94–SANO
1 Kelinglar, sevinch ila Egamizni kuylaylik,
Najotimiz Qoyasiga shodlik ila hayqiraylik.
2 Shukrona aytib, Uning huzuriga boraylik,
Unga qoʻshiqlar aytib, shodlikdan hayqiraylik.
3 Zotan, Egamiz ulugʻ Xudodir,
Jamiki xudolar ustidan ulugʻ Shohdir.
4 Zaminning eng chuqur joylari Uning qoʻlidadir,
Togʻlarning choʻqqilari ham Unikidir.
5 Unikidir Oʻzi yaratgan dengiz ham,
Qoʻli barpo qilgan quruq yer ham.
6 Kelinglar, taʼzim qilib, sajda etaylik,
Yaratgan Egamiz oldida tiz choʻkaylik.
7 U Xudoyimizdir, biz Uning yaylovidagi xalqmiz,
Biz Uning qoʻl ostidagi qoʻylarmiz.
Egamiz shunday deydi:
“Qaniydi, bugun Mening ovozimga quloq solsangiz!
8 Otalaringiz kabi tosh yurak boʻlmanglar.
Marivada, sahrodagi Massaxda ular qilgan ishni qilmanglar.
9 Otalaringiz Mening ishlarimni koʻrsa ham,
U yerda Meni sinab koʻrdilar.
10 Qirq yil u nasldan nafratlanib ,
Shunday dedim: «Bu xalq Mendan yuz oʻgiradi,
Amrlarimga boʻysunishdan bosh tortadi.»
11 Shu bois gʻazablanib, ont ichdim:
«Ular farogʻat diyorimga kirmaydi», dedim .”