98–SANO
1 Egamiz Shohdir, xalqlar titrasin!
Karublar orasida taxt qurgan U!
Zamin larzaga kelsin!
2 Egamiz Quddusda ulugʻdir,
Jamiki xalqlar uzra yuksakdadir.
3 Uning nomi ulugʻ, haybatlidir!
Hamma Uni madh qilsin,
Zero, muqaddasdir U!
4 Shoh qudratlidir, adolatparvardir,
U odillikni oʻrnatgan!
Yoqub nasli orasida
Adolatli va toʻgʻri hukm chiqargan!
5 Egamiz Xudoni ulugʻlanglar!
Uning poyiga sajda qilinglar.
Zero, muqaddasdir U!
6 Muso va Horun Uning ruhoniylaridan edi,
Shomuil ham Egamizga iltijo qilganlardan biri edi.
Ular Egamizga iltijo qildi, U javob berdi.
7 Ustun shaklidagi bulut ichra ular bilan gaplashdi,
Ular Egamizning farmonlariga
Hamda U bergan qonunlariga rioya qilardi.
8 Ularga javob berding, ey Egamiz Xudo!
Sen ularni kechiruvchi Xudo boʻlding,
Ularni jazolading yomon yoʻldan ketganlarida.
9 Ulugʻlanglar Egamiz Xudoni!
Sajda qiling Unga muqaddas togʻida .
Zero, muqaddasdir Egamiz Xudo!
98–SANO
1 Egamiz Shohdir, xalqlar titrasin!
Karublar orasida taxt qurgan U!
Zamin larzaga kelsin!
2 Egamiz Quddusda ulugʻdir,
Jamiki xalqlar uzra yuksakdadir.
3 Uning nomi ulugʻ, haybatlidir!
Hamma Uni madh qilsin,
Zero, muqaddasdir U!
4 Shoh qudratlidir, adolatparvardir,
U odillikni oʻrnatgan!
Yoqub nasli orasida
Adolatli va toʻgʻri hukm chiqargan!
5 Egamiz Xudoni ulugʻlanglar!
Uning poyiga sajda qilinglar.
Zero, muqaddasdir U!
6 Muso va Horun Uning ruhoniylaridan edi,
Shomuil ham Egamizga iltijo qilganlardan biri edi.
Ular Egamizga iltijo qildi, U javob berdi.
7 Ustun shaklidagi bulut ichra ular bilan gaplashdi,
Ular Egamizning farmonlariga
Hamda U bergan qonunlariga rioya qilardi.
8 Ularga javob berding, ey Egamiz Xudo!
Sen ularni kechiruvchi Xudo boʻlding,
Ularni jazolading yomon yoʻldan ketganlarida.
9 Ulugʻlanglar Egamiz Xudoni!
Sajda qiling Unga muqaddas togʻida .
Zero, muqaddasdir Egamiz Xudo!