo Oʻzi belgilagan paytda Iso Masihni yuboradi. Xudo shohlarning Shohi, hukmdorlarning Hukmdoridir. 16 U yagona mangu Xudodir. U yaqinlashib boʻlmaydigan nurda yashaydi, Uni hech bir inson koʻrmagan hamda koʻrishi mumkin emas. Abadiy saltanat Sohibi boʻlgan Xudoga shon–sharaflar boʻlsin! Omin.
Boy birodarlar uchun nasihatlar
17 Bu dunyoda boylik topgan birodarlarga ayt, magʻrurlanmasinlar, bevafo boylikka umid qilmasinlar. Aksincha, umidini Xudoga bogʻlasinlar. Xudo bizga hamma narsani xursand boʻlishimiz uchun saxovat bilan beradi. 18 Ularga buyur, yaxshilik qilsinlar, xayrli ishlarga boy, saxiy, ochiq qoʻl boʻlsinlar. 19 Shunda ular asl xazina toʻplab, kelgusi dunyo uchun oʻzlariga mustahkam zamin yaratgan boʻladilar, haqiqiy hayotga erishadilar.
Timoʻtiyga soʻnggi pand–nasihatlar
20 Ey Timoʻtiy, senga ishonib topshirilgan Xushxabarni asragin. Xudodan uzoqlashtiradigan quruq gaplaru haqiqatga zid boʻlgan taʼlimotlardan qochgin. Baʼzi odamlar adashib, bularni “bilim” deb ataydilar. 21 Bunday “bilim”ga tayangan baʼzilar haq yoʻldan ozdilar.
Xudoning inoyati sizlarga yor boʻlsin .