92–SANO
1 Egamiz Shohdir, U ulugʻvorlikka burkangan,
Ulugʻvorlikka burkanib, qudrat bilan qurollangan.
Olamni mustahkam oʻrnatgan, olam aslo tebranmas.
2 Sening taxting qaror topgan azaldan,
Sen Oʻzing mavjudsan azaldan.
3 Dengizlar guvullamoqda, ey Egam,
Dengizlar hayqirmoqda, ey Egam,
Dengizlar toʻlqinlarini koʻtarmoqda.
4 Yuksakdagi Egamiz dengiz toʻlqinlaridan ham qudratliroqdir,
Bahaybat suvlarning pishqirishidan ham qudratliroqdir.
5 Sening farmonlaring sobitdir,
Uyingga muqaddaslik ziynatdir
Abadulabad, ey Egam!