3–BOB
Rut va Boʻaz xirmonda
1 Oradan maʼlum vaqt oʻtgach, Rutga qaynanasi Naima shunday dedi:
— Qizim, birortasi bilan roʻzgʻor qilsang, oʻzingga yaxshi boʻlarmidi. Men senga qayliq topib berishim lozim. 2 Oʻsha Boʻaz bizning qarindoshimiz, sen uning choʻrilari bilan birga boʻlgan eding–ku. Bilasanmi, bugun kechqurun u xirmonda arpasini sovuradi. 3 Endi sen yuvinib–taranib, chiroyli kiyimlaringni kiy, keyin xirmonga bor. Lekin Boʻaz yeb–ichib boʻlmaguncha, unga koʻrinma. 4 U uxlashga yotganda, yotgan joyini bilib olgin–da, soʻng borib oyoq tomonini ochib, oʻsha yerda yot . Nima qilishni uning oʻzi aytadi.
5 Rut qaynanasiga:
— Hammasini aytganingizday qilaman, — dedi.
6 Rut xirmonga joʻnadi. Yetib kelib, qaynanasi aytganday qildi. 7 Boʻaz yeb–ichdi, vaqti chogʻ boʻldi. Soʻng gʻaram yoniga borib yonboshladi–da, uxlab qoldi. Rut ohista kelib, uning oyoq tomonini ochib, yotdi. 8 Yarim kechasi Boʻaz choʻchib uygʻonib ketdi. Qarasa, oyoq tomonida bir ayol yotibdi.
9 — Kimsan? — deb soʻradi ayoldan. Rut unga:
— Sizning choʻringiz Rutman. Choʻringizni panohingizga olsangiz , axir, siz bizning oilamizni panohingizga olishga burchli odamsiz , — dedi. 10 Boʻaz Rutga dedi:
— Seni Xudo yorlaqasin, qizim. Oilangga sening bu safargi qilgan sadoqating oldingisidan ham aʼlodir. Sen kambagʻal yoki boyvachcha yigitlarning ortidan chopmading. 11 Endi xavotirlanma, qizim. Aytganlaringning hammasini muhayyo qilaman. Butun shahar xalqi sening olijanob ayol ekanligingni biladi. 12 Toʻgʻri, men sizlarning oilangizni panohimga olishga burchli odamman, lekin bu ishga mendan ham yaqinrogʻi bor. 13 Shu kecha oʻtsin, yotaver. Agar ertaga u kishi senga nisbatan oʻz burchini oʻtamoqchi boʻlsa, mayli, seni olaversin. Bordi–yu, oʻz burchini oʻtashni xohlamasa, men oʻz zimmamga olaman. Xudo haqi, men oʻz zimmamga olaman. Ertalabgacha uxlayver. 14 Lekin tong paytida turib ket, xirmonga kelganingni odamlar bilmay qoʻya qolishsin.
Rut Boʻazning oyoq tomonida sahargacha uxladi. Koʻz koʻrmaydigan, gʻira–shira tong paytida Rut oʻrnidan turdi. 15 Boʻaz Rutga:
— Sholroʻmolingni ochib, ushlab tur, — dedi.
Rut sholroʻmolini ochib ushlab turdi. Boʻaz esa olti togʻora arpa oʻlchab, sholroʻmolga soldi va orqasiga koʻtartirib qoʻydi. Keyin oʻzi shaharga joʻnab ketdi.
16 Rut esa qaynanasi oldiga qaytdi. Qaynanasi undan:
— Nima boʻldi, qizim? — deb soʻradi.
Boʻaz Rutga qanday munosabatda boʻlgan boʻlsa, Rut hammasini qaynanasiga aytib berdi.
17 — U, qaynanangning oldiga quruq qoʻl bilan borma, deb mana bu olti togʻora arpani ham berib yubordi, — dedi Rut.
18 Qaynanasi Rutga dedi:
— Qizim, bu ishlar nima bilan tugaydi, hali bilmaysan. Kutib turgin–chi, u bu ishni bugunoq oxiriga yetkazmay qoʻymasa kerak.