2–BOB
Rutning Boʻaz bilan uchrashuvi
1 Naimaning Boʻaz degan qarindoshi boʻlib, anchagina obroʻli, badavlat odam edi. U Naimaning marhum eri Elimalek urugʻidan edi. 2 Bir kuni Moʻablik Rut Naimaga:
— Men dalaga bormoqchi edim. Kim iltifot koʻrsatsa, oʻsha daladan boshoq terib kelardim , — dedi.
— Mayli, boraver, qizim, — dedi Naima.
3 Rut ketdi. Dalaga yetib kelib, oʻroqchilarning orqasidan toʻkilgan boshoqlarni tera boshladi. Qarangki, bu dala Elimalekning qarindoshi Boʻazniki ekan.
4 Bir payt Baytlahmdan Boʻaz kelib qoldi. U oʻroqchilarga:
— Hormanglar, Xudo sizlarga yor boʻlsin! — dedi. Ular ham:
— Bor boʻling, Xudo umringizga baraka bersin! — deb javob qaytarishdi. 5 Boʻaz oʻroqchilar nazoratchisiga Rutni koʻrsatib:
— Bu juvon kim? — deb soʻradi. 6 Oʻroqchilar nazoratchisi:
— Bu oʻsha Moʻablik musofir, — dedi, — Naima bilan birga Moʻab yurtidan kelgan. 7 U: “Men oʻroqchilar orqasidan yurib, toʻkilgan boshoqlarni terib olsam”, deb soʻragan edi. Tong saharda kelib shu choqqacha tinmay dalada ishladi. Hozirgina chaylada bir oz dam olgani oʻtirdi.
8 Boʻaz Rutga:
— Menga qara, qizim, — dedi, — boshoq terish uchun boshqa dalaga bormay qoʻya qol. Shu yerda mening choʻrilarim bilan birga yuraver. 9 Sen faqat xizmatkorlarim bugʻdoy oʻrayotgan dalada boʻl, ularning orqasidan yuraver. Xizmatkorlarimga tayinlab qoʻyaman, senga indashmaydi. Chanqasang, anavi idishlarda suv bor. Quduqdan xizmatkorlarim tortib olgan, ichaver!
10 Rut yer oʻpguday boʻlib taʼzim qildi–da, Boʻazga shunday dedi:
— Nechun nazaringizga tushib, shunchalik mehringizga sazovor boʻldim? Men axir, kelgindi boʻlsam, siz menga shu qadar eʼtibor beryapsiz.
11 Boʻaz shunday javob berdi:
— Ering oʻlgandan keyin qaynanangga qanday munosabatda boʻlganingni menga aytib berishdi. Sen ota–onangni, yurtingni tashlab, ilgari oʻzingga begona boʻlgan xalq orasida yashashga kelding. 12 Yaxshiliklaring uchun Egamdan qaytsin. Sen panoh istab kelgan Isroil xalqining Xudosi — Egamdan senga toʻliq mukofot boʻlsin.
13 — Sizning mehringizga sazovor boʻlayin, toʻram! — dedi Rut. — Siz menday choʻringizning dilidagi armonlarini gapirib, tasalli berdingiz. Lekin men sizning choʻrilaringizdan birontasi emasman–ku.
14 Tushlik payti boʻlganda Boʻaz Rutga:
— Bu yoqqa kel, nondan ol, musallasga botirib yegin, — dedi.
Rut xizmatkorlar yonidan joy oldi. Boʻaz unga qovurilgan donlardan uzatdi. Rut toʻydi va ozroq orttirib ham qoldirdi.
15 Soʻngra Rut yana boshoq terib olay deb, oʻrnidan turib nariga ketdi. Boʻaz xizmatkorlariga shunday buyruq berdi:
— U bogʻlamlar orasidan ham terib olaversin, zinhor xafa qila koʻrmanglar. 16 Hatto bogʻlamdan atayin tashlab qoldirib ketinglar. U terib olsin, uni koyimanglar.
17 Shunday qilib, Rut qosh qorayguncha dalada boshoq terdi, terganlarini yanchdi. U yanchgan arpa bir togʻoradan koʻproq chiqdi. 18 Donni koʻtarib, shaharga joʻnadi. U terib kelgan donni qaynanasiga koʻrsatdi. Rut oʻzi toʻygandan soʻng orttirib qoldirgan qovurilgan donlarni qaynanasiga berdi. 19 Qaynanasi Rutdan soʻradi:
— Qayda ishlading? Kimning dalasidan boshoq terding bugun? Senga yordam koʻrsatganni Xudo yorlaqasin!
Rut kimnikida ishlaganini qaynanasiga aytdi:
— Bugun men ishlagan dalaning egasi Boʻaz degan odam ekan, — dedi. 20 Naima keliniga:
— Uni Xudo yorlaqasin! — dedi hayajonlanib. — Tiriklarga, ham marhumlarga sodiq qolib, marhamatini darigʻ tutmabdi.
Soʻng:
— U kishi bizning yaqin qarindoshlarimizdan, oilamizni oʻz panohiga olishga burchli odamlardan , — deb qoʻshib qoʻydi.
21 Moʻablik Rut ham qoʻshimcha qildi:
— U menga hatto, dalamda oʻrim–yigʻim tugamaguncha, mening xizmatkorlarim bilan birga yuraver, deb aytdi.
22 Naima keliniga:
— Yaxshi, qizim, sen uning choʻri qizlari bilan yuraver. Begona dalaga borsang, senga ozor berishlari mumkin, — dedi.
23 Shu tariqa Rut arpa va bugʻdoy oʻrimi tugagunga qadar , Boʻazning choʻri qizlari yonida boshoq terib yurar, qaynanasi bilan birga yashardi.