3–BOB
Toʻrtinchi vahiy: oliy ruhoniy va shayton
1 Keyin farishta menga Egamizning farishtasi oldida oliy ruhoniy Yoshua turganini koʻrsatdi. Yoshuaning oʻng tomonida esa shayton uni ayblab turgan edi. 2 Egamiz shaytonga shunday dedi:
— Ey shayton! Gaplaringning hammasi yolgʻon! Men Quddusni tanlagan Egangman. Men senga aytaman, gaplaring yolgʻon! Axir, bu kishi alangadan qutqarilgan bir oʻtin parchasiday emasmi?!
3 Yoshua farishtaning oldida kir kiyimlarda turar edi. 4 Farishta atrofida turganlarga :
— Uning kir kiyimlarini yechinglar, — dedi. Yoshuaga esa:
— Mana, qara, Men sening gunohlaringni olib tashladim, — dedi. — Endi senga toza, bayramlarda kiyadigan yangi kiyimlarni kiydiraman.
5 Keyin men:
— Uning boshiga toza salla kiydiringlar, — dedim. Uning boshiga toza salla, ustiga esa yangi kiyim kiydirishdi. Egamizning farishtasi uning yonida turar edi.
6 Keyin Egamizning farishtasi Yoshuani ogohlantirib, shunday dedi:
7 — Sarvari Olam shunday aytmoqda: “Agar sen Mening yoʻlimdan yurib, talablarimni bajarsang, Mening uyimda, Maʼbadim hovlilarida bosh boʻlasan. Senga shu yerda turganlar orasidan joy beraman . 8 Ey oliy ruhoniy Yoshua, quloq sol! Oldingda turgan ruhoniylar ham quloq solishsin. Sizlar kelajakda sodir boʻladigan voqealarning ramzisizlar. Men ismi «Novda» boʻlgan xizmatkorimni zohir qilaman. 9 Men Yoshuaning oldiga bir tosh qoʻydim. Mening yetti koʻzim oʻsha toshga qadalgan. Bu toshning ustiga Men yozuv yozaman, — demoqda Sarvari Olam. — Mana shu yurtning gunohini bir kunda olib tashlayman. 10 Oʻsha kuni sizlar qoʻni–qoʻshnilaringizni chaqirib, oʻz uzumzorlaringizda va anjir daraxtlaringiz tagida oʻtirasizlar.” Sarvari Olamning kalomi shudir.