4–BOB
Egamiz butun dunyoda tinchlik oʻrnatadi
1 Shunday kunlar keladiki,
Egamizning uyi turgan togʻ
Togʻlarning eng yuksagi boʻlib qaror topadi.
Bu togʻ hammasidan ham baland boʻladi,
Xalqlar u yerga daryoday oqib keladi.
2 Koʻplab ellar keladi,
Ular shunday deb aytadi:
“Qani, yuringlar!
Chiqaylik Egamizning togʻiga!
Qani, yuringlar!
Boraylik Yoqubning Xudosi uyiga!
Toki U bizga oʻrgatsin Oʻzining yoʻllarini,
Toki yuraylik bizlar Uning soʻqmoqlaridan.”
Axir, Egamizning kalomi kelib chiqar Quddusdan,
Ha, Xudoning taʼlimoti kelib chiqar Siondan.
3 Egamiz hukm qiladi koʻp xalqlarning orasida,
Ajrim qiladi olisdagi kuchli millatlar orasida.
Qilichlarini aylantirishadi omochga,
Nayzalarini esa tok qaychilariga.
Qilich koʻtarmaydi bir–biriga xalqlar,
Hech qachon jang qilmaydi ular.
4 Orom olar har kim oʻz uzumzorida,
Oʻtirar har kim oʻz anjirzorida,
Biror kimsa ularga tahdid solmaydi.
Buni Sarvari Olamning Oʻzi aytdi!
5 Hamma xalqlar oʻz xudolariga ergashaversin,
Biz esa abadulabad Egamiz Xudoning yoʻlidan yuramiz.
Isroil xalqi surgundan qaytib keladi
6 Egamizning kalomi shudir:
“Shunday vaqt keladiki, Men choʻloqlarni yigʻib olaman.
Haydab yuborilganlarni toʻplayman,
Oʻzim azobga giriftor qilganlarimni yigʻaman.
7 Choʻloqlarni omon saqlayman,
Haydab yuborilganlardan kuchli bir xalq bunyod etaman,
Oʻsha kundan boshlab, to abad Men, Egangiz,
Sion togʻida ularga hukmronlik qilaman.”
8 Ey Quddusdagi shoh qalʼasi,
Xudo xalqining kuzatuv minorasi,
Sobiq hokimiyating oʻzingga qaytadi.
Ey Quddus shahri ,
Sening saltanating qayta tiklanadi.
9 Endi esa nechun faryod qilyapsan?
Nima boʻldi, hukmdoring yoʻqmidi?!
Nechun toʻlgʻoq tutgan ayol kabi azoblanyapsan?
Maslahatching nobud boʻldimi?!
10 Ey qiz Quddus ,
Tugʻayotgan xotin kabi oh–voh qilmaysanmi?!
Oʻzingni har tomonga tashlamaysanmi?!
Axir, hozir shahardan chiqib ketasan!
Yalang qirlarga borib maskan qilasan!
Ha, Bobilga sen surgun boʻlasan .
Biroq u yerda sen najot topasan,
Dushman qoʻlidan xalos qilar Egamiz seni.
11 Senga qarshi birlashdi talay xalqlar,
Sen haqingda shunday deb aytadi ular:
“Qani, kelinglar, Quddusni xoʻrlaymiz,
Shahvat bilan uni tomosha qilamiz.”
12 Ammo bilmas ular Egamizning niyatini,
Aslo tushunmaslar Uning rejalarini,
Egamiz ularni ne sababdan yiqqanini ular bilmaslar,
Bugʻdoy boshoqlarini xirmonda yanchganday,
Egamiz ularni yanchmoqchi ekanini anglamaslar.
13 Egamiz demoqda:
“Turing, ey Quddus aholisi!
Yanchib tashlang ularni!
Temirdan qilaman shoxlaringizni,
Bronzadan yasayman tuyoqlaringizni,
Ezib majaqlaysiz koʻplab xalqlarni.”
Olgan oʻljangizni Egamizga bagʻishlaysiz,
Butun olam Rabbiysiga yov boyligini nazr qilasiz.