6–BOB
Muhrlar
1 Keyin men Qoʻzining yetti muhrdan birini yechganini koʻrdim. Oʻsha paytda toʻrtta jonli mavjudotdan biri momaqaldiroqqa oʻxshash ovoz bilan: “Kel!” — deb aytganini eshitdim. 2 Shunda men bir oq otni koʻrdim. Ot ustida kamoni bor suvori oʻtirardi. Unga bir toj berildi. U bosqinchi boʻlib, dushmanlarini bosib olish uchun yoʻlga chiqdi.
3 Qoʻzi ikkinchi muhrni yechganda, men ikkinchi mavjudotning: “Kel!” — deb aytganini eshitdim. 4 Shu payt boshqa bir ot chiqib keldi. U qip–qizil rangda edi. Xalqlar bir–biriga qirgʻin keltirsin deb, bu ot ustidagi suvoriga dunyoni tinchlikdan mahrum qilish qudrati berilgandi. Unga katta qilich ham berildi.
5 Qoʻzi uchinchi muhrni yechganda, men uchinchi mavjudotning: “Kel!” — deb aytganini eshitdim. Shunda men qora otni koʻrdim. Bu ot ustidagi suvorining qoʻlida tarozi bor edi. 6 Men toʻrtta mavjudotning orasidan chiqqan ovozga oʻxshash bir sadoni eshitdim. Oʻsha ovoz dedi: “Odamlar bir kunlik ish haqiga bor–yoʻgʻi bir kosa bugʻdoy yoki uch kosa arpa sotib oladigan boʻlsin. Ammo zaytun bogʻlari va uzumzorlarga zarar yetkazma!”
7 Qoʻzi toʻrtinchi muhrni yechganda, men toʻrtinchi mavjudotning: “Kel!” deb aytganini eshitdim. 8 Shunda men koʻkimtir rangdagi bir otni koʻrdim. Ot mingan suvorining nomi Oʻlim edi. Uning ketidan Qabr ergashib kelayotgan edi. Ularga dunyoning toʻrtdan bir qismi ustidan hokimiyat berilgandi. Ular yerdagi odamlarni qilich, qahatchilik, oʻlat va yovvoyi hayvonlar orqali oʻldirishlari mumkin edi.
9 Qoʻzi beshinchi muhrni yechganda, men qatl qilingan odamlarning jonlarini qurbongoh ostida koʻrdim. Ular Xudoning kalomi va bergan shahodatlariga sodiq qolganlari uchun oʻldirilgan edilar. 10 Ular qattiq faryod qilib, shunday derdilar: “Yo Egamiz, Sen muqaddas va haqdirsan. Sen qachon dunyoda yashayotganlarni hukm etasan? Qachon ulardan oʻlimimiz uchun qasos olasan?” 11 Bu jonlarning har biriga oq libos berildi. Ularga: “Qisqa bir muddat dam olib turinglar”, deb aytildi. Boshqa xizmatchi birodarlar ham ular singari oʻldirilib, oʻldirilganlarning soni belgilangan miqdorga yetguncha ular kutib turishlari kerak edi.
12 Qoʻzi oltinchi muhrni yechayotganini men kuzatib turdim. Shunda qattiq zilzila roʻy berdi. Quyosh qora junday tim qora boʻlib qoldi, toʻlin oy esa qonday qip–qizil tusga kirdi. 13 Osmondagi yulduzlar yerga quladi. Ha, kuchli shamol daraxtni silkitib anjirni toʻkkanday ular yerga toʻkildi. 14 Osmon qogʻozday oʻralib, yoʻq boʻlib ketdi. Har bir togʻ va orol joyidan siljib ketdi. 15 Dunyoning shohlari, aslzodalariyu lashkarboshilari gʻorlarga va togʻlarning qoyalari orasiga yashirindilar. Ular bilan birga boylaru kuchlilar, qulu erkin odamlar yashirindilar. 16 Ular togʻu qoyalarga shunday deb yolvorar edilar: “Ustimizga qulang, taxtda oʻtirgan Zotning nazaridan va Qoʻzining gʻazabidan bizni yashiring! 17 Axir, Ular gʻazabini sochadigan qoʻrqinchli kun keldi! Bu kunga kim bardosh bera olardi?!”