13–BOB
Hokimiyatga boʻysunish haqida
1 Har bir inson oʻzining ustidan hukmron boʻlgan hokimiyatga boʻysunsin. Chunki Xudo buyurmagan hokimiyat yoʻq, mavjud boʻlgan har bir hokimiyatni esa Xudo tayin etgan. 2 Shuning uchun hokimiyatga qarshilik koʻrsatgan odam Xudo oʻrnatgan tartibga qarshi chiqqan boʻladi. Qarshilik qiluvchilar esa oʻzlarini oʻzlari hukmga duchor qiladilar. 3 Yaxshilik qilganlar emas, yomonlik qilganlar hukmronlardan qoʻrqishlari kerak. Hokimiyatdan qoʻrqmaslikni istaysanmi? Unda yaxshilik qilib yur, shunda boshliqning maqtoviga sazovor boʻlasan. 4 Chunki boshliqlar odamlarning manfaati uchun Xudoning xizmatidadirlar. Yomon ish qilayotgan boʻlsang, qoʻrqqin, chunki jazo berish qudrati boshliqlarga bekorga berilmagan. Ular Xudoning xizmatkorlari boʻlib, yomonlik qiluvchilarga jazo beradilar, Xudoning gʻazabini amalga oshiradilar. 5 Shuning uchun faqatgina gʻazabga duchor boʻlmaslik niyatida emas, balki vijdon haqi ham boshliqlarga boʻysunish kerak. 6 Mana shu sababdan soliq ham toʻlash lozim. Chunki amaldorlar oʻz vazifalarini bajarib, Xudoga xizmat qiladilar. 7 Ularga nima tegishli boʻlsa, shuni bering: soliq yigʻuvchiga — soliq, boj oluvchiga — boj, obroʻga loyiq boʻlganga — obroʻ, hurmatu ehtiromga loyiq boʻlganga — hurmat–ehtirom.
Masihga ishonganlarga xos xatti–harakat
8 Hech kimdan hech narsa qarzdor boʻlmanglar. Faqat mehr–muhabbatni ham farz, ham qarz deb bilinglar, chunki oʻzgani yaxshi koʻrgan odam Xudoning qonunini bajargan boʻladi. 9 Axir, “Zino qilmang”, “Qotillik qilmang”, “Oʻgʻrilik qilmang” , “Birovlarning mulkiga koʻz olaytirmang” degan va qolgan hamma amrlar quyidagi bitta amrda mujassam–ku: “Oʻzgani oʻzingizni sevganday seving.” 10 Chunki oʻzgani yaxshi koʻrgan odam unga yomonlik qilmaydi. Shunday qilib, boshqalarni yaxshi koʻrish Xudoning qonunini toʻliq bajarish bilan barobardir.
11 Hozirgi vaqtni gʻanimat deb bilinglar. Mana, uyqudan uygʻonadigan paytingiz yetib keldi. Biz imon keltirgan paytdagidan koʻra, hozirgi vaqtda najotimizning toʻliq roʻyobga chiqishi yaqinroqdir. 12 Tun oʻtib ketib, kunduz yaqinlashib qoldi. Shuning uchun qorongʻilik ishlaridan voz kechaylik, nurga loyiq ishlarni qilishga bop boʻlgan qurol–aslahalarni taqib olaylik. 13 Shahvatparastlik va fisq–fujurga berilmaylik, janjalkashlik va hasadgoʻylik qilmaylik, aysh–ishrat va ichkilikbozlik bilan emas, kunduzga yarasha, odob bilan kun kechiraylik. 14 Rabbimiz Iso Masihga burkaninglar va bashariy tabiatingizning ehtiroslarini qondirishni hatto xayolingizga ham keltirmanglar.