8–BOB
Yettinchi muhr
1 Qoʻzi yettinchi muhrni yechganda, samo yarim soatcha sukunatda qoldi. 2 Men Xudoning huzurida turgan yettita farishtani koʻrdim. Ularning har biriga bittadan karnay berildi.
3 Boshqa bir farishta kelib, qurbongohning oldida turdi. Uning qoʻlida oltin olovkurak bor edi. Unga koʻp xushboʻy tutatqilar berildi. U bu tutatqilarni barcha Xudo azizlarining ibodatlariga qoʻshib, taxt oldida turgan oltin qurbongoh ustida nazr qilishi kerak edi. 4 Tutatqilarning tutuni Xudo azizlarining ibodatlari bilan birga farishtaning qoʻlidan yuqoriga — Xudoning huzuriga koʻtarildi. 5 Farishta olovkurakni olib, uni qurbongohdagi otash bilan toʻldirdi–da, yer yuziga uloqtirib yubordi. Oʻshanda momaqaldiroqning gulduros sadosi yangrab, chaqmoq chaqdi, zilzila boshlandi.
Oxirzamon karnaylari
6 Yettita farishta qoʻllaridagi karnaylarni chalishga tayyorlandilar.
7 Birinchi farishta karnayini chaldi. Shunda doʻl, olov va qon yer yuziga yogʻdirildi. Yerning uchdan bir qismi yonib ketdi, daraxtlarning uchdan biri va hamma oʻt–oʻlanlar kuyib ketdi.
8 Ikkinchi farishta karnayini chaldi. Shunda lovullab yonayotgan ulkan toqqa oʻxshash bir narsa dengizga otildi. Dengizning uchdan bir qismi qonga aylandi. 9 Dengizdagi jonzotlarning uchdan bir qismi oʻldi, kemalarning uchdan bir qismi halokatga uchradi.
10 Uchinchi farishta karnayini chaldi. Shunda osmondan ulkan bir yulduz tushdi. Mashʼala boʻlib yonayotgan bu yulduz daryolarning uchdan bir qismiga va suv buloqlariga tushdi. 11 Bu yulduzning nomi Erman edi. Suvlarning uchdan bir qismi achchiq boʻldi. Achchiq suvdan koʻp odamlar oʻldi.
12 Toʻrtinchi farishta karnayini chaldi. Quyoshning uchdan bir qismi, oyning va yulduzlarning uchdan bir qismi zarba yeb, qorongʻilashdi. Natijada kunduzning ham, tunning ham uchdan bir qismi yorugʻlikdan mahrum boʻldi.
13 Keyin men boshim uzra uchib ketayotgan bir burgutni koʻrdim. U baland ovozda shunday deganini eshitdim: “Yer yuzida yashayotganlarning holiga voy! Holiga voy! Holiga voy! Axir, qolgan uchta farishta hozir karnaylarini chalishadi.”