14–BOB
Kelajakdagi urush va gʻalaba
1 Egamizning kuniga oz qoldi. Ey Quddus ahli, oʻsha kuni mulkingiz koʻz oldingizda talon–taroj qilinadi. 2 Egamiz barcha xalqlarni Quddusga qarshi jang qilishga yigʻadi. Dushmanlar shaharni qoʻlga kiritishadi. Uylarni talab ketishadi, ayollarni zoʻrlashadi. Shahar aholisining yarmi surgunga ketadi. Qolganlari esa shahardan haydalmaydi.
3 Shundan keyin Egamiz urushdagi jangchiday oʻsha xalqlarga hujum qiladi. 4 Oʻsha kuni U Quddus shahrining sharqida boʻlgan Zaytun togʻining ustida turadi. Shu kuni Zaytun togʻi ikkiga ajraladi. Togʻ orasidan sharqdan gʻarbga qarab ketgan keng bir vodiy oʻtadi. Shunda togʻning bir tarafi shimolga, ikkinchi tarafi esa janubga suriladi. 5 Sizlar oʻsha vodiy orqali qochasizlar. Togʻlar orasidagi vodiy Oziyolgacha choʻziladi. Sizlar Yahudo shohi Uzziyo davrida boʻlgan zilzila paytida qochganday qochasizlar. Shunda Egamiz Xudo Oʻz farishtalari bilan birga keladi.
6 Oʻsha kuni barcha yorugʻlik manbalari soʻnib, nur taratmaydigan boʻlib qoladi. 7 Ammo kun davom etaveradi. Shunda kun ham, tun ham boʻlmaydi. Kech kirganda ham yorugʻ boʻlib turaveradi. Bu qachon sodir boʻlishini faqatgina Egamiz biladi.
8 Oʻsha kuni Quddusdan hayotbaxsh suvlar oqib chiqadi, uning yarmi Oʻlik dengizga, qolgan yarmi esa Oʻrta yer dengiziga quyiladi. Suv yozda ham, qishda ham oqaveradi.
9 Egamiz esa butun yer yuzining Shohi boʻladi. Oʻsha kuni barcha xalqlar Egamizni tanho Ega deb tan oladi va faqat Unga sajda qilishadi.
10 Shimoldagi Gebodan Quddusning janubidagi Rimmongacha boʻlgan joylar, butun yurt tekislikka aylanadi. Quddus esa oʻzining yuksak joyida turaveradi. Shahar Benyamin darvozasidan Eski darvozagacha, Burchak darvozasigacha, Xanonil minorasidan shohga qarashli boʻlgan uzum siqish chuqurigacha choʻzilgan boʻladi. 11 Quddusda yana odamlar yashaydigan boʻladi, bundan keyin uni hech qachon vayron qilishmaydi. Quddusda tinchlik qaror topadi.
12 Quddusga qarshi urush ochgan xalqlarning boshiga Egamiz quyidagi oʻlatni yuboradi: tirik boʻlsalar ham tanasi chirib ketadi, koʻzlari kosasidayoq chirib ketadi, tillari esa ogʻizlaridayoq chirib ketadi. 13 Oʻsha kuni Egamiz ularni benihoya dahshatga tushiradi. Hamma oʻz yonidagi odamni ushlab, bir–biriga qarshi qoʻl koʻtaradi. 14 Hatto Yahudo xalqi ham Quddusdagi jangga qoʻshiladi. Uning atrofidagi barcha xalqlarning boyliklari — juda koʻp tilla, kumush va kiyimlar oʻlja qilib olinadi. 15 Yuqorida aytilgan oʻlat dushmanlarning qarorgohidagi hamma hayvonlarga — otlarga, xachirlarga, tuyalarga, eshaklarga ham qirgʻin keltiradi.
16 Quddusga qarshi urush ochganlardan tirik qolganlari esa har yili Shoh — Sarvari Olamga sajda qilishga va Chayla bayramini nishonlashga kelishadi. 17 Agar yer yuzidagi xalqlarning birortasi Shoh — Sarvari Olamga sajda qilish uchun Quddusga kelmasa, ularning yurtida yomgʻir yogʻmaydi. 18 Agar Misr xalqi ham bayramga kelishni rad etsa, ularning yurtida ham yomgʻir yogʻmaydi. Egamiz Chayla bayramiga kelishni rad etgan boshqa xalqlarning boshiga solgan oʻsha kulfatni ularning boshiga ham soladi. 19 Chayla bayramini nishonlashga chiqmagan Misr xalqi va boshqa hamma xalqlarning jazosi shu boʻladi.
20 Oʻsha kuni hatto otlarning yuganlaridagi qoʻngʻiroqlarida ham “Egamizga bagʻishlangan” degan yozuv boʻladi. Qurbongoh oldida ishlatiladigan togʻorachalar muqaddas boʻlgani kabi, Egamizning uyidagi oddiy qozonlar ham xuddi shunday muqaddas boʻladi. 21 Quddus va Yahudodagi barcha qozonlar Sarvari Olamga bagʻishlangan boʻladi. Shunda kim qurbonlik keltirmoqchi boʻlsa, qurbonlik goʻshtini shu qozonlarda qaynatsa boʻlaveradi. Oʻsha kuni Mening uyimda savdogarlar boshqa boʻlmaydi.