91–SANO
1 Sano. Shabbat kuni aytilgan qoʻshiq.
2 Ey Egam, Senga shukur aytmoq yaxshidir,
Ey Xudoyi Taolo, Senga hamdu sano kuylamoq yaxshidir.
3 Eʼlon qilmoq yaxshidir subhidamda sodiq sevgingni,
Eʼlon qilmoq yaxshidir kechalari sadoqatingni.
4 Yaxshidir aytmoq bularni musiqa chalib
Oʻn torli asbobda, lirada, arfa joʻrligida!
5 Ey Egam, qudratli ishlaringdan men shodman,
Qilgan ishlaringdan xursand boʻlib kuylayman.
6 Ey Egam, ishlaring naqadar buyukdir!
Oʻylaring juda ham terandir!
7 Aqlsiz kimsa buni bila olmaydi,
Ahmoq kimsa buni tushuna olmaydi:
8 Garchi fosiqlar maysa kabi unib chiqsa ham,
Badkirdorlar gullab–yashnasa ham,
Ular to abad yoʻq boʻladi.
9 Sen–chi, ey Egam, to abad ulugʻvorsan.
10 Ey Egam, dushmanlaring albatta yoʻq boʻladi,
Ular shubhasiz halok boʻladi.
Badkirdorlarning hammasi tarqalib ketadi.
11 Meni yovvoyi buqaday kuchli qilding,
Qudrating bilan menga qaytadan kuch ato etding .
12 Dushmanlarim magʻlubiyatin koʻzlarim koʻrdi,
Badkirdorlar zavolin quloqlarim eshitdi.
13 Solihlar palma daraxtiday gullab–yashnaydi,
Lubnondagi sadr daraxtiday yuksaladi.
14 Ular Egamizning uyiga oʻtqazilgan,
Xudoyimizning hovlisida ular yashnaydi.
15 Keksalikda ham hamon hosil beradi,
Yam–yashil, navqiron boʻlib turaveradi.
16 Ular birgalikda shunday deb eʼlon qiladi:
“Egamiz odildir! U mening suyangan qoyamdir,
Unda nohaqlik yoʻqdir.”