15–BOB
Yetti farishta va yetti balo
1 Men samoda buyuk va hayratga soladigan boshqa bir alomatni koʻrdim. Samoda yettita farishta turardi, har birining qoʻlida bittadan balo bor edi. Bu balolar soʻnggi balolar boʻlib, Xudo gʻazabini yakunlar edi.
2 Men goʻyo olov aralash oynaday boʻlgan bir dengizni koʻrdim. Uning yonida odamlar turgan edi. Ular maxluq ustidan, uning tasviri va nomini bildirgan son ustidan gʻalaba qozongan edilar. Ularning qoʻllarida Xudo bergan arfalar bor edi. 3 Ular Xudo quli Musoning va Qoʻzining qoʻshigʻini kuylardilar:
“Yo Qodir Xudo — Egamiz,
Buyuk va ajoyibdir Sening ishlaring.
Ey xalqlarning Shohi!
Toʻgʻri va haqdir Sening yoʻllaring.
4 Ey Egamiz, Sendan qoʻrqmaydigan bormi?!
Nomingni ulugʻlamaydigan bormi?!
Axir, yolgʻiz Oʻzing muqaddasdirsan.
Jamiki xalqlar huzuringga keladilar,
Ular Senga sajda qiladilar.
Zero, odil hukmlaring hammaga ayon boʻldi.”
5 Shundan soʻng men samoviy Maʼbadning Eng muqaddas xonasi ochilganini koʻrdim. 6 Maʼbaddan yetti baloni tutgan yettita farishta chiqdi. Ularning egnida toza, oppoq zigʻir liboslar bor edi, koʻksilariga oltin tasmalar bogʻlangan edi. 7 Toʻrtta mavjudotdan biri bu yetti farishtaga yettita oltin kosani berdi. Bu kosalar to abad barhayot Xudoning gʻazabi bilan toʻlgan edi. 8 Maʼbad Xudoning ulugʻvorligi va qudrati tutuniga toʻlib ketdi. Yetti farishtaning yetti balosi tamom boʻlmaguncha, hech kim Maʼbadga kira olmadi.